Azallariga sharhlar


Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/80
Sana30.12.2021
Hajmi0,67 Mb.
#98553
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Bog'liq
alisher navoiy gazallariga sharhlar

Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar 

Erkin Vohidov, Najmiddin Komilov 

 



library.ziyonet.uz/ 

 

 



Yaxlit ma’noli gʻazal radif-soʻzga urgʻu berib, shoirona vahiyatni namoyon etish, yo 

biror-bir hodisadan ta’sirlanib, his-hayajonni toʻkib solish, shu voqea mohiyatini ochish, 

yoxud muayyan an’anaviy turkumcha-tamsillar, obraz-ifodalar atrofida suxansozlik 

qilish. lutf koʻrgatish niyatning mevasidir. Chunonchi, ulugʻ shoir jon va jonon mavzuida 

bir turkum dilbar gʻazallar yaratgankim, shulardan birini quyida toʻla keltiramiz: 

Har labing oʻlganni tirgʻuzmakda jono, jon erur, 

Bu jihatdan bir-birisi birla jonojon erur. 

Jonim andoq toʻldi jonondinki, boʻlmas fahmkim, 

Jon erur, jonon emas, yo jon emas, jonon erur. 

Boʻlsa jonon bordudur jon ham, chu jonon qildi azm, 

Jon ketib jonon bila, jondin menga hijron erur. 

Jon manga jonon uchundur, yoʻq jonon jon uchun, 

Umr jononsiz qatiq, jonsiz vale oson erur. 

Borsa jon jonon yitar, gar borsa jonon jon ketar, 

Kimsaga jononu jonsiz umr ne imkon erur. 

Hushdurur jonu jahon jonon bila, jonon agar boʻlmasa, 

Jon oʻylakim oʻlmas, jahon zindon erur. 

Jonim ol, ey, hajru jononsiz manga ranj aylama, 

Chunki jononsiz Navoiy jonidin ranjon erur. 

Gʻazalda «jon» soʻzi oʻn toʻqqiz, «jonon» soʻzi oʻn olti marta takrorlanib kelgan. Biroq 

bu qaytariqlar bizga noxush tuyulmaydi, aksincha, kuchli zavq uygʻotadi, shoirning 

zakovati, topqirligiga qoyil qolamiz, Qarshimizda oʻziga xos butun bir gʻazal-tajnis, ya’ni 

bir oʻzakli, talaffuzi, shakli oʻxshash, ammo ma’nolari xilma-xil soʻzlar vositasida barpo 

boʻlgan hayratomuz san’at namunasi. Ayonki, tajnis klassik she’riyatimizda keng 

tarqalgan usul, lekin yetti baytli gʻazalda ikki jinodosh soʻzning boshdan-oxir har gal 

yangi ma’noda, yangi jilo, yangi tovlanish bilan bunday zanjirlanib kelishi favqulodda 

hodisa. Goʻyo usta zargar bir boʻlak javohirdan turfa tarovatli marvarid donalarini 

suftalab, ipak ipga tizib chiqqanday. Va lekin shu narsa ham esda tursinkim, ulugʻ shoir 

soʻz sohibqironi ekanini koʻz-koʻz qilish uchungina bu san’atga qoʻl urgan emas. Bu 

san’at zamirida Navoiy qalbida hamisha yashab, koʻkarib turgap ezgu-ardoqli fikrlar: 

ishq, vafo, sadoqat haqidagi munavvar, muborak gʻoyalar porlab diqqatimizni tortadi. 

Soʻz —tafakkur xizmatida, san’at — fikr va gʻoyaning koʻrki, targʻibotchisi. 

 




Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish