B abdullayeva, M. Usmonbayeva, O’. Asqarova, F. Ehsonova, S. Hakimov



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet199/478
Sana05.01.2022
Hajmi2,85 Mb.
#319548
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   478
Bog'liq
pedagogik-luat-izoxli-lugat

Maktab  direktori 
–  umumiy  ta’lim  maktabi  faoliyatiga  umumiy  rahbarlik 
qiluvchi,  maxsus  ma’lumot  va  muayyan  ish  tajribasiga  ega  mutaxassis.  Uning 
zimmasiga  quyidagi  vazifalar  yuklatiladi:  davlat  va  jamoat  tashkilotlarida  maktab 
manfaatlarini  ifodalash;  o’quv-tarbiya  jarayonini  rejalashtirish,  tashkil  qilish,  uning 


 
120 
borishi  va  natijalarini,  maktab  dasturlarining  bajarilishini  nazorat  qilish;  maktab 
faoliyatining  sifati,  samaraliligi,  bolalik  va  mehnatni  muhofaza  qilish  talablariga 
rioya  etilishi  va  o’quvchilarning  ovqatlanishiga  javobgarlik;  maktabdan  va  sinfdan 
tashqari  ishlarni  tashkil  qilish  uchun  zarur  shart-sharoitlarni  yaratish;  rahbar 
o’rinbosarlarni  tanlab,  joy-joyiga  qo’yish,  ularning  vazifalarini  belgilash;  maktab 
pedagogik kadrlarini joy-joyiga  qo’yish; kabinet va ustaxona  mudirlarini, ota-onalar 
(yoki  ularning o’rnini  bosuvchi shaxslar) va  o’quvchilar  fikrini  hisobga olgan  holda 
sinf  rahbarlarini  tayinlash;  shartnoma  asosida  ma’muriyat  va  pedagogik,  o’quv-
tarbiyaviy va xizmat ko’rsatuvchi xodimlarni ishga qabul qilish va ishdan bo’shatish; 
maktab kengashi bilan birgalikda maktab tarkibiy  qismini, shuningdek, tegishli xalq 
ta’limi  organlari  bilan  kelishgan  holda  uning  mazmunini  belgilash;  o’qitish  va 
mehnatga  tayyorlash  ixtisosini  tanlash;  maktabning  ish  tartibini,  o’quv  haftalari  va 
o’quv mashg’ulotlarining davomiyligini, 1-sinfga bolalarni qabul qilish (6-7 yosh) ni, 
o’quvchilar  formasining  zaruriyati  va  turini  belgilash;  malaka  toifalarini 
tasdiqlashning  navbatdagi  jarayonida  maktab  pedagogika  jamoasining  attestatsiya 
komissiyasiga rahbarlik qilish; maktab pedagogika jamoasining kasbiy, ijodiy o’sishi, 
ular  tomonidan  ta’lim-tarbiyaning  ilg’or  shakl  va  usullarining  qo’llanilishi  uchun 
sharoit  yaratish;  pedagoglarning  tashabbuslari,  ijodiy  izlanishlari  va  tajriba-
eksperimental  ishlarini  qo’llab-quvvatlash;  o’quvchilar  va  pedagoglarning  ijodiy 
faoliyatini  har  tomonlama  rivojlantirish  uchun  zarur  muhitni  yaratish  maqsadida 
maktabning  ilmiy-tekshirish,  ishlab  chiqarish,  kooperativ  tashkilotlar,  mahalla 
qo’mitalari,  ijodiy  uyushma,  ularning  bo’limlari  va  b.  davlat,  jamoatchilik 
tashkilotlari bilan o’zaro hamkorlik qilish yo’llarini belgilash; maktab faoliyati uchun 
ajratilgan  moliyaviy  mablag’larning  oqilona  sarflanishiga  rahbarlik  qilish;  umumiy 
ta’lim  maktabi  rivojining  istiqbol  masalalarini  hal  etish,  uni  rivojlantirish  uchun 
byudjet 
mablag’lari, 
shuningdek, 
maktab 
fondi 
mablag’larining 
oqilona 
taqsimlanishini  ta’minlash;  ish  yuritish  va  maktab  hujjatlarining  to’g’ri  yuritilishi, 
rahbar  organlar  oldida  hisobotlarni  o’z  vaqtida  berilishini  ta’minlash;  maktab 
kengashi,  mahalliy  hokimlik  oldida  o’z  faoliyati  uchun  javob  berish,  ularga  vaqti-
vaqti bilan hisob berib turish. 
Rahbar  shaxs  sifatida  maktab  direktori  ma’lum  majburiyatlarni  bajarish  bilan 
birga  muayyan  huquqlarga  ham  ega. Ular:  Maktab  kengashi  (Pedagogik  kengash)ga 
maktabning ish rejasi, o’quv rejasini tasdiqlash uchun taqdim etish; o’quv ixtisosiga 
muvofiq o’quv rejalari, dasturlariga o’zgartirishlar kiritish; o’quvchilarning o’quv yil 
davomidagi  va  sinfdan-sinfga  ko’chirish  imtihonlaridagi  bilimlarini  tekshirish 
shakllari,  o’quvchilarga  ta’lim  va  tarbiya  berish  vositalari,  usullarini  aniqlash; 
qobiliyatli  va  iqtidorli  maktab  bolalarini  tanlash  maqsadida  o’quvchilarni  test 
sinovidan  o’tkazish,  bir  necha  chuqur  o’rgatiladigan  sinflarning  X-XI  sinflariga 
tanlov  asosida  o’quvchilar  qabul  qilish;  maktab  uchun  zarur  bo’lgan  jihozlar  va  b. 
moddiy  resurslarni  ixtiyoriy  ravishda  turli  korxona,  tashkilot,  kooperativ,  shaxslar 
orqali chakana savdo tarmoqlaridan sotib olish, ijaraga olish, buyurtma berish, naqd 
pulsiz  va  vositachi  do’konlarda  mayda  ulgurjini  limitga  hisoblamay  olish;  yuqori 
malakali  pedagog-xodimlarni  maktab  faoliyatiga  jalb  qilgan  holda  ayrim  fanlarning 
chuqur  o’rgatilishini  ta’minlash  maqsadida    o’quv  rejasidan  tashqari  qo’shimcha 
kurslar  tashkil  qilish;  ma’lum  qurilish  ishlari,  maktabni  joriy  tuzatish,  jihozlash, 


 
121 
o’quv xonalari, inshootlari va sh.k.ni yaxshi saqlash maqsadida qurilish tashkilotlari, 
muassasalari  va  shaxslar,  shuningdek,  o’quvchilar  bilan  shartnomalar  tuzish; 
moliyaviy  ta’minotning  turli  manbalari  asosida  maktab  fondini  tashkil  qilish;  to’lov 
qog’ozlari  va  chek  daftarlari  bo’yicha  hisob-kitob  operatsiyalarini  amalga  oshirish, 
O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik asoslariga muvofiq buxgalteriya 
va  statistika  hisobotini  mustaqil  ravishda  olib  borish,  ehtiyojdan  tashqari  ortiqcha 
anjomlar,  asbob-uskunalarni  sotish;    Maktab  kengashi  (Pedagogik  kengash)  bilan 
kelishgan  holda  maktab  fondidan  olinadigan  mablag’larni  tejash  hisobiga  ijodiy 
ishlovchi  o’qituvchilarning  ish  haqiga  ustamalar  belgilash;  attestatsiya  yakunlariga 
ko’ra  o’qituvchilarga  yuqori  toifa  berilishi  haqida  takliflar  kiritish,  pedagog 
xodimlarni  viloyat  va  respublika  malaka  oshirish  kurslari, stajirovka  (shu  jumladan, 
chet  ellar)ga,  katta  ilmiy  xodim-izlanuvchilar
 
institutiga  tavsiya  etish;  maktabning 
jamoat  tashkilotlari  bilan  birgalikda  ishda  va  o’qishda  alohida  yutuqlarga  erishgan 
o’qituvchi,  o’quvchi  va  maktabning  boshqa  xodimlarini  mukofot  (shu  jumladan, 
moddiy  rag’batlantirishlar)ga  tavsiya  etish,  zarur  hollarda  ularni  jazolash;  o’quv-
ishlab  chiqarish  birlashmalari  tashkil  qilish,  alohida  tadbirlar  o’tkazish  uchun  zarur 
mablag’larni  to’plab  boshqa  maktablar,  o’quv-tarbiya,  ilmiy  va  maktabdan  tashqari 
muassasalar  bilan  birlashmalar  tashkil  etish  to’g’risida  shartnomalar  tuzish; 
O’zbekiston  Respublikasi  qonunchiligi  asoslariga  binoan  o’qituvchi  va  o’quvchilar 
almashish,  qo’shma  muassasalar  tashkil  etish,  qo’shma  tadbirlar  (konferensiyalar, 
maktab  lagerlari  va  b.)  o’tkazish  to’g’risida  xorijiy  mamlakatlarning  o’quv  yurtlari 
bilan  shartnomalar  tuzish;  maktabning  o’quv-tarbiya  faoliyatidagi  kundalik 
masalalarni  hal  qilish  uchun  zaruriyatga  qarab  barcha  xodimlar  yoki  ularning  ayrim 
toifalarini to’plab majlis o’tkazish; o’z o’rinbosarlari, pedagoglarning ish faoliyatlari 
haqidagi 
hisobotlarini 
tinglash, 
Maktab 
kengashi 
(Pedagogika 
kengashi) 
muhokamasiga  ularning  vakolatlarini  davom  ettirishlari  yoki  to’xtatishlari 
to’g’risidagi  takliflar,  shuningdek,  ular  ishini  takomillashtirishga  oid  takliflarni 
kiritish;  maktab  Ustavi,  Nizomi,  O’zbekiston  Respublikasi  qonunchiligi  asoslariga 
zid ravishda o’tayotgan Maktab kengashi (Pedagogik kengash) ishini to’xtatish. 

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   478




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish