BAKTYERIOFAGNING ANTIGYENLIK XUSUSIYATI
Bakteriofagning yana bir xususiyati shundan iboratki, u antigenlik xususiyatiga ham egadir. Masalan, agar bir xil fag kuyonga parenteral ravishda yuborilsa, uning organizmida shu fagga qarshi neytrallovchi moddalar (antilizinlar) hosil bo’ladi. Shu fag bilan kuyon uzoq vaqt immunizatsiya qilinsa, uning qon zardobi ana shu bakteriofagni butunlay neytrallash kuchiga ega bo’ladi. Masalan, Petri kosachasidagi zich oziq muhitga fagni neytrallovchi kuyon zardobidan kushiladi va unga kuyonga yuborilgan fag ham aralashtiriladi. So’ngra kosachaga shu fagning ta’sirida lizis bo’ladigan bakteriya ekilsa, bu eqilgan bakteriyalar lizis bo’lmasdan, normal o’sib koloniyalar hosil qiladi, chunki kuyon zardobidagi maxsus moddalar (antilizinlar) fagni neytrallamaydi. Kuyonni bu fag bilan immunizatsiya kilgandan unga qarshi neytrallovchi narsa hosil bo’lishi — fagning antigenlik xususiyat borligini ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |