boshqalardan iborat. Quyida biz jamiyatga oid turlicha talqinlar: diniy, idealistik,
materialistik, talqinlarni ko‘rib
chiqamiz
Har qanday diniy ta'limot jamiyat, uning paydo bo‘lishi, rivojlanishi, faoliyat ko‘rsatishi
to‘g‘risidagi o‘z talqinini berishga harakat qiladi.
Buddaviylik ijtimoiy hayotning har qanday ko‘rinishlaridan voz kechishni, uzlatga
chekinib, nirvanaga cho‘mishga (maxsus holatga kirishga) da'vat qiladi. Lekin bunday xulosa
faqat budda matnlari tahlil etilganda chiqadi. Buddizm bilan yaqindan tanishish shuni
ko‘rsatadiki, buddizm tarafdorlari uchun nirvanaga intilish «boylik, yuqori martaba va
ijtimoiy kelishuv istagi bilan »
361
muvaffaqiyatli tarzda uyg‘unlashib ketadi.
Konfutsiylik tarafdorlarining fikricha, yerdagi dunyo osmon obrazi va unga o‘xshatib
yaratilgan bo‘lib, unga hyech qanday qo‘shimcha va o‘zgarishlar kiritilishi kerak emas.
Ijtimoiy hayotning asosiy prinsiplari (Konfutsiy fikri bo‘yicha): a) davlat boshlig‘iga sodiqlik;
b) yuqoridagilarga hurmat; v) burchga sodiqlik va boshqalar. Konfutsiylik, bir tomondan
inson va jamiyatni turli to‘qnashuvlardan himoya qilishga, ikkinchi tomondan, insonni aniq,
konkret ijtimoiy ideallarga erishishga yullovchi an'analar, urf-odatlarni saqlab qolishni
tashviqot qiladi. Konfutsiylikning ijtimoiy rivojlanishdagi asosiy qoida (postulat)laridan biri –
zo‘ravonlik qilmaslik bo‘lib, bunda qadimgi Xitoy madaniyatining va buddaviylikning
mafkuraviy ta'siri ko‘rinib turadi.
Hinduviylik ijtimoiy tasavvurlarida o‘rnatilgan tartibning ierarxiyaga asoslanganligi va
mustahkamligi g‘oyasi ustun turadi: jamiyatning hammasi kastalarga bo‘linganligi, ular
o‘rtasidagi chegaralar qattiq saqlanishi darkor. Amalda bu narsa kastalar o‘rtasidagi
ziddiyatlar va dushmanliklarga, «past» kastalarning kamsitilishiga, qadimiy ijtimoiy
voqyeliklarning saqlanib qolishiga olib keladi. Hinduviylik ijtimoiy va shaxsiy hayot
sohasidagi ta'qiqlar va cheklashlarning buzilishiga qarshi turadi. Uning uchun taraqqiyot
g‘oyasi yotdir. Hindistonning ko‘pgina ko‘zga ko‘ringan mutafakkirlari (ayniqsa M. Gandi,
R.Tagor) eng avvalo hinduviylikni uning inson va jamiyat to‘g‘risidagi tasavvurlarini isloh
qilish maqsadida ko‘p kuch sarfladilar.
Iudaizmdagi ijtimoiy muammoning o‘ziga xosligi yahudiylarga ko‘p asrlar davomida
boshqa sotsium jamoalaridan alohida ajratilgan holatda yashashga to‘g‘ri kelganligi bilan
belgilanadi. Shuning uchun ham iudaizmning ijtimoiy muammosi oila va jamoa doirasi bilan
chegaralangandir. Biroq, vaqt o‘tishi bilan ko‘plab ijtimoiy qadriyatlar o‘zgarib ketadi.
Masalan, kambag‘allarga yordam berish (filantropik) ahamiyatga ega bo‘lib, jamoaning
gullab-yashnashi uchun xizmat qilish esa keng ijtimoiy faoliyat sifatida qo‘llab-quvvatlanadi.
Iudeylar atrofdagi olamni, butun jamiyatni dushman deb qabul qilishdan voz kechishdi. «Yo
bor urf-odatlar kuchiga qarshi turish va o‘zi uchun yangi, yanada kengroq dunyoni kashf
qilish, yoki an'anaviy, traditsion haqiqat va odatlarga xavf soluvchi omil deb qaraladigan
zamonaviy yangi g‘oyalarga qarshi turish kerak»
362
,- degan muammo yuzaga kelganda
ko‘pchilik yahudiylar kelishish yo‘lini afzal ko‘ra boshladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: