Miqdor-daraja ravishi harakatining yoki belgining miqdorini, narsaning noaniq miqdorini ifodalash uchun xizmat qiladi. Miqdor-daraja ravishlari: ko‘p, oz, kam, bir oz, sal, picha, qittak, xiyol kabi harakatning miqdoriy belgisini ifodalovchi hamda juda, g‘oyat, nihoyatda, har qancha, obdan, ozmuncha, aslo, sira, hech kabi harakat belgisini darajalovchi ravishlardan tashkil topadi. Ular ma’no jihatdan quyidagicha ikki guruhni tashkil qiladi:
Harakat belgisini kuchaytiruvchi ravishlar: eng, juda, nihoyat-da, g‘oyatda, yanada, tag‘in, tamomila, uncha-muncha, ozmuncha, o‘ta, lang, qoq, zir singari tasdiq bildiruvchi ravishlardan, hech, sira, aslo, zinhor, hargiz, hadeganda kabi inkor bildiruvchi ravishlardan iborat.
Harakat belgisini susaytiruvchi ravishlar: arang, zo‘rg‘a, zo‘rbazo‘r, xiyol, sal, sal-pal, chor-nochor kabilar. Miqdor - daraja ravishlari gapda ko‘pincha hol, ba’zan otga bog‘lanib sifatlovchi aniqlovchi vazifasida keladi: Ko‘p gap quloqqa yoqmas. O‘rmonjon akamning bir gapi sira-sira esimdan chiqmaydi. (A.Q.) Otlashganda esa to‘ldiruvchi va qaratqich aniqlovchi vazifasini bajaradi: Ko‘pdan quyon qochib qutulmas. Ravishning bu turi kesim vazifasida kelishi ham mumkin: Bahorda dehqon uchun vaqt oz, biroq ish ko‘p.
Ravishlarning otlashuvi. Ravishlar ham otlarga xos so‘roqlarga javob bo‘lib otlashadi. Bunda ular ko‘plik, kеlishik, egalik qo‘shimchalarini oladi: Ko‘pdan quyon qochib qutulmas. Ko‘pi kеtib, ozi qoldi.
Ravish ham sifat kabi daraja anglatish xususiyatiga ega, biroq ravishlarda daraja anglatish sifatlardagi kabi taraqqiy qilgan emas. Ravish darajaari odatda ish-harakat belgisining boshqa belgiga nisbatlab, ortiq – kamchiligini bildiradi.
Hozirgi o’zbek tilida ravishlarni g quyidagi daraja formalari bor: 1) bosh daraja; 2) qiyosiy daraja; 3) orttirma daraja; 4) intensiv – kuchaytirma daraja.
Barcha ravishlar ham daraja ko`rsata olmaydi. Ravishlarning daraja ko`rsata olish-olmasligi quyidagicha aniqlanadi: - roq qo`shimchasi qo`shila oladigan ravishlar daraja ko`rsata oladigan ravishlardir:
- tez+roq = !!! (daraja ko`rsatadi);
- bugun+ roq = ? ? (daraja ko`rsatmaydi);
Bosh daraja. Bu darajadagi ravishlar ish-harakat belgisining normal holatda ekanligini bildiradi va boshqa daraja bildiruvchi maxsus ko’rsatkichga ega emasligi bilan xarakterlanadi. Manzura mashina yonidan tez ketdi (A.Muxtor).
Qiyosiy daraja. Ravishlarga –roq affiksining qo’shilishi orqali hosil qilinadi: sekinroq, barvaqtroq, keyinroq, beriroqqa, orqaroqda, ilgariroq kabi. Ammo bu darajadagi ravishlar ikki konkret belgi bir-biri bilan hamma vaqt bir momentda taqqoslanmay, chog’ishtirilmay, balki harakat belgisining abstraktlashtirilgan holda kuchayganligi yoki kuchsizlanganligini ko’rsatadi. Nariroqda bir to’p odam (A.Muxtor).
Ba’zan qiyosiy darajada kuchaytiruv yoki kuchsizlantiruv ekspressiv yo’l bilan yanada orttirilgan bo’lishi mumkin. Bunda qiyosiy darajadagi ravishlar oldidan sal, yana, tobora kabi ravishlar keladi: yana tezroq, yana ilgariroq, tobora yaqqolroq, sal nariroq, sal burunroq kabi: Sal burunroq o’tkazilsa, ancha bo’y bergan bo’ladi (Sh.Rashidov).
Orttirma daraja ravishlari belgining normal holatdan ortiqligini bildiradi. Bu daraja ravish oldidan eng, juda, g’oyat(da), nihoyat(da) kabi kuchaytiruv ravishlarini keltirish orqali hosil qilinadi: eng oldin, juda tez, nihoyat sekin kabi: Mana shu bog’dagi daraxtlarni eng oldin shular o’tqazib parvarish qilishgam (“Yosh lelinchi”).
Do'stlaringiz bilan baham: |