BAKTERIOFAGNING QO’LLANILISHI
Bakteriofag meditsina va veterinariyada turli maqsadlarda, masalan, bir qator kasalliklarni davolash uchun qo’llaniladi. Kasalni bakteriofag bilan davolash fagoterapiya deyiladi, kasallikning oldini olish maqsadida qo’llanilsa fagoprofilaktika va kasallikni aniqlash uchun qo’llanilsa fagodiagnostika deyiladi.
Bakteriofag uchburchak dizenteriya, vabo, toun, qorin tifi, paratifni, kolibakterioz kasalliklarining oldini olishda hamda jaroxatli infektsiyalarni qo’zg’atuvchilar — streptokokk, stafilokokk, gazli gangrenalarga qarshi ko’rashishda ham qo’llaniladi.
Qo’llaniladigan bakteriofag bir turli mikrobning birgina tipiga ta’sir etadigan (monovalentlik) yoki mikrob ko’p tiplik bo’lsa, uning hamma tiplariga ham ta’sir etadigan (polivalentlik) bo’lishi mumkin. Monovalentlik fagdan ko’ra polivalentlik fag ko’proq ishlatiladi. Bakteriofag ba’zan suyuq holda, ba’zan quritilgan tabletka shaklida suv bilan ichkaziladi. Davolash yoki kasallikning oldini olish uchun ishlatiladigan fagni hayvonga ichirish mumkin. Fag yaraga poroshoq holida sepiladi va fag aralash suvga doqani xullab yaraga bog’lash mumkin. Ba’zan fag yaraning atrofiga ukol qilinadi.
Anaerob infektsiyasida fagni hayvon qon tomiriga yuborish ham mumkin. Fagni hayvonga ichirishdan oldin uning oshqozondagi NS1 ni neytrallash kerak. Bu koidaga amal qilinmasa, fag NS1 ta’sirida uz kuchini yo’qotadi va ta’sir etmaydi. Hayvon oshqozonidagi NS1 ni neytrallash uchun osh sodasining 5% li eritmasidan 25-50 g unga ichirish shart. Hayvonga ichirilgan bakteriofag ichaklarda 7—8 kungacha saqlanishi mumkin.
Fag yordamida diagnoz kuyish uchun avvaldan ma’lum bakteriofag bilan noma’lum mikrobga ta’sir etib sinab kuriladi. Agar mikrob shu bakteriofag ta’sirida yemirilsa, demak bu mikrob shu bakteriofagning spetsifik xususiyatiga mos kelgan bo’ladi. Shu yo’l bilan fagga qarab noma’lum mikrobni identifikatsiya qilish va natijada kasallik diagnozini fag yordami bilan aniqlash mumkin.
Laboratoriya sharoitida ba’zan kasallikni qo’zg’atuvchi mikrobni topish juda qiyin yoki sira topilmasligi mumkin. Bunday vaqtlarda fag diagnostikasidan foydalanib, kasallikni aniqlasa bo’ladi. Tekshirilgan materialdan filtrat olinadi, u kasallik qo’zg’atuvchi bilan ta’sir etqizilganda unda lizis holati ro’y bersa, spetsifik fag borligi aniqlanadi va shunga asoslanib kasallikning diagnozi tasdiqlanishi mumkin. Xuddi shu usul bilan suv va qancha roqni tekshirib, unda qanday mikroblarga qarshi bakteriofag borligini aniqlash va shunga asoslanib, qanday mikroflora borligini kursatish mumkin. Bu usul sanitariya-bakteriologiya sohasida ishlatiladi, shuningdek u suvning mikrob bilan kanchalik ifloslanganini bildiruvchi kursatkich hisoblanadi.
Fag yordamida kuydirgi, biyalarning yuqumli kasallikdan bola tashlashi, dizenteriya, brutsellyoz va boshqa kasalliklarning qo’zg’atuvchisi aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |