Birinchidan,odamlar intellekt (aql, idrok, zakovat)ga ega bo‘lib, ularning tashqi muhitga (boshqarishga) reaksiyasi mexanik tarzda emas, balki hissiy- o‘ylangan, anglab yetilgan reaksiyadir. Demak, tashkilot bilan xodim o‘itasidagi o‘zaro ta’sir ko‘rsatish jarayoni ikki tomonlamadir.
Ikkinchidan, odamlar doimiy ravishda takomillashib va rivojlanib borishga qodirlar. Inson o‘z hayotining ilk davrida yurishni, gaplashishni, o'qishni, yozishni, kompyuter bilan muomala qilishni o‘rganadi. U ishga kelar ekan, kasbiy ko‘nikmalarga ega bo'ladi. Bu ko‘nikmalar uning butun ish faoliyati davomida takomillashib boradi. Fan-texnika taraqqiyotining hozirgi davrida
13
qoilanilayotgan texnologiyalar, shu bilan birga kasbiy ko‘nikmalar eskirib qoldi. Shuning uchun ham xodimlaming doimiy ravishda takomillashib va rivojlanib borishga qodirligi korxona va tashkilot faoliyati samaradorligini oshirishning eng muhim va uzoq davom etadigan manbaidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |