B a k t e r I o f a g



Download 23,18 Kb.
bet1/7
Sana20.07.2021
Hajmi23,18 Kb.
#124468
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
bakteriofaglar


BAKTERIOFAGLAR

Reja:



1. Bakteriofaglar haqida umumiy tushuncha.

2. Bakteriofaglarning morfologiyasi, to’zilishi va ko’payishi.

3. Bateriofaglarning xususiyatlari.

4. Bakteriofaglar to’g’risidagi nazariyalar.

«Fagos» — grekcha so’z bo’lib, yemiraman degan ma’noni anglatadi. Bakteriyalarda boshqa turli tirik mavjudotlarga o’xshash o’zining paraziti bo’ladi va bu bakteriofag deyiladi.

1917 yili frantsiyalik olim D. Erell ichburug’ kasalligi bilan ogrib tuzalgan odamning najasida fil’trdan o’tuvchi allaqanday bir narsa borligini aniqladi. Filtrdan o’tuvchi bu narsa kasallik qo’zg’atuvchi bakteriyani eritib, kasal qishining tuzalishiga katta yordam berganligini isbotladi va usha fil’trdan o’tuvchi narsaga «bakterio­fag» deb nom berdi. Bakteriofag ta’sirida bakteriyalarning erib ketishi bakteriofagiya hodisasi deyiladi.

Bakteriofagiya hodisasini D. Erelldan oldin Gama­leya (1889) va Tvort (1915) ko’rishgan bo’lsa ham, lekin ular buni atroflicha tekshirmasdan qoldirishgan. D. Erell bakteriofagiya hodisasini va bakteriofagni chuqur tekshirgan olim.

Keyingi vaqtlargacha bakteriofag nimaligi to’g’risida turli fikrlar aytilib kelindi. Ayrim olimlar bakte­riofagni ferment deb hisoblagan edi. Lekin D. Erell o’z tajribalariga asoslanib, bakteriofagni ko’payuvchi ti­rik organizmdir, degan fikrda bo’lgan. Hozirgi vaqtda bakteriofagni atroflicha tekshirish natijasida uning nimaligi va ko’p xususiyatlari aniqlandi.

Fagning morfologiyasi. Tekshiruvchi olim­lar bakteriofagning korpuskulyar zarrachalardan iborat ekanligini isbotladilar. Fag zarrachalari juda mayda bo’ladi, ba’zilari 8—10 mμ dan 90—100 mμ gacha bo’lishi mumkin.

Fag zarrachalari 50 000 marta katta qilib ko’rsatadigan elektron mikroskopda tekshirilsa, u taxminan spermatozoidga o’xshash shaklda bo’lib ko’rinadi. Ba’zi faglar dumaloq yoki tayoqcha shaklda bo’lishi va ularning kattaligi 200—300 mμ gacha bo’lishi mumkin.

Bakteriofag bioximiyaviy jihatdan tekshirilganda uning bosh qismida oqsil modda borligi aniqlangan. Bu oqsil modda dezoksiribonuklein kislota (DNK) dan iborat bo’lib, ayrim faglar tarkibida bu kislotaning miqdori 37—42 protsentni tashkil etadi (bakteriya tanasida DNK — 5,2% bo’lishi isbotlangan). Bakteriofag tarkibi­da nukleoproteidlar ham borligi aniqlangan. Fagning dum qismi o’siq bo’lib, uning ust qismi qisqaruvchan qobiq bilan qoplangan.

Elektron foto bilan suratga olib tekshirilganda bakteriofagning bakteriya tanasiga qanday ta’sir etishi va fagning ko’payishi aniqlangan va u 4 fazadan iborat. 1. Adsorbtsiya qilinadi. 2. Bakteriya hujayrasiga kiradi. 3. Bakteriya hujayrasida rivojlanadi. 4. Bakteriya hujayrasini eritib, tashqi muhitga chiqadi.

1-faza. Bunda fag zarrachasi bakteriyaning tanasiga kelib, dum qismi bilan yopishadi.

2-faza. Fag bakteriya hujayra qobig’ini bo’zib ichkariga kiradi, yoki ichkariga kirmasdan o’zining bosh qismidagi DNKni shprits singari hujayra ichiga yunaltiradi.

3-faza. Bunda fag bakteriya hujayrasining har xil kerakli moddalaridan oziqlanib, bakteriya tanasida yashab ko’paya boshlaydi, ya’ni maxsus erituvchi ferment hosil qilib, hujayraning oqsil moddalarini eritib hazm qiladi, natijada ko’payadi.

4-faza. Bakteriofag zarrachalari ko’paygan sari bak­teriya ichida bosim ortadi, bakteriya tanasi shishib, bakte­riyaning shakli o’zgaradi va nihoyat bakteriya hujayrasi yorilib uladi. Yorilgan bakteriya ichidan yosh bakteriofag zarrachalari chiqa boshlaydi. Agar bakteriofag ta’sir etgan kultura mikroskopda tekshirilsa, bakteriya o’rniga ma’lum shaklga ega bo’lmagan bakteriya parchalari ko’rinadi.

Bakteriofag zarrachalari faqat yosh bakteriyalar tomoniga o’tib ko’payadi. Eski kulturada yoki o’lik bakteriya tanasida esa ko’paya olmaydi.

Agar bakteriofag suyuq oziqdagi (bulondagi) kulturaga ta’sir etsa, bulon tiniq bo’lib qoladi. Bakteriofag ta’sirida quyulib qolgan bulondagi yosh kulturada 1—2 kundan keyin (ba’zan undan ham ko’proq) bakteriyalarning yana ko’payishini ko’rish mumkin. Natijada bakteriofag ta’sirida bakteriyalar lizisga uchrab tingan bulon qaytadan loyqalanadi, bu bakteriyalarning yana ko’payganligining belgisidir. Shundoq yo’l bilan yangi paydo bo’lgan kultura ikkilamchi kultura deyiladi. Hozir bu kulturaning paydo bo’lish sabablari aniqlangan; har bir bakteriya kulturasida bakteriofagga nisbatan chidamsiz va bakteriofagga chidamli (fagorezistent) bakteriyalarining varianti bo’lishi mumkin. Bakteriofagga chidamli bakteriyalar kulturasiga bakteriofag ta’sir etganda undagi mikroblar erimasdan, o’zgarmagan holda saqlanib qoladi, keyinchalik bular ko’payib ikkilamchi kulturani hosil qiladi. Ikkilamchi kultura hosil qiluvchi mik­roblar lizogen kul’turalar deyiladi.

Fagorezistent bakteriyalar varianti bakteriofagga chidamsiz bakteriyalar variantidai morfologik kultural, bioximik jihatdan farq qilmasa ham, antigenlik xususiyatlari bilan ancha farq qiladi.

Fagorezistent bakteriyalar bakteriofagning bir shtammiga (nusxasiga) chidamlik bo’lsa ham, shu bakteriofag­ning ikkinchi shtammi ta’sirida ular ham yemirilishi mumkin. Demak ikkilamchi kultura o’ziga xos bakterio­fag bo’lgandagina erib lizisga uchrashi mumkin.


Download 23,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish