B abdullayeva, M. Usmonbayeva, O’. Asqarova, F. Ehsonova, S. Hakimov



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet313/478
Sana05.01.2022
Hajmi2,85 Mb.
#319548
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   478
Bog'liq
pedagogik-luat-izoxli-lugat

 
Suqrot 
(e.av. 469-399 y.y.) – qad. yun. faylasufi, mutafakkir. U e.av. 469 yilda 
Afinada  tosh  yo’nuvchi  oilasida  tug’ilib,  399  yilda  shu  yerda  vafot  etgan.  Faylasuf 
ulkan  shuhratga  ega  bo’lgan  va  ko’plab  shogirdlar  yetishtirgan.  Suqrot  tomonidan 
asoslangan  insonning  ijobiy  tabiati  haqidagi  qarashlar  negizini  o’z-o’zini  anglashga 
doir  g’oya  tashkil  etadi.  Suqrotning  eng  mashhur  tezislaridan  biri  quyidagichadir: 
“Kim  o’zini  yaxshi  bilsa,  o’zi  uchun  nima  foydali  ekanligini  biladi  va  o’zining 
nimaga qodirligini-yu, nimani uddalay olmasligini tushunadi”. 
Suqrotcha  suhbatlar  bir  yoki  bir  necha  o’quvchilar  ishtirokida  tashkil  etiladi. 
Suqrotcha  suhbatni  tashkil  etishda  alloma  o’quvchilarni  “Men  faqat  hech  narsani 
bilmasligimni  bilaman”  g’oyasi  (tezisi)  asosida  faoliyat  yuritishga  undagan. 
“Suqrotcha  suhbat”  metodining  mohiyati  yo’naltiruvchi  savollar  berish  orqali 
haqiqatni topishga intilishdan iboratdir. Unga ko’ra o’qituvchi (faylasuf) o’quvchida 
qiziqish,  bilishga  intilishni  uyg’otadigan  savoldan  foydalanadi,  mulohaza  yuritish 


 
180 
asosida  o’quvchini  voqea-hodisalarning  mohiyatini  idrok  etishga  undaydi. 
O’qituvchining  mushohadasi  ko’pincha  ritorik  savollarni  muhokama  qilish  bilan 
to’ldirilib turiladi. 
Buyuk Suqrot odatda o’zi asoslagan “bahs-munozara asosida haqiqatni topishga 
intilish”  metodini  amalda  bevosita  qo’llagan.  Bahs-munozarani  tashkil  etish  uchun 
mashhur siyosiy arbob yoki shunchaki taniqli kishilardan birini tanlagan. O’sha davr 
an’analariga  ko’ra  mashhur  siyosatchi,  taniqli  kishilar  omma  oldilarida  turli 
mavzularda  nutqlar  so’zlashgan.  O’z  nutqlarini  bayon  etib  bo’lganlaridan  so’ng 
Suqrot  ularni  bahsga  chorlab,  ularga  nutqning  mazmuniga  oid  savollarni  bera 
boshlagan. 
Ulug’  allomaning  suhbatdoshiga  munosabati  ham  zamonaviy  sharoitda  yosh 
o’qituvchilar uchun namuna maktabi bo’la oladi. Alloma savollarni berishdan avval 
suhbatdoshini olqishlagan. Uning nihoyatda aqlli, dono va bilimdon ekanligini, buni 
u  tomonidan  bayon  etilgan  nutqdan  ham  bilish  mumkinligini  bildirgan.  SHunday 
bilimdon  inson  o’zi  tomonidan  beriladigan  har  qanday  savolga  javob  topa  olishini 
ta’kidlab o’tgan. 
Buyuk  mutafakkir  suhbatdoshi  bilan  bahs-munozaraga  kirishar  ekan,  unga 
dastlab bir qarashda juda oson, oddiy savollarni bergan. Tabiiyki, suhbatdoshi uning 
savollariga  hech  bir  qiyinchiliksiz,  istar-istamas  javob  qaytargan.  Tegishli  javobni 
olgach,  Suqrot  avvalgi  savolni  to’ldiruvchi  navbatdagi  savolni  bergan.  Suhbatdoshi 
yana  javob  qaytara  olish  imkoniyatiga  ega  bo’lgan.  Shu  tahlitda  Suqrot  o’z 
suhbatdoshiga  savollar  berishni  davom  ettirib,  oxir-oqibatda  dastlabki  javobga 
mutlaqo  zid  javob  qaytarilishigacha  olib  borgan.  Bundan  nihoyatda  jahli  chiqqan, 
suhbatdoshi  Suqrotdan  savollarga  javobni  o’zi  bilishi  yoki  bilmasligini  so’ragan. 
Shunda  alloma  ularga  javobni  o’zi  ham  bilmasligini  tan  olgan.  Suqrotning  asl 
maqsadi  suhbatdoshdan  to’g’ri  javobni  olish  emas,  balki  haqiqatni  topishga  intilish, 
o’z “raqibi”ni fikrlashga undash, o’z qarashlarini qat’iy himoyalashga majburlashdan 
iborat bo’lgan.  Uning bunday yondashuvi allomaga ulkan shon-shuhrat olib kelgan. 

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   478




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish