117
rivojlanish asoslarini o’rganadigan fan.
Magistratura
(lot. “magistratus” – ikkinchi akademik daraja) – aniq
mutaxassislik bo’yicha bakalavriat negizida kamida ikki yil davom etadigan oliy
ta’lim. Magistraturada ta’lim yakunlangach bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi
komissiyasining yakuniy xulosasiga muvofiq aniq mutaxassisligi ko’rsatilgan
“magistr”lik darajasi va magistrlikni tasdiqlovchi davlat namunasida ko’rsatilgan
diplom beriladi. Magistratura ta’limi dasturining tarkibiy qismi, magistr tayyorlash
darajasi, o’quv vazifalarning maksimal hajmi, kadrlar tayyorlash sifat nazoratining
protsedura va mexanizmlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining faoliyati to’g’risida”gi Nizom
(2001 yil avgust) talablariga muvofiq belgilanadi.
Magistrning professional faoliyat sohasi va turi tavsifnomasi, kvalifikatsion
talablar va o’quv fanlari bo’yicha talablar, ta’lim dasturining tarkibiy tuzilmasi va
tarkibi, uni amalga oshirish mexanizmi, sifatini nazorat qilish magistraturaning aniq
mutaxassisligi bo’yicha
DTS
negizida
aniqlanadi.
Magistraturaning
mos
mutaxassisligi uchun, DTS asosida, oliy ta’limni boshqarish bo’yicha davlatning
vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan o’quv rejalari va dasturlar ishlab chiqilib,
ular asosida o’quv fanlari yaratiladi.
Oliy ta’lim muassasasida magistratura yo’nalishini ochishning asosiy sharti –
o’quv tarbiyaviy jarayon bilan bog’liq va yuqori malakali mutaxassislarning
tayyorlanishini ta’minlovchi mos kafedralarning ilmiy pedagogik potentsialga
egaligi, ilmiy tadqiqot ishlarining yuqori darajada olib borish imkoniyatining
mavjudligi hisoblanadi.
Magistrlarni yangi mutaxassisliklari bo’yicha tayyorlash huquqi oliy ta’lim
muassalarining oliy ta’limni boshqarish bo’yicha davlat vakolatli organi rasmiy
iltimosiga binoan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan
tartibda taqdim etiladi.
Oliy ta’lim muassasasi strukturasida magistraturaning maxsus bo’limi (fakultet,
markaz) ochiladi va unga quyidagi vazifalar yuklatiladi: talabalarning o’quv-
tarbiyaviy jarayonini tashkillashtirish va nazorat qilish, o’quv-uslubiy xujjatlar va
o’quv-uslubiy ta’minotni ishlab chiqish; magistrlar yetishtirib beruvchi kafedralar
faoliyatini koordinatsiyalash; magistrlar tayyorlash jarayonining monitoringini izchil
olib borish.
Davlat namunasidagi bakalavr va magistr diplomlari diplom egalariga
mutaxassisliklari bo’yicha kasbiy faoliyat bilan shug’ullanish yoki o’quv
muassasasida kelgusida o’qishni davom ettirish imkonini beradi.
Magistr
(lot. “magistr” – boshliqlar, murabbiylar, amaldorlar) ma’lum ixtisoslik
bo’yicha ta’lim olgan yuqori malakali, aspiranturaga kirish huquqi hamda ilm-fan
sohasida, ishlab chiqarishning masuliyatli lavozimlarida faoliyat ko’rsatish
imkoniyatiga ega mutaxassis.
Do'stlaringiz bilan baham: