Qisqacha xulosalar
Mamlakat aholisining faol qismi mehnat qilishga, mahsulot ishlab chiqarishga, xizmat ko‘rsatishga, o‘z kuchi, bilimini sarflaydi. Aholining faol qismi mehnatga layoqatli va mehnatga yaroqli aholidan tashkil topadi.
Har qanday mamlakat iqtisodiyoti asosini mehnat resurslari tashkil etadi. Ular jismoniy va aqliy qobiliyatga ega bo'lib, mehnat jarayonida moddiy ne’matlar va xizmatlarni yaratadi. Mehnat resurslarida jamiyatning mehnatga
bo'lgan ijtimoiy qobiliyati jamlangan bo'ladi.
Mehnat resurslari tarkibiga ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etmayotgan ayrim shaxslar (uy bekalari, talabalar) ham kiritilishi mumkin. Bu tarkib mehnat
zahiralarini tashkil etadi. Ushbu zahiradan kelajakda foydalanish mumkin.
XIV asrdagi «Naqshband» ta’ limoti mehnatsevarlik va mehnatni ulug’lovchi ta'limotdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |