Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida


Qadriyaviy tizimlar tahliliga asosiy yondashuvlar



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet232/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   290
Bog'liq
falsafa

Qadriyaviy tizimlar tahliliga asosiy yondashuvlar 
Falsafiy adabiyotda jamiyatning tarixiy rivojlanishidagi qadriyaviy tizimlarni tasniflashga 
turlicha  yondashuvlar  mavjud.  Bu  yondashuvlarning  har  biri  boshqalarini  to‘ldiradi,  chunki 
qadriyaviy  tizimlarni  ko‘rib  chiqishning  bir  darajasini  ko‘rsatadi.  Stadial  va  madaniy-
sivilizatsion  yondashuvlar  eng  ko‘proq  umumlashtirilgan  yondashuvlardir,  zero  ularda 
ijtimoiy tizimlar yaxlit ko‘rib chiqiladi.  
Stadial  yondashuvning  yorqin  namunasi  formatsion  yondashuvdir  (K.Marks).  Ushbu  
yondashuvga  ko‘ra  jamiyatning  rivojlanishi  -  bu  sifat  jihatdan  muayyan  ishlab  chiqarish 
usuliga  asoslangan,  ketma-ket  almashinuvchi  bosqichlar  (ijtimoiy-iqtisodiy  formatsiyalari) 
zanjiri.  Har  bir  ishlab  chiqarish  usuli  jamiyatning  muayyan  siyosiy-ijtimoiy  tuzilmasini 
yuzaga  keltiradi.  Ana  shunga  muvofiq  ravishda  qadriyaviy  tizimlar  ham  qaror  topadi. 
Masalan,  ishlab  chiqarish  vositalariga  jamoat  tomonidan  egalik  qilishga  va  urug‘chilikka 
asoslangan  ibtidoiy  jamoa  tuzumida  qadriyaviy  tizimlar  jamoaviylikning,  urug‘chilikning 
shaxsiylik  va  individuallikka  nisbatan,  an'anaviylikning  yangiliklarga  nisbatan  ustuvorligi 
tamoyillariga  yo‘naltirilgan.  Xususiy  mulkning  paydo  bo‘lishi  va  qaror  topishi  bilan 
individuallikning  rivojlanishi  uchun  iqtisodiy  zamin  yuzaga  keladi.  Ayni  paytda  mulk 
muayyan guruhga mansub kishilar (hukmron sinflar) qo‘lida to‘plangan jamiyatlarda mazkur 
sinflarning  qadriyaviy  mezonlari  hukmron  bo‘lib  qoladi  va  odatda  qonunchilik  tomonidan 
rasmiylashtirib qo‘yiladi. 
Formatsiyali  yondashuv    bilan  bir  qatorda  stadial  yondashuv  doirasida  bir-biri  bilan 
raqobat  qiluvchi  bir  qator  nazariyalarni  ajratib  ko‘rsatish  mumkin.  (D.Bell,  O.Toffler. 
G.Diligenskiy va boshqalar). 
Hozirgi    zamonaviy  qarashlardan  biriga  muvofiq  (G.Diligenskiy)  jamiyat  rivojida 
quyidagi  sivilizatsiyaviy  bosqichlarni  ajratib  ko‘rsatish  mumkin:  kosmogen  (an'anaviy 
jamiyatlar), texnogen (industrial jamiyatlar), antropogen (kelajak jamiyati). 
Kosmogen  sivilizatsiya  urug‘chilikning  individuallik,  an'analarning  yangiliklarga 
nisabatan  ustuvorligiga  yo‘naltirilgan.  Shunga  muvofiq  asosiy  xususiyati  an'anaga 
yo‘naltirilganlikdan  iborat  bo‘lgan  qadriyat  tizimlari  shakllanadi.  Texnogen  sivilizatsiya 
ilmiy-texnik  taraqqiyotga,  texnologik  va  ijtimoiy  yangiliklarga  yo‘naltirilgan  qadriyat 
tizimlarini  shakllantiradi.  Biroq  industrializm  sharoitlarida  avtonom  shaxsning  rivojlanishi 
odamlar  o‘rtasida  asrlar  davomida  yuzaga  kelgan  ijtimoiy  aloqalarning yo‘qolishga,  insoniy 
muloqotning  yetishmasligiga,  «yolg‘izlik»ka,  individualizmga,  xudbinlikka  olib  keladi. 
Antropogen  sivilizatsiya  -  jamoaviylik  va  individuallikni  uyg‘unlashtirish,  xilma-xillikdagi 
mushtaraklikka erishishga urinishdir. Qadriyaviy mezonlar tizimining o‘zagi - gumanizm. 
Turli xalqlarga xos qadriyat mezonlarini ularning madaniy-sivilizatsiyaviy asoslari (etnik, 
mintaqaviy, diniy va hokazo) nuqtai nazaridan ko‘rib chiqishga asoslangan yondashuv muhim 
ahamiyatga  ega.  (O.Shpengler,  A.Toynbi,  P.Sorokin).  Ushbu  yondashuv  doirasida  ko‘p 
hollarda  o‘z  xususiyatlariga  ega  bo‘lgan  g‘arb  va  sharq  qadriyatlari  ajratib  ko‘rsatiladi


Ushbu  xususiyatlarni  hisobga  olish  turli  islohotlar  strategiyasini  ishlab  chiqishda  tamoyiliy 
ahamiyatga  egadir.  Masalan,  Markaziy  Osiyoda  tarixan  vujudga  kelgan  qadriyatlar  betakror 
o‘ziga  xoslikka  ega  va  isloh  qilishning  hozirgi  strategiyalari    global  -  sivilizatsiyaviy 
jarayonlarni  mavhum  nazariy  tushunishdan  kelib  chiqmasligi  kerak.  Markaziy  Osiyo 
xalqlarining  qadriyat  tizimlarining  milliy-madaniy  o‘ziga  xosligini  hisobga  olish  ushbu 
strategiyalarning muhim tarkibiy qismidir. 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish