45
Xakimov Bahodir Absamatovich 91 971 61 42
Oqsillar hujayraning barcha membranali tuzilmalari asosini tashkil etadi.
Kollagen oqsili
biriktiruvchi to‗qimaning, keratin oqsili sutemizuvchilar juni, tirnoqlari, qushlar patlari, elastin
oqsili pay, qon tomirlari devorining tarkibiga kiradi. Hujayraning sitoskelet elementlari tubulin
oqsilidan tuzilgan.
Oqsillar xromosomalar, ribosomalar, tarkibiga ham kiradi.
2. Fermentativ (katalizatorlik) funksiya.
Fermentlar plastik va energetik almashinuv reaksiyalarida katalizatorlik vazifasini bajaradi.
Barcha fermentlar oqsil tabiatiga ega. Har bir fermentmodda ma‘lum bir modda (substrat)ga ta‘sir
ko‗rsatadi va ma‘lum tipdagi reaksiyalarni tezlashtiradi. Oqsillarning bajaradigan vazifalari
ichida eng muhimi hujayrada kechadigan reaksiyalarni tezlashtirishi hisoblanadi
3. Transport funksiyasi.
Umurtqali hayvonlar qonida gemoglobin, umurtqasiz
hayvonlar
qonida gemosianin, muskul
to‗qimasida mioglobin O
va CO ning transportini, qon plazmasi oqsili – albumin lipidlar,
yog‗ kislotalari va boshqa
biologik faol moddalar transportini ta‘minlaydi.
Hujayra membranasi
oqsillari esa membrana orqali moddalarni o‗tkazish vazifasini bajaradi.
Hujayrada oksidlanish
jarayonining borishi uchun to‗qima uzluksiz kislorod bilan ta‘minlanib turishi kerak. Havodan
olingan O2 o‗pkada qizil qon tanachalari – eritrotsitlardagi gemoglobin oqsiliga birikadi va
to‗qimalarga yetkazib beriladi. To‗qimalardagi CO2 gemoglobin oqsiliga birikib o‗pkaga
yetkaziladi. Bir qancha biologik faol moddalar, jumladan gormonlar deb ataluvchi ichki
sekretsiya bezlarining mahsuloti ham qonda maxsus oqsillarga birikib transport qilinadi.
4. Himoya funksiyasi.
Antitana,
antitoksin, interferon oqsillari organizmni yot moddalardan himoya qiladi. Qon
tarkibidagi
immunnoglobulin
oqsili qonga
kirgan
virus
va
bakteriyalarni
taniydi,
zararsizlantiradi. Qon plazmasi tarkibidagi fibrinogen, trombin oqsillari qonning ivishini
ta‘minlaydi. Organizm tashqaridan kirgan yot moddalarga qarshi kurashish qobilyati immunitet
deyiladi. Immunitetni ta‘minlashda ishtirok etuvchi, limfotsit hujayralarida ishlab chiqariluvchi
antitanalar oqsil tabiatlidir. Antitanalar tashqaridan kirgan yot modda – antigenga bog‗lanib, uni
zararsizlantirishda ishtirok etadi. Demak, organizmni yot moddalar,
xususan infeksiyaga qarshi
kurashish qobiliyati – immunitet ham oqsilga bog‗liq.
5. Toksin (zahar) funksiyasi
.
Ayrim hayvonlar o‗zini dushmandan himoya qilish uchun maxsus zaharlar ishlab
chiqaradilar. Botulizm, vabo va difteriya kasalligini chaqiruvchi mikroblarning zaharlari ham
oqsil tabiatga ega. Turli hayvonlar, hasharotlar ishlab chiqarilgan ba‘zi zaharlar – toksinlar ham
oqsil tabiatiga ega. Masalan, ilon zaharidan taxminan
60 ga yaqin aminokislotalar qoldig‗idan
tuzilgan toksinlar olingan.
6. Gormonal funksiya
.
Insulin, somatotropin, vazopresin kabi gormonlar oqsil tabiatiga ega. Bir qator
gormonlar, masalan oshqozon osti bezining insulin gormoni, gipofiz bezining gormonlari ham
oqsil tabiatli. Bu gormonlar regulyator – boshqarish xususiyatiga ega.
7. Harakat (qisqaruvchanlik) funksiyasi.
Muskul hujayralari tarkibiga kiruvchi aktin va miozin oqsillarining kompleksi – aktomiozin
ATF energiyasi hisobiga muskulning qisqarishini ta‘minlaydi. Mushak
hujayralari tarkibidagi
miofibrillar asosan aktin va miozin oqsillaridan iborat. Ularga mushaklar qisqarishi uchun zarur
energiya manbayi ATF qo‗shilsa, aktin va miozindan iborat aktomiozin kompleksi qisqaradi.
8. Strukturalar (tuzilish) hosil qilish funksiyasi.
46
Xakimov Bahodir Absamatovich 91 971 61 42
Oqsillar barcha organoidlar va hujayra membranalarining tuzilishida ishtirok etadi.
Oqsillar hujayraning qurulish – struktura materialidir. Hujayraning barcha komponentlari,
yadrosi, membranalari, organoidlar membranalari va ularning tarkibi oqsildan iborat.
9. Signal (retseptorlik ) funksiyasi.
Oqsillar hujayra tomonidan tashqi muhit ta‘sirlarini qabul qilib olish va ularni boshqa shaklga
o‗zgartirib hujayraning ichki ish bajaradigan strukturalariga yetkazilishini ta‘min etadi. Bu
oqsillarning
signal funksiyasi deyilib, hujayraning tashqi membranasi sathida joylashgan maxsus oqsil
molekulalari yoki ularning boshqa molekulalar bilan hosil qilgan komplekslarining ishiga bog‗liq.
Bu strukturalar retseptorlar – qabul qiluvchilar deb ataladi. Retseptorlar qatoriga ko‗zning to‗r
pardasida joylashgan yorug‗lik energiyasini qabul qilib oladigan ko‗rish pigmenti rodopsin oqsil
tabiatlidir. Hujayra membranasida oqsil uglevod kompleksi – glikoproteinlarga
gormonlar va
boshqa faol birikmalar birikib hujayraning ichiga o‗tadi. Hujayralar glikoproteinlari orqali bir-biri
bilan birikib to‗qimalarni hosil qiladi. Hujayralar glikoproteinlari yordamida gormonlar tomonidan
oson boshqariladi. Bu oqsillarning retseptorlik funksiyasiga kiradi.
10.
Energetik funksiya.
1 g oqsil to‗liq oksidlanganda 4,1 kkal yoki 17,6 kj energiya ajraladi oqsillar parchalanishidan
hosil bo‗lgan aminokislotalarning bir qismi to‗la oksidlanib, energiya manbayi sifatida xizmat
qiladi.
11.
Tejam oziq va energiya manbayi funksiyasi.
Bir qator oqsillar, masalan, tuxum oqsili kazein tuxum oqidagi albumin,
qondagi ferritin,
sutdagi kazein bug‗doy donidagi gliadin, makkajo‗xoridagi zein ehtiyoj uchun tejalgan oqsillar
bo‗lib, ular tuxumda jo‗janing o‗sishida, bolaning ovqatlanishida, maysalarning o‗sib chiqishida
sarf bo‗ladi. Bu oqsillarning tejam oziq va energiya manbayi sifatidagi funksiyasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: