Maktabgacha ta’lim –
1) maktabgacha ta’lim yoshidagi bolaga uni atrof-muhit
bilan yaqindan tanishtirishga imkon yaratuvchi nazariy bilimlarni berish orqali ong,
idrokni hosil qilish jarayoni;
2) uzluksiz ta’lim turi. Maktabgacha ta’lim bola olti-etti
yoshga yetgunga qadar oilalar, davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari
va mulk shaklidan qat’iy nazar boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi. Bu
123
bosqichda ta’limni tashkil etishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro
jamg’armalar ham faol ishtirok etadi.