Ta’lim bosqichi
|
Bitiruvchilar
|
Standart darajasi
|
Daraja
Nomlanishi
|
Umumiy o‘rta ta’lim
|
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich 4-sinf bitiruvchilari
|
A1
|
Ona tili fanini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi
|
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ona tili fani chuqur o‘rganiladigan sinflar va ixtisoslashtirilgan maktablarning 4-sinf bitiruvchilari
|
A1+
|
Ona tili fanini o‘rganishning kuchaytirilgan boshlang‘ich darajasi
|
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari
|
A2
|
Ona tili fanini o‘rganishning tayanch darajasi
|
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ona tili fani chuqur o‘rganiladigan sinflar va ixtisoslashtirilgan maktablarning 9-sinf bitiruvchilari
|
A2+
|
Ona tili fanini o‘rganishning kuchaytirilgan tayanch darajasi
|
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
|
Ona tili fani chuqurlashtirilmagan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilari
|
B1
|
Ona tili fanini o‘rganishning umumiy darajasi
|
Ona tili fani chuqurlashtirilgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilari
|
B1+
|
Ona tili fanini o‘rganishning kuchaytirilgan umumiy darajasi
|
O’rta umumta’lim maktablarida ona tili o’qitishning asosiy mazmun
mohiyati hozirgi kun ta’limi maqsadlariga moslab tuzilgan Davlat ta’lim standarti,
dastur va darslikning quyidagi nazariy-amaliy asoslari bilan belgilab berilgan:
1. Ona tili milliy ma’naviyat va mafkura, milliy madaniyat va
qadriyatlarning ulkan xazinasidir.
2. Ona tili millat tafakkurini shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi va
ifodalovchi eng asosiy vosita.
3. Ona tili o’qitishdan maqsad, ta’lim oluvchilarda mustaqil ijodiy fikrlash
qobilyatini rivojlantirish, ijodiy fikr mahsulni nutq vaziyatiga mos ravishda to’g’ri
va ravon bayon qilish ko’nikmalarini shakllantirishdir.
4. Mashg’ulotlarda ona tili imkoniyatlaridan unumli foydalanish, amaliy
ko’nikmalarni shakllantirishning nazariy bilimlarni o’zlashtirishga nisbatan
ustuvorligi ta’minlanadi.
5. Darsliklarda o’quv materiallari o’quvchilarning har bir sinfda
o’rganadigan boshqa o’quv fanlari va ulardan o’zlashtirishlari lozim bo’lgan
amaliy ko’nikmalar bilan uzviy bog’liqlikda beriladi.
6. Ona tili darsligidagi har bir topshiriq o’quvchi tomonidan mustaqil
bajarilishiga moslab tuziladi.
7. Darslik materiallari o’quvchilarda tafakkurni va nutqni rivojlantirishning
asosiy omillariga:
1) lug’at boyligini oshirishga;
2) so’z boyligidan ijodiy matn yaratish jarayonida foydalanishga;
3) mustaqil fikr ifodasining maqsad va nutq vaziyatiga muvofiqligini
tanlashga;
4) aniq, ilmiy va obrazli nutq ko’nikmalarini shakllantirishga moslab tuziladi
va beriladi.
Ona tilidan har bir mashg’ulot yuqorida ko’rsatilgan tarkibiy qismlarni o’z
ichiga oladi.
8. Ona tiliga oid bilimlarni berishda tilning ko’p sathli, cheksiz imkoniyatli,
murakkab tizim sifatidagi talqiniga tayanadi. Shuning uchun “Ona tili” fani va ona
tili qurilishining eng asosiy birliklari va hodisalari bilan tanishtiruvchi
“Muqaddima” va “Izchil kurs” kabi ikki qismdan iboratdir.
9. Dastur va darslikning didaktik asosi: o’quvchilarga ta’lim jarayonining
faol ishtirokchisi; o’qituvchilarga o’quvchining o’rganish faoliyatining
boshqaruvchisi; darslikka o’quvchi va o’qituvchi faoliyatlarini o’zaro bog’lovchi
vosita sifatida yondoshishdan iboratdir.
10. O’quvchining ta’lim jarayonida faol ishtirokchi ekanligi uning darslik
topshiriqlari asosida o’qituvchi rahbarligida quyidagi turdagi mustaqil ishlarni
bajarishida o’z aksini topadi:
1) kuzatish – darslik topshirig’i asosida ona tili hodisalaridan berilgan
namunalarni kuzatadi;
2) izlanish – o’ylash, xotirada tiklash, so’rash, lug’at, qomus, ma’lumot
manbalaridan foydalanish asosida hodisalar sirasini boyitadi;
3) alohidaliklarni sharhlash – berilgan va o’zi davom ettirgan til sirasidagi
har bir hodisani alohida-alohida sharhlaydi;
4) qiyoslash – til sirasidagi hodisalarni o’zaro qiyoslaydi;
5) umumiylikni aniqlash – til sirasidagi hodisalarning o’xshash, umumiy
tomonlarini aniqlaydi;
6) farqlarni topish – til sirasidagi hodisalarning bir-biridan farqli tomonlarini
aniqlaydi;
7) tasnif etish – til sirasidagi hodisalarni o’xshashlik va farqlari asosida
guruh hamda guruhchalarga ajratadi;
8) xulosa chiqarish – hodisalar sirasi asosida umumlashma (xulosa, qoida)
hosil qiladi;
9) aloqadorlikni aniqlash – o’zgargan hodisalarning yondoshlari bilan
munosabatlarini aniqlaydi;
10) qo’llash – hodisalarni mustaqil ravishda yozma va og’zaki shakllarda
sharhlab, ijodiy matn tuzadi.
11. Fikrni bayon etish, ijodiy matn tuzish, ona tili mashg’ulotlarida alohida
mavqega ega bo’lganligi sababli, dasturda VIII sinfda “Ijodiy matn ustida ish”
mavzusini o’rganish ko’zda tutilgan.
12. O’quvchilarning ona tili ta’limi asosida sinfma-sinf olgan amaliy
Ko’nikmalari va bilimlari Davlat ta’lim standarti talablarga binoan baholanadi.6
“Ona tili” fanidan o’quv dasturi va darsliklarning nazariy-amaliy
asoslariga qo’yilgan talablardan ham ko’rinib turibdiki, ona tili darslari
o’quvchilarga nafaqat og’zaki va yozma savodxonlikni o’rgatadi, shu bilan bir
qatorda, ularda milliy ma’naviyat, milliy mafkura, milliy ruh, milliy madaniyat,
milliy qadriyatlarni, va hatto, boshqa fanlarni chuqur o’zlashtirishlari uchun ham
eng asosiy vosita hisoblanadi. Shuning uchun ham ona tili darsliklariga kiritilgan
har bir topshiriq, har bir mashq, har bir savol, har bir gap o’zida juda katta ijtimoiy,
ma’naviy-ma’rifiy yuk tashishini darslik mualliflari ham, uni hayotga tatbiq
etuvchi muallim-murabbiylar ham chuqur his qilishlari lozim
O‘quvchilarda shakllantiriladigan fanga oid kompetensiya elementlari:
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, o‘qish, so‘zlash, yozish):
A2
– mashq va topshiriqlardagi voqea-hodisalarni, tinglangan matn, ko‘rilgan lavhadagi axborotni tushuna oladi;
– mashq va topshiriqlarda berilgan matnni orfoepiya qoidalariga rioya qilib o‘qiydi;
– so‘z va gaplarni bog‘lagan holda fikrini to‘g‘ri va ravon bayon qila oladi. 10-12 gapdan iborat ijodiy matn (bayon) yoza oladi, bayonga reja (sodda) tuza oladi, matnda badiiy tasvir vositalaridan o‘rinli foydalana oladi;
– 95-105 so‘zdan iborat diktantni yoza oladi, husnixat, tinish belgilari va imlo qoidalariga amal qila oladi;
– ish qog‘ozlari (ariza, xat, tarjimai hol) ni yoza oladi.
A2+
– 16-18 gapdan iborat ijodiy matn (bayon) yoza oladi, bayonga reja (sodda) tuza oladi, matnda badiiy tasvir vositalaridan o‘rinli foydalana oladi;
– 121-130 so‘zdan iborat diktantni yoza oladi, husnixat, tinish belgilari va imlo qoidalariga amal qila oladi;
– ish qog‘ozlari (ariza, xat, tarjimai hol) ni yoza oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |