B abdullayeva, M. Usmonbayeva, O’. Asqarova, F. Ehsonova, S. Hakimov



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/478
Sana05.01.2022
Hajmi2,85 Mb.
#319548
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   478
Bog'liq
pedagogik-luat-izoxli-lugat

 
Loyihalash  madaniyati
  –  loyihalash  faoliyatining  ijtimoiy  hamda  qonunchilik 
hujjatlarida belgilangan talablar, texnik me’yorlar, zamonaviy loyihalash qoidalariga 
mosligini ifodalaydigan sifat, fazilat. U loyihalash faoliyatini tashkil etish jarayonida 
shakllanadigan  ko’nikma,  malakalarning  yuqori  darajasi  sifatida  namoyon  bo’ladi. 
Shaxsga  xos  loyihalash  madaniyati  negizida  quyidagi  tarkibiy  elementlar  ko’zga 
tashlanadi: 1) loyiha yoki loyihalashtirish g’oyasi;  2) umumiy va xususiy maqsadlar; 
3)  loyihalash  faoliyati;  4)  vositalar  majmui;  5)  loyihalash  faoliyatiga  doir  ko’nikma 
va  malakalar;  6)  ijodiy  va  innovatsion  yondashuv;  7)  ma’lum  sohaga  oid  hodisa, 
jarayon va tizimni bashoratlash; 8) muayyan hodisa, jarayon va tizim bo’yicha tashkil 
etiladigan  faoliyatni  rejalashtirish;  9)  ma’lum  sohaga  oid  hodisa,  jarayon  va  tizimni 
shartli  belgi,  sxema  hamda  timsollar  yordamida  loyihalashtirish;  10)  ko’zda 
tutilayotgan hodisa, jarayon va tizimni modellashtirish; 11) loyiha (model, dastur).        


 
116 
Qaysi  sohada  bo’lishidan  qat’iy  nazar  loyihalash  jarayonida  ayrim  shartlarga 
rioya  etish  talab  qilinadi.  Xususan:  loyihalashtirish  faoliyatining  ijtimoiy  hamda 
qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablar, texnik me’yorlar, zamonaviy loyihalash 
qoidalariga  mos  bo’lishi;  nazariy  g’oya  va  qarashlarning  shartli  belgi,  sxema  va 
timsollar  yordamida  ifodalanishi;  loyihani  amaliyotga  tatbiq  etish  yo’llarining  aniq 
belgilanishi;  ishlab  chiqilgan  loyihani  amaliyotga  samarali  tatbiq  etish  maqsadida 
subyektiv  (ichki)  imkoniyat,  texnik  va  texnologik  vositalar,  obyektiv  shart-
sharoitlarning  inobatga  olinishi; loyihani amaliyotga  tabiq  etish  va asosiy  maqsadga 
erishish vaqtining oqilona belgilanishi; loyihani amaliyotga tatbiq etish jarayonining 
izchil nazorat qilib borilishi; natijalarning oqilona tahlil qilinishi va xolis baholanishi. 
O’qituvchining  loyihalash  madaniyati  negizida  esa  ta’limiy-tarbiyaviy  hodisalar, 
jarayonlar  va  tizimni  bashoratlash,  rejalashtirish,  loyihalashtirish  va  modellashtirish 
asosida  pedagogik  voqelikni  innovatsion  qayta  qurishga  bo’lgan  intilish,  harakat 
namoyon  bo’ladi.  Loyihalash  madaniyatiga  egalik  o’qituvchining  yuksak  pedagogik 
mahoratidan dalolat beradi. 
O’quvchi  (talaba)larda  loyihalash  madaniyatini  rivojlantirish  ular  tomonidan 
ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy ahamiyatga ega dolzarb muammolarni aniqlash, loyiha 
yaratishga doir qarorni qabul qilish, loyiha uchun tanlanayotgan muammoni hal qilish 
uchun mavjud resurslar va ularning imkoniyatlarni baholash, loyihani tegishli (masul) 
subyektlarga  taqdim  etish,  ilgari  surilgan  g’oyalarni  himoya  qilish,  muammoni  hal 
etish  yo’lida  amaliy  faoliyat  –  tajriba  ishlarini  yo’lga  qo’yish,  olingan  natijalarni 
umumlashtirish va tahlil qilish, yakuniy natijalarga ko’ra umumiy xulosaga kelish va 
loyihalash  faoliyati  mahsuloti  (amaliy  yoki  ilmiy  tajriba  mohiyatini  yorituvchi 
konsepsiya,  model,  taqdimot,  nashr  ishi  va  b.)ni  yetakchi  mutaxassislar  yoki  masul 
tashkilot  muhokamasidan  o’tkazish,  loyihalash  faoliyatining  baholanishiga  erishish 
kabi malakalarni yuqori darajada o’zlashtirilishini talab etadi.    

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   478




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish