179
bilan munosabatning samimiy bo’lishiga erishish; 6) suhbatdoshning o’z fikrlarini
erkin, batafsil ayta olishi uchun sharoit yaratish; 7) savollarning aniq, qisqa, ravshan
berilishiga erishish; 8) olingan ma’lumotlarni o’z vaqtida tahlil qilish.
Ta’lim oluvchining ijtimoiy ongini shakllantirish uchun tashkil etiladigan
suhbatlar uchun quyidagi mavzular yo’nalish sifatida tanlanadi: 1) etik mavzular
(ijtimoiy ma’naviy-axloqiy me’yorlar, jamiyatda ustuvor o’rin tutuvchi ijtimoiy
munosabatlar, jamoa orasida o’zini tutish qoidalari va b.); 2) estetik mavzular (tabiat
go’zalligi, shaxslararo munosabatlar, inson go’zalligi); 3) siyosiy mavzular
(davlatning ichki va tashqi siyosati, dunyo voqealari, xalqaro munosabatlar va h.k.);
4) ta’lim va bilishga oid mavzular (koinot, hayvonot va o’simliklar dunyosi,
elektronika va b.). Suhbatlarning mehnat, huquqiy, ekologik, iqtisodiy va gigienik
mavzularda tashkil etilishi ham ijobiy natijalarini beradi. Suhbat davomida
o’quvchilarga o’z fikrlarini erkin ifoda etishlari, mustaqil fikrlashlariga imkon
beruvchi savollar bilan murojaat qilish foydali. Bu borada bahs-munoazaralarning
ahamiyati katta.
Pedagogik jarayonda suhbatning quyidagi turlari qo’llaniladi: 1) kirish suhbati
(o’quv ishlarining boshida tashkil etiladi; uni tashkil etishdan ko’zlangan maqsad hal
etilishi zarur bo’lgan ishlar mohiyatining o’quvchilar tomonidan anglab yetilganligini
tekshirib ko’rishdan iborat); 2) yakuniy suhbat (o’quvchilar tomonidan egallangan
bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirish maqsadida amalga oshiriladi); 3)
Katexisizm (qisqa bayonli suhbat; lot. “catechēsis”, qad. yun. “κατηχισμός” – o’git,
nasihat; o’quvchilarning boshlang’ich bilim darajasi, ularning yangi mavzuni
o’zlashtirishga tayyorgarliklarini aniqlash uchun dars avvalida yoki so’nggida
qo’llaniladi); 4) evristik suhbat (yangi bilimlarni muammoli tarzda egallashga
yo’naltiriladi; unga ko’ra savollar ketma-ketlikda beriladi, buning natijasida
o’quvchilarda mustaqil fikrlash, bilish faolligi, tahlil qilish, dalillarni bayon etish
laqyoati yuzaga keladi); 5) tushuntirish (o’quv materiali mazmunini isbot, tahlil,
umumlashma, taqqoslash asosida bayon qilish bo’lib, u hikoyaga nisbatan birmuncha
keng qo’llaniladi; tushuntirish chog’ida o’quv materialining qiyin o’rinlariga urg’u
berilib, mazmun ochiladi; tushuntirish samarasi o’qituvchining ko’rgazmali
vositalardan foydalanishiga ko’p jihatdan bog’liq).
Do'stlaringiz bilan baham: