Maktabdan tashqari ta’lim
– bolalar, o’smirlarning ta’limga bo’lgan, yakka
tartibdagi, ortib boruvchi talab, ehtiyojlarini qondirish, ularning bo’sh vaqti va dam
olishini tashkil etish maqsadida amalga oshiriladigan bosqich. Mazkur ta’lim davlat
va nodavlat ta’lim muassasalarida davlat organlari, jamoat tashkilotlari, yuridik va
jismoniy shaxslar tomonidan yo’lga qo’yiladi. Maktabdan tashqari ta’lim madaniy-
estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va b. yo’nalishlarda tashkil etiladi. Ushbu bosqich
ta’limi bolalar va o’smirlarning ta’limga bo’lgan, yakka tartibdagi, ortib boruvchi
talab, ehtiyojlarini qondirish, ularning bo’sh vaqti va dam olishini tashkil etishga
yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |