Azallariga sharhlar


Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/80
Sana30.12.2021
Hajmi0,67 Mb.
#98553
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   80
Bog'liq
alisher navoiy gazallariga sharhlar

Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar 

Erkin Vohidov, Najmiddin Komilov 

 

19 



library.ziyonet.uz/ 

 

qahramon oʻz holati bilan otayotgan tongni qiyoslab, tong mening ayriliq shomidagi 



azoblarimdan xabar topib, salqin shabada ufurib, oh chekdi, deydi. Ertalabki salqin 

shabada dard zoʻridan ohu nola qilgan odamning nafasiga oʻxshatilgan, sovuq oh esa bu 

oʻrinda afsus va achinish, ojizlik nishonasi. Baytning nasriy mazmuni: «Tong goʻyo 

mening hijron tunidagi ahvolimdan xabar topganday, yulduzlarni koʻzyoshi qilib, sovuq 

shamoli bilan oh urib yetib keldi». Bu — baytning «dunyoviy», oshiqona sharhi. 

Baytning botiniy, orifona ma’nosini tushunib olishimiz kerak. Chunonchi, tong (subh) — 

«vahdat nurining taralishi» («Sharhi Gulshani roz», 583-bet), ilohiyot tajallisi; u olami 

gʻaybdan nuzul etib, taayyunot (ayon narsalar dunyo gʻoyalari) zulumotini oshiq koʻngli 

sahifalaridan sidirib tashlaydi. Oh — ishq gʻulgʻulasining til bilan ifodalab boʻlmaydigan 

avj lahzasi. Shom — vahdatga qarama-qarshi kasrat (koʻplik) martabalari, taayyunot 

pardasi. Nafas — koʻigilning ma’naviyat gulzoridan esgan lutfidan tozalanishi (Sayyid 

Ja’far Sajjo-diy, Mustalahoti urafo, 405-bet), gʻayb latofatiga, mahbub talabiga intilish. 

Nafas, shuningdek, vaqtni, lahzalik holni, oniy oʻzgarish va yorishishlarni ham bildiradi. 

Hijron — haqdan, ilohdan boshqaga yuz oʻgirish, koʻngilning vaqtincha oʻzga fikr-

tashvishlar bilan band boʻlishi, parda orqasida qolishi. 

 

Ana shu ma’nolariga koʻra, matla’ning orifona mazmuni bunday boʻladi: «Mening dunyo 



ishlari — kasrat bilan mashgʻulligimni, haqdan boshqa narsalarga e’tibor qilib, undan 

uzoqda qiynalishimni koʻrib, ilohiy vahdat nuri dilim sahifasini tozalash, oʻz holimga 

qaytarish uchun yetib keldi». Voqean, orzudagi ne’mat — goʻzallikka muntazir 

odamning qalbi tongda yorishib, farah topishi tabiiy. Koʻngil musaffo boʻladi, yayrab 

nafas olasan kishi. Tong orifona she’riyatda koʻp qoʻllaniladi. U — ilohiy fayziyat 

timsoli, nuroniy odam darakchisi. Ilohiy yor diydoriga tolib odam bu nurga yetishish 

uchun koʻpdan-koʻp ruhiy qiynoqlar, hijron azoblarini boshidan oʻtkazishi kerak. 

 

Sharhlanayotgan gʻazalda solik (yoʻlovchi)ning yana shu ahvoli ruhiyasi tasvirlanadi, 



tashvishli talpinishlari koʻrsatiladi. 

 

Ikkinchi bayt: 



Gʻam tuni muhlik gʻamim anglab yaqo chok ayladi, 

Tong yelidin har nafas holimga tortib oh subh. 

Mazkur baytda matla’da ifoda etilgan mazmun davom ettirilgan. Tong matla’dagiday 

bechora oshiq holiga achinib, koʻz yoshi toʻkish, oh urish barobarida, gʻam tunidagi 

halokatli (muhlik — halokatli demak) ahvolni koʻrib, yoqasini yirtadi. «Yoqa yirtish» — 

tongning otishini anglatuvchi istioradir, chunki yoqa yirtilganda odamning koʻkragi 

koʻringaniday, tun pardasi yirtilganda tong namoyon boʻladi, ya’ni ilohiyot jamoli 

koʻrina boshlaydi. Navoiyning Samarqandda gadodan sotib olgan baytining birinchi 

misrasi: «Koʻkragimdur subhning pirohanidin chokroq», ya’ni: Koʻkragim tongning 

kuylagidan chokroq. Bu yerda subhning pirohani — tong pardasi, harir bir 

nimqorongʻilik xayol sahifasida yaralgai topgning otishi, yoqaning yirtilishi emas, balki 





Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish