Artikulemaning shakllanishida mashqlarni ortiqcha zo‘riqishlarsiz bajarishga
e’tibor qaratish hamda yuz va mimik muskullar sinkneziyasining paydo bo‘lishiga yo‘l
qo‘ymaslik lozim.
Artikulyatsion gimnastika tamoyili qo‘shimcha artikulyatsion mashqlar (bevosita
nutq tovushlari, artikulemani yuzaga keltirmaydigan) dan foydalanishga imkon beradi.
Masalan, bolada rinolaliya va dizartriya qo‘shilganda til yuqoriga ko‘tarilganda u chap
tarafga ketadi. Bu tilning o‘ng tomonidagi paylar chap tarafdagiga nisbatan kuchsizroq
ekanligidan darak beradi. Bu o‘rinda tilning o‘ng tarafidagi paylar kuchini rivojlantirish
va mustahkamlashga oid tegishli mashqlarni bajarish tavsiya qilinadi. Buning uchun
bolaga tilni tishlarning chap tomondagi pastki
va yuqori qismiga tekkizish, til bilan
chap lunjni siypalash taklif qilinadi. Bu esa tilning o‘ng tomonidagi paylarga ko‘proq
vazifa yuklaydi. Tilning chap tomonidagi paylar zaifligida ko‘rsatilgan barcha mashqlar
tilning chap tomoniga ko‘proq vazifa yuklashni hisobga olgan holda bajariladi. Qarama-
qarshilikni bartaraf qiluvchi mashqlar samarali hisoblanadi. Masalan, tilning o‘ng
tomoni nisbatan zaif bo‘lganda boladan tilni chiqarish va chap tarafga yo‘naltirish
so‘raladi. Bunga logoped tilning o‘ng tarafi paylariga ko‘proq vazifa yuklash uchun
shpatel bilan tilni bosgan holda qarshilik ko‘rsatadi.
Artikulyatsiya paytida til,
lablar va yuz muskullarini, paylarning erkin harakatini
yaxshilash uchun bolaga qayerda va qaysi muskulni nisbatan zo‘riqtirish haqida so‘zlab
berish maqsadga muvofiq. Bola bu jarayonda ishtirok etayotgan organlar harakatini his
qilishi, Shuningdek, bu holatni kinestetik tarzda va oynadan foydalangan holda eslab
qolishi lozim.
Bu holatni bola yana ham aniqroq his qilishi uchun bolaga mexanik tarzda yordam
berish mumkin. Masalan, tilni sterillangan doka salfetka bilan ushlagan holda kerakli
til ukladi amalga oshiriladi.
Artikulyatsion praksisni shakllantirishda artikulyatsiya organlari paylari o‘rtasidagi
o‘zaro bog‘liqlikni hisobga olish lozim bo‘ladi. Buning
uchun quyidagi usullardan
foydalanish tavsiya qilinadi. Masalan, ma’lumki, ko‘rinishdagi artikulyatsiya ukladini
shakllantirish uchun tilni og‘izning chuqurroq tomoniga harakatlantirish kerak. Buning
uchun og‘iz burchaklari mexanik usul bilan oldinga harakatlantiriladi. Aksincha, og‘iz
burchaklari chekkaga harakat qilinganda til oldinga harakatlantiriladi.
Ko‘rsatilgan usullarni ko‘rish nazorati yordamida amalga oshirish lozim (oyna
oldida mashq qilish nazarda tutilmoqda).
Bu esa o‘z navbatida bolaga u yoki bu paylar guruhining harakatini va Shunga
tegishli paylar zo‘riqishini va ularni o‘zaro differensiatsiya
qilishni his qilishga va
anglashga yordam beradi.
Shunday qilib, logopedik ishlarning tavsiya qilinayotgan tizimida artikulyatsiya
organlarining maxsus gimnastikasidan foydalaniladi (faqatgina nutq tovushlari uchun
zarur bo‘ladigan harakatlar mashq qilinadi); shu bilan bir vaqtda artikulyatsion
praksisni rivojlantirishga yordam beradigan qo‘shimcha mashqlar ham ko‘zda tutiladi.
Artikulyatsion praksisni rivojlantirish nutqiy nafas olishni
rivojlantirish bilan bir
vaqtda amalga oshiriladi.
Tayyorgarlik bosqichida tovushlar talaffuzidagi ishlarning izchilligi.
Unli tovushlar artikulemalari quyidagi izchillikda shakllanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: