Azizaxon Rasulova



Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/69
Sana05.07.2022
Hajmi0,81 Mb.
#740332
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   69
Bog'liq
2 5424962681792633126

Nutqning ta’sirchanligi.
Nutqning ijro etilishida unga ma’lum bir 
voqea-hodisa haqida ma’lumot berishdan tashqari yana bir maqsad – 
tinglovchi ongiga va ruhiyatiga ta’sir etish vazifa qilib qo‘yiladi. 
Shuning uchun ham ta’sirchanlik nutqning asosiy sifatlaridan biri 
sanaladi hamda to‘g‘rilik va aniqlik ham, mantiqiylik va tozalik ham 
suhbatdoshga, tinglovchiga yoki o‘quvchiga ta’sir etishga qaratilgan 
bo‘ladi. Bu sanab o‘tilgan xususiyatlarda til omillari birinchi o‘rinda 
tursa, ularning barchasidan foydalangan holda ta’sirchanlik keng doirada 
tildan tashqaridagi omillarni ham qamrab oladi. 
Bu tildan tashqaridagi omillar qaysilar? Eng avvalo, notiqning 
mavzu atrofida yetarli bilimga ega bo‘lishi. Mavzuni yaxshi bilmagan 
notiqning ta’sirli nutq ijro etishi haqida gap bo‘lishi ham mumkin emas. 
Shu bilan birga, nutq qaysi mavzuda bo‘lishidan qat’iy nazar u mustaqil 
respublikamizda bugun davlatimiz va Prezidentimiz olib borayotgan 
siyosatga mos kelishi, uni omma orasida targ‘ib qilishga, yoshlar 
tarbiyasiga qaratilgan bo‘lishi lozim. 
Nutqning ta’sirchanligi deganda, asosan og‘zaki nutq jarayoni 
nazarda tutiladi va shuning uchun uning tinglovchi tomonidan qabul 
qilinishidagi ruhiy vaziyatni e’tiborga olish ham muhim sanaladi. Ya’ni 
notiq auditoriyani hisobga olishi – ularning bilim darajasidan 
yoshigacha, hatto nutq ijro etilayotgan paytdagi kayfiyatigacha kuzatib 
turilishi, nutqning tinglovchilar tomonidan qabul qilinishi nazorat qilib 
borilishi lozim bo‘ladi. Malakali bilimga ega bo‘lgan kishilar oldida 
jo‘n, sodda tilda gapirish maqsadga muvofiq bo‘lmagani kabi, oddiy, 
yetarli darajada ma’lumotga ega bo‘lmagan auditoriya oldida ham ilmiy 
va rasmiy tilda gapirishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Xullas, notiqdan 


68 
vaziyatga qarab ish tutish talab qilinadi. Va butun diqqat-e’tibor 
ifodalamoqchi bo‘lgan fikrni to‘laligicha tinglovchilarga yetkazish 
vazifa qilib qo‘yiladi. 
Tinglovchining 
e’tiborini qozongan nutq ta’sirchan nutq 
hisoblanishi mumkin. Buning uchun, yuqorida ta’kidlanganidek, suhbat 
mavzusini yaxshi bilishdan tashqari, uni bayon etishning aniq rejasi ham 
bo‘lishi zarur. Nutqdagi fikrlarni birinchi va ikkinchi darajali tarzda 
tuzib, ularni o‘zaro bog‘lab, tinglovchilarga avval nutq rejasini 
tushuntirib, shundan keyingina gapni boshlash lozim. 
So‘zlovchining o‘z nutqiga munosabati ham muhim. Shunday 
bo‘lgandagina quruq rasmiyatchilikdan qochish mumkin bo‘ladi. 
So‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasida samimiyat paydo bo‘ladi. Notiq 
fikrlarini o‘zi yoki auditoriyadagi kishilar hayotidan olingan misollar 
asosida 
isbotlashga 
harakat 
qilsa, 
mavzuga 
doir 
subyektiv 
mulohazalarini bildirsa, nutq yana ham ishonarli va ta’sirli chiqadi. 
Nutqning tinglovchilarga qanday ta’sir qilishida va ularda qanday 
taassurot qoldirishida notiqning nutqiy jarayon davomida o‘zini qanday 
tuta bilishi, mimikalari, hatto kiyinishi kabi omillarning ham ahamiyati 
bor. Samimiylik, xushmuomalalik, odoblilik, auditoriyaga hurmat bilan 
qarash kabi fazilatlar nutqning tinglovchilar tomonidan e’tibor bilan 
tinglanishiga sabab bo‘ladi. 
Nutqning ta’sirchanligi, ifodaliligi haqidagi gap, ma’lum ma’noda, 
nutq sifatlari haqida aytilgan mulohazalarga yakun yasashdir. Chunki 
yaxshi nutqning fazilatlarini ko‘rsatib o‘tish, nutqda uchraydigan ayrim 
tipik xatolarni tahlil qilish pirovard natijada ta’sirchan bir nutqni 
shakllantirishga xizmat qiladi
1

Yuqorida namunaviy nutqning asosiy talablariga qisqacha to‘xtalib 
o‘tildi. Ulardan xulosa qilib aytish mumkinki, yaxshi nutq so‘zlovchi va 
yozuvchidan savodxonlikni, katta mehnatni talab qiladigan murakkab 
jarayondir. Umuman, nutq aniq va ravon bo‘lishi, grammatik jihatdan 
to‘g‘ri shakllangan bo‘lishi va orfoepik talablar darajasida talaffuz 
etilishi, boshdan oxirigacha izchil bayon qilinishi lozim bo‘ladi. Ana 

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish