Birinchidan, har bir korxona va tashkilot o'z maqsadlariga erishish uchun zarur bo'lgan inson resurslarini, ya’ni xodimlarni jalb qiladi. Xodimlami tanlash usullari tashkilotning faoliyat xususiyatlariga va shart-sharoitlariga bog’liq. Masalan, harbiy xizmatga davlat chaqirig’i, oliy o'quv yurtiga tanlov imtihonlari, siyosiy tashkilotlar a’zolarini jalb qilish va hokazo. Bugungi kunda xodimni korxona va tashkilot bilan bog’lashning keng tarqalgan usuli uni ishga yollashdir, ya’ni korxona va tashkilot bilan shaxs o'rtasida shartnoma (bitim) tuzishdir. Mehnat shartnomasiga muvofiq xodim tashkilotga mos jismoniy va intellektual salohiyatlarini moddiy rag’bat hisobiga muayyan muddatga ayirboshlaydi.
Ikkinchidan, istisnosiz barcha korxona va tashkilotlar o'z xodimlariga
«ta’lim beradi»lar. Bundan maqsad — oldilarida turgan vazifalarni xodimlarga tushuntirish, ularning ko'nikmasi va malakasini ana shu vazifalarga moslashtirishdir. Tashkilotning xodimga ko'rsatadigan ta’siri turli shaklda bo'lishi mumkin. «Ta’lim berish» so'zlarining qo'shtirnoq ichida berilishiga ham sabab shu.
Do'stlaringiz bilan baham: |