1.
Hayotda orttirilgan ochiq rinolaliyaga og‘iz va burun bo‘shlig‘ida
jarohatlanishlar bo‘lishi yoki yumshoq tanglayni hayot davomida falajlanishi kabilar
sabab bo‘lishi mumkin.
Funksional ochiq rinolaliyaning paydo bo‘lish sabablari turli xil bo‘ladi. Masalan,
bolalarda ovozning hosil bo‘lishida yumshoq tanglay harakatining sust bo‘lishi.
Funksional ochiq rinolaliya asab kasalliklarida ham namoyon bo‘lish hollari
kuzatiladi. U adenoidlarni olib tashlagandan so‘ng kamroq kuzatilsa, difteriyadan
keyingi falajlanishda kamroq kuzatiladi. Rinolaliyaning bu shaklini tekshirishda qattiq
va yumshoq tanglayda biron-bir o‘zgarishlarning borligi aniqlanmaydi. Funksional
ochiq rinolaliyaning belgilarida asosan unli tovushlar talaffuzi buzilgan bo‘ladi. Undosh
tovushlar talaffuzida tanglay-halqum birlashishi yaxshi, normada bo‘ladi.
Funksional ochiq rinolaliya organik rinolaliyaga nisbatan yengil kechadi. Ovoz
mashqlaridan so‘ng burunlanish tembri yo‘qoladi,
tovushlar talaffuzidagi
kamchiliklarni odatdagidek, ya’ni dislaliyani bartaraf etishda qo‘llanadigan usullar
orqali bartaraf etish mumkin.
Rinolaliyada kuzatiladigan tug‘ma lab va tanglaydagi kamchiliklar logopediya va
tibbiyot fani oldiga jiddiy muammolarni qo‘yadi.
Turli xalqlar orasida, turli mamlakat va hattoki har bir mamlakatning turli
viloyatlarida tug‘ma yoriqliklar bilan tug‘iladigan bolalar soni turlichadir. A. Limberg
(1964) adabiyotlardagi ma’lumotlarni
umumlashtirib, 600 – 1000 ta yangi tug‘ilgan
bolalar orasida bitta bola lab va tanglay yoriqliklari bilan tug‘ilishini ta’kidlab o‘tadi.
Lab va tanglaydagi yoriqliklar bolaning umumiy va nutqiy rivojlanishiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi. Bola yutishga, nafas olishga qiynaladi. Bu holatlar bolaning jismoniy
rivojlanishiga salbiy ta’sir etadi, organizmning boshqa kasalliklar bilan kurashish
jarayonini susaytiradi. Bunday bolalar muntazam vrach nazoratiga va davolanishga
muhtojdir.
1.
Hozirgi vaqtda quyidagi tasnif qabul qilingan:
Yuqori labdagi tug‘ma yoriqliklar:
yashirin yoriqlik, to‘liq bo‘lmagan yoriqlik:
a)
burun bo‘limida teri-tog‘ayning o‘zgarmaganligi; b) burun bo‘limida teri-tog‘ayning
o‘zgarganligi.
To‘liq yoriqlik.
Bunda bolaning ilk yashash davrida xirurgik davolash ishlari olib
boriladi, bu davolash ishlari bola nutqining normal rivojlanishiga imkon yaratadi.
Tug‘ma tanglay yoriqliklari:
1)
yumshoq tanglay yoriqliklari:
bu yoriqliklar yashirin, to‘liqsiz va to‘liq bo‘ladi;
2)
yumshoq va qattiq tanglay yoriqliklari:
yashirin, to‘liqsiz, to‘liq;
3)
alьveolyar o‘simtaning, qattiq va yumshoq tanglayning to‘liq yoriqliklari:
bir
tomonlama, ikki tomonlama;
4)
alьevolyar o‘simtaning va qattiq tanglay oldingi qismining
to‘liq yoriqligi:
bir tomonlama, ikki tomonlama.
Ikki tomonlama yoriqliklar bir tomonlama yoriqliklarga nisbatan kam uchraydi.
M.P. Barchunovning ta’kidlashicha, yoriqliklar ko‘proq chap tomonda (70,4%), o‘ng
tomonda kamroq (21,4%) kuzatiladi. Bu jarohatdan ayollarga nisbatan ko‘proq
erkaklar aziyat chekadilar (I.B. Bakumi 1966, V.M. Messika 1971). Guttsmanning
ma’lumotiga ko‘ra alohida lab yoriqliklari va lab yoriqliklarining tanglay yoriqliklari
bilan birga kelishi erkaklarda 68,66%, ayollarda 31,34% uchraydi, shu bilan birga
ayollarda tanglayning alohida yoriqliklari ikki marotaba ko‘p kuzatiladi. Ko‘p
uchraydigan patologiya shakllari bo‘lib, yumshoq va qattiq tanglaydagi yoriqliklar
hisoblanadi.
Nutqqa burunli ottenkani beruvchi tanglayni tug‘ma
nuqsonlariga quyidagilar
kiritiladi:
1)
tanglay va labning tug‘ma yoriqliklari;
2)
shilliq qavat osti yoriqliklari;
3)
tanglayning tug‘ma rivojlanmasligi;
4)
yuzning tug‘ma assimetriyasi.
Amaliyotda ko‘proq lab va tanglaydagi yoriqliklar kuzatiladi.
Tanglay yoriqliklari shakllari favqulodda xilma-xil bo‘lib, ularning hammasi
nutq buzilishigi olib keladi.
Lab yoriqliklari labning qisman va to‘liq yoriqliklariga ajratiladi. Qisman lab
yoriqligi faqat lab chetida bo‘ladi, ya’ni nuqson pastki burun tirqishiga yetib
bormaydi. Agar yoriqlik burun tirqishining pastki sohasini, ba’zan burun yo‘lini
oldingi uchini qamrab olgan bo‘lsa, yoriqlik to‘liq hisoblanadi.
Tanglaydagi tug‘ma yoriqliklarning bo‘lishi bolaning jismoniy rivojlanishiga ta’sir
qiladi. Nuqson qanchalik keng bo‘lsa, bola Shunchalik ko‘p
rivojlanishida
buzilishlarga ega bo‘ladi. Tanglayning qo‘pol nuqsoni bilan tug‘ilgan bolalar
anamnezida ularga ko‘krak tutishni iloji bG‘lmagani qayd qilinadi. Emizishga
uringanda sut nafas yo‘liga tushib, bolani nafasi ichiga tushib ketadi. Bolalarni
qoshiqchadan ovqatlantirishga o‘tilgan, bu usulda ham ovqat rivojlanib yetmagan
tanglayga, burun bo‘shlig‘iga, burun-halqumga, nafas yo‘llariga tushib, u yerda shilliq
qavatlarni shamollash va ta’sirlanish holatlariga olib kelgan. Yuqorida
aytganimizdek, tug‘ma tanglay yoriqliklari bor bolalar
surish harakatlarini bajara
olmaydilar, natijada ularda tug‘ma surish refleksi so‘nib boradi, butun yuz
muskulaturasi rivojlanishi susayadi.
Tanglay
yoriqligining
mavjudligi bolaning
fiziologik
nafas olishini
yomonlashtiradi. Tug‘ma yoriqligi bor bolalar o‘z nuqsoniga instinktiv ravishda
moslanishga majbur bo‘ladilar. Bu moslanish tilning og‘iz bo‘shlig‘ida o‘ziga xos
joylashuvida namoyon bo‘ladi. Rinolaliyadagi tanglay nuqsonlari butun
artikulyatsion apparat muskullarni noto‘g‘ri muskuliy bog‘liqligini
keltirib
chiqaradi. Rinolaliyada nutq apparati muskullari anatomik jihatdan saqlangan bo‘lsa
ham, harakatlar o‘zlarining sustligi, tormozlanganligi bilan ajralib turadi.
Ko‘pincha, rinolaliya eshitishning zaiflashuvi kuzatiladi. Bu narsa ovqatni
yevstaxiev trubalariga tushib, u yerda eshitish traktida shamollash jarayonlarini keltirib
chiqarishi bilan bog‘liqdir. Eshitishni pasayishi turli xil darajada bo‘lishi mumkin (L.
Ya. Derbanyuk 1966, V. V. Messina 1971, V. S. Dmitrev, R. L. Lando 1969).
SHu tariqa, tug‘ma lab va tanglay yoriqlari mavjudligida u yoki bu dara-jada
bolaning ovqatlanishi, uning fiziologik va nutqiy nafasi buziladi, yuz
muskulaturasining faoliyati xarakteri o‘zgaradi, eshitish qobiliyatining
pasayishi kelib
chiqadi, tilning og‘iz bo‘shlig‘ida noto‘g‘ri holati stabillashadi. Tabiiyki, bularning
hammasi bola nutqining shakllanishiga ta’sir qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: