64
yoki boshqa bir maqsadni ko‘zlagan bo‘lsin.
Ana shunday paytlarda
tilning bu unsurlariga murojaat qilish hatto zarur. Masalan:
Yoshulli,
saning
qizing bunda
gatirilmagan. Ova, yoshulli.
San,
manglayi qara
badkirdor
na sababdan
mundoq yomon so‘zlarni elga tarqatding
(Mirmuhsin). Ushbu misolda dialektizmlar hududiy ruhni (xorazm
ruhini) berishga xizmat qilayotgani kabi quyidagi misolda varvarizmlar
– chet so‘zlar badiiy matnda xarakter yaratishda yozuvchiga
ko‘maklashgan:
Dubora yana bordi bir ishga shul,
So‘kib –
net,
- dedi, kelma
durrak, poshul!
(Muqimiy).
Dialektal so‘zlarning badiiy adabiyotda o‘rni bilan ishlatilishi
faqatgina maqsadga muvofiq bo‘lib qolmasdan, adabiy tilimizning boyib
borishiga, umumxalq tilidagi ayrim elementlarning saqlanib qolishiga
xizmat qilishi ham mumkin. Shuning uchun ham dialektizmlar va adabiy
til me’yori doirasida me’yorni belgilash tilimizdagi mas’uliyatli
masalalardan biri sanaladi.
E’tirof etish kerakki, o‘zbek tilidagi ko‘p shevalilik sharoitida leksik
me’yorlarni belgilashning o‘ziga xos qiyinchiliklari ham bor. Har bir
sheva vakilida ma’lum tushunchani ifodalaydigan so‘zning
tabiiy
ravishda o‘z shevasidagi variantidan foydalanishga moyillik seziladi. Bu
holatni hatto ayrim sheva vakillari bo‘lgan shoir va yozuvchilar ijodida
ham kuzatish mumkin. Buning ham ijobiy, ham salbiy tomonlari bor,
albatta. Ijobiy tomoni – adibning, ya’ni sheva vakili bo‘lgan
ijodkorlarning sharofati bilan ma’lum so‘z
adabiy tilga kirib qolib,
me’yorlashishi mumkin. Agar bu birlik ko‘pchilik tomonidan qabul
qilinmasa, uni endi til leksik me’yorining buzilishi deb qarashga to‘g‘ri
keladi.
Ijtimoiy muhitning tildan foydalanish jarayoniga ta’sir ko‘rsatishi
tabiiy bir holdir. Kishilar nutqlarida o‘zlari bilib-bilmay yoki
e’tiborsizlik oqibatida boshqa til elementlaridan ham foydalanadilar.
Boshqa millat vakillari bilan birgalikda yashash, mehnat qilish, ta’lim
olish, xullas, muomala jarayonida ana shu hol yuz beradi.
65
Boshqa tillardan so‘z o‘zlashtirish ulardan nutqda zaruriyatga ko‘ra
foydalanish salbiy hodisa emas. Ammo bunday so‘zlar
orasida
varvarizm deb ataluvchi shunday bir qatlam mavjudki, ularni nutqda
qo‘llash-qo‘llamaslik masalasiga adabiy til me’yorlari nuqtayi nazaridan
munosabat bildirish lozim.
Gap shundaki, varvarizm sifatida qaraladigan
ну (nu), так (tak),
вот (vot), совсем (sovsem), вообше (voobshe), толко (tolko), толко
так (tolko tak), естественно (yestestvenno), обязательно
(obyazatelno), конечно (konechno), уже (uje), почти (pochti), так
что (tak chto), значить (znachit), как раз (kak raz), неужели (neujeli),
тем более (tem boleye), документ (dokument),
oformit qilmoq,
organizovat qilmoq, prinimat qilmoq, razresheniye olmoq, podpis
qo‘ymoq, vo, akun, soni
kabi so‘z va birikmalarning o‘zbek tilida aynan
ekvivalentlari mavjud. Buning ustiga ular adabiy tilimizga kirgan emas.
Demak, bu so‘zlar o‘zbek tili uchun me’yor emas. Ammo biz ularni,
ijtimoiy muhit ta’siridan bo‘lsa kerak, albatta, farqiga bormasdan
ishlataveramiz, nutqimizni nazorat qilmaymiz. Shu tarzda leksik me’yor
ham, nutq ham buziladi.
Shuning uchun ham tilda varvarizmlarning
ishlatilishini ijobiy
hodisa sifatida emas, balki me’yorning buzilishi deb qarash va ularni
nutqda qo‘llamaslik lozim.
Ruscha so‘z va iboralarning, sintaktik qurilishlarning tilimizdan
juda sekinlik va qiyinchilik bilan chiqib
ketayotganini ham tarixiy
jarayon sifatida qabul qilishga to‘g‘ri keladi.
Tildagi kanselyarizm deb ataladigan rasmiy-idoraviy uslubga xos
bo‘lgan so‘zlar ham nutqning tozaligiga hamisha xavf solib turadi. Ular
rasmiy uslubda fikrni ixcham va mantiqiy ifodalashga juda qulay. Ilmiy
uslubda ham tayyor jumlalar, shablon iboralardan foydalaniladi. Ammo
bunday so‘z va iboralarni so‘zlashuv va badiiy nutq uslubida ishlatish
matnga putur yetkazishdan boshqa narsa emas. Bunga A.Qahhorning
“Nutq” hikoyasi qahramonining tabiiylik va samimiyatdan xoli bo‘lgan
hamda shu yo‘l bilan g‘oyatda kuchli badiiy obrazni yuzaga keltirgan
nutqi misol bo‘la oladi. Parcha keltiramiz:
O‘rtoq rafiqam! Ijozat
66
berasiz, xushchaqchaq hayotimizni sharaf bilan davom ettirib, oilaviy
burchimizni namunalik bajarib kelayotganimizga bir yil to‘lgan kunda
sizni bevosita tabrik qilishga!
E’tibor beraylik: suhbatda o‘nlab yoki
yuzlab kishi emas, ikki kishi – er va xotin ishtirok etyapti. Avval xotin
bu gaplarni hazil deb o‘ylaydi, “qiyqirib chapak chaladi”. Ammo notiq
jiddiy qiyofada so‘zida davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: