Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida


-§. Qadriyaviy orientatsiyalar va tizimlar



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet231/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   290
Bog'liq
falsafa

 
1-§. Qadriyaviy orientatsiyalar va tizimlar 
 
Qadriyaviy orientatsiyalar 
Turli  tarixiy  davrlarda,  turli  mamlakatlarda  va  xalqlarda,  ijtimoiy  guruhlarda  va  ayrim 
individlarda  turli-tuman  qadriyaviy  orientatsiyalar  (mezonlar)  mavjud  bo‘lgan.  Ular  guruhiy 
darajada ham individual darajada ham mavjuddir. Qadriyaviy orientatsiyalarning xilma-xilligi 
turli omillar tomonidan taqozo etilgan. Bular qatoriga atrofni o‘rab turuvchi tabiiy muhit ham, 
yashash uchun mablag‘lar topish vositalari ham, siyosiy voqyealar, oiladagi tarbiya, shaxsiy 
hayotiy  tajriba  va  boshqalar  kiradi.  Muayyan  bosqichda,  rivojlangan  shaklda  qadriyaviy 
mezonlar tizimli xususiyat kasb etadi. 
Turli-tuman  qadriyaviy  orientatsiyalarning  qadriyatlar  tizimi  sifatida  tashkil  topish  ular 
orasida  boshqa  dunyoqarash  mezonlarini  bo‘ysundiruvchi,  belgilovchi  va  shakllantiruvchi, 
ulardan  ustun  bo‘lgan  qadriyatlar  paydo  bo‘lgan  vaqtda  yuzaga  keladi.  Boshqacha  qilib 
aytganda,  qadriyatlar  tizimining  shakllanishiga  asos  bo‘lib  xizmat  qiluvchi    substansional 
negiz  paydo  bo‘ladi.  Bu  negiz  paradigma  (ustunlik  qiluvchi  qadriyatlar)  xususiyatiga  ega. 
Jamiyat  darajasida  olganda  (ijtimoiy  guruhlar  darajasida)  ushbu  ustun  qadriyatlar  oxir-
oqibatda muayyan tarixiy davrning ijtimoiy jamiyatiga xos tamoyillar bilan belgilanadi. 
Individual  darajada  olganda  qadriyaviy  orientatsiyalar  tizimining  shakllanishi  shaxsning 
yetukligini,  uning  butunligini  anglatuvchi  ko‘rsatkichdir.  Shaxsning  qadriyaviy 
orientatsiyalari eklektik va qarama-qarshi xususiyatga ega bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda 
                                                 
412
 Фролов И.Т. О человеке и гуманизме. М., 1989. 215-б. 


biz  yagona,  bir  butun  tizim  sifatida  shakllanmagan,  rivojlanmagan  qadriyaviy  mezonlarga 
duch  kelamiz.  Qadriyaviy  orientatsiyalarda  yetuklikning,  yaxlitlikning  va  tizimlilikning 
yo‘qligi  ularning  tashqi,  ko‘p  hollarda  tasodifiy  omillarga  bog‘liq  bo‘lib  qolishga,  xulq-
atvordagi  hatti-harakatlar  izchilligining  mavjud  bo‘lmasligiga,  o‘z  fikriga  ega  bo‘lmaslikka, 
qashshoq, o‘z qiyofasiga ega bo‘lmagan ehtiyojlar tuzilmasiga olib keladi. 
Shaklllangan  qadriyat  orientatsiyalari  asosida  esa  shaxsning  dunyoqarashi,  tarbiya  va  va 
hayotiy  tajriba  tufayli  ishlab  chiqilgan  xulq-atvor  kodeksi  tamoyillariga,  hayotiy  maqsadlar, 
chuqur  va  barqaror  ehtiyojlar  yotadi.  Inson  xulq-atvorining  motivatsiyasi,  yo‘nalish  va 
strategiyasini  belgilovchi  ehtiyojlar,  vaziyatlar  va  omillar  pog‘onasida  qadriyaviy 
orientatsiyalar  tizimi, odatda, eng yuqori pog‘onada turadi. 
Shaxsning  qadriyaviy  mezonlarining  faoliyatida  ongli  va  ongosti  darajalarini  ajratib 
ko‘rsatish mumkin. 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish