har birimiz davlat
tiliga bo‘lgan e’tiborni mustaqillikka bo‘lgan e’tibor deb, davlat
tiliga ehtirom va sadoqatni, ona vatanga ehtirom va sadoqat deb
bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz
kerak. Bu oliyjanob harakatni barchamiz o‘zimizdan, o‘z oilamiz va
jamoamizdan
boshlashimiz,
ona
tilimizga,
urf-odat
va
qadriyatlarimizga hurmat, Vatanga mehrimizni amaliy faoliyatda
namoyon etishimiz kerak
1
.
O‘zbek tili turkiy tillar oilasiga mansub eng yirik tillardan biridir.
Dunyo miqyosida bu tilda 50 millionga yaqin odam so‘zlashadi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, xalqimiz o‘zbek tiliga, o‘zbek
adabiy tilini yanada rivojlantirishga, uning qonuniy huquqlarini
tiklashga katta e’tibor berdi. 1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat
tili maqomining berilishi xalqimiz hayotida muhim voqea bo‘ldi.
Hozirda davlat tilining nufuzini oshirishga doir bir qancha qarorlar,
davlat dasturlari qabul qilindi va ular izchillik bilan amalga
oshirilmoqda. Mana shunday ulkan ishlardan biri 21-oktabrning “O‘zbek
tili bayrami kuni” sifatida belgilanishi bo‘ldi. Bu Qonun 2020-yilning
10-aprel kunidan kuchga kirgan. “O‘zbek tili bayrami kuni”ning
nishonlanishi o‘zini o‘zbek millati va xalqining vakili deb bilgan
yurtdoshlarimiz qalbida cheksiz g‘urur va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otdi.
Doim o‘zbek tili nufuzi va obro‘sini yanada oshirish, o‘z ona tiliga
mehr-muhabbatini amaliy faoliyatda namoyon etish har bir o‘zbek
farzandining maqsadi, muhim vazifasi bo‘lishi zarur.
1
https://xs.uz/uzkr/post
. Prezident Shavkat Mirziyoyevning o‘zbek tiliga davlat tili maqomi
berilganining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi.
4
O‘zbek tili – o‘zbek xalqining milliy tili. Unda o‘zbek xalqining
o‘zligi, tabiati, saviyasi, tafakkur tarzi o‘z tajassumini topar ekan,
demak, mazkur tilni asrab-avaylash, uning nufuzini, obro‘-mavqeyini
ko‘tarish shu tilda so‘zlovchi har bir shaxsning ijtimoiy burchi va
huquqidir.
Ta’limning barcha bo‘g‘inlari o‘zbek tilida o‘zlari tanlagan soha
bo‘yicha o‘zbek tilida nutqiy kompetensiyaga ega bo‘lishi,
mutaxassisligi bo‘yicha og‘zaki va yozma nutqda terminlarni qo‘llay
olishi, o‘z bilimlarini o‘zbek tilida ifoda etish malakasiga ega bo‘lishi,
sohada qo‘llanadigan hujjatlarni rasmiylashtira olishi, nutq uslublarida
erkin muloqotga kirishishi, amaliyotga tadbiq qilishi, yozma
savodxonlikni oshirish ko‘nikmalarini o‘zida mujassam etishi kerak.
Bunda oliy o‘quv yurtlari bakalavr yo‘nalishlari uchun yaratilgan
“O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi” fanining vazifasi katta. Chunki
bo‘lajak mutaxassislar kasbiy layoqati bilan birga o‘z kasbi doirasida
qo‘llanadigan termin (atama)larni, davlat tilida ish yuritish malakasini,
nutq madaniyati asoslarini to‘la egallashlari kerak.
5
Do'stlaringiz bilan baham: |