jamiyat konfutsiylik buddaviylik, iudaizm, platonizm va boshqalarning belgilarini o‘z ichiga
oldi»
364
.
Ijtimoiy muammolarga
islomiy qarashlarda esa ilohiy ta'limotlarga asoslaniladi. Islomda
taqdirga bo‘ysunish, sabr-toqatli bo‘lishga da'vat etildi. Islomning geografik jihatdan keng
tarqalishi uning hududlarga xos bo‘lgan ko‘rinishlari paydo bo‘lishiga olib kelib, bu
hududlarda ijtimoiy masalalar u yoki bu holatlarga bog‘liq holda talqin etildi. Islom faqat
o‘ziga xos turmush tarzi, «inson borlig‘ining hamma tomonlariga chuqur ta'sir qiluvchi»
365
din sifatida maydonga chiqadi. Islom ta'limotida musulmonning ijtimoiy va shaxsiy
hayotining hamma tomonlari aniq ko‘rsatib berilgan. Shuning uchun ham an'anaviy islom
bilan zamoniylashgan islom o‘rtasida ziddiyatlar mavjud. Bu muammolar hamma boshqa
dinlarda ham mavjud bo‘lib, islomda esa, keskin tus olgan.
Xristianlikda ham ijtimoiy-falsafiy muammolarning rivojlanishi jiddiy tus olgan. Bunga
Avliyo Avgustinning «Ilohiy shahar haqida» deb nomlangan asari sabab bo‘lib, unda u
kishilik jamiyatining rivojlanishi to‘g‘risida o‘z konsepsiyasini shakllantirdi va rivojlantirdi.
Bu asarda u gunohkorlikka, boylikka asoslangan jamiyatni diniy soflikka asoslangan
jamiyatni qarama-qarshi qo‘yadi, xuddi shu jamiyatni «ilohiy shahar» - Boj'iy grad, deb
ataydi. Tarixda xristianlikning katolitsizm, pravoslav, protestantizm kabi oqimlari mavjuddir.
Ularning har biri o‘zining konfessional xususiyatlaridan tashqari, maxsus falsafiy tomonlariga
ega bo‘lib, jamiyatning rivojlanishini turlicha ifoda etadi. Katolik dini o‘zini birqancha
bosqichlarga ega bo‘lgan, jamiyatdan yuqori turuvchi, uni boshqaruvchi va o‘z huqmini
hamma odamlarga o‘tkazuvchi tashkilot deb hisoblaydi.
Pravoslav dini esa, o‘zini odamlarning odatiy, maishiy ishlari bilan bog‘liq, deb
hisoblaydi. Ularda hyech qachon yagona markazning bo‘lmaganligi ham shunga olib kelgan.
Katoliklarga Rim va Papa ega bo‘lgan holda, barcha pravoslav cherkovlari mustaqil
bo‘lganlar. Hatto, Konstantinopol patriarxi ham tenglarning ichida birinchilardan bo‘lgan.
Protestantizmga kelsak, u katoliklitsizmning hamma ishlarga haddan tashqari aralashuviga
javob sifatida vujudga keldi. Protestantizm ko‘proq oddiy hayot tarzi bilan bog‘liq.
Hozirgi davrda ijtimoiy-falsafiy masalalar neotomizm ta'limotida o‘z ifodasini topib, u
katolitsizmning rasmiy doktrinasi hisoblanadi. Bu ta'limotning mohiyati shundaki, unda
jamiyat ilohiy talqin etiladi: kishilar o‘rtasidagi bog‘lanishlar, munosabatlari aniq maqsadni
amalga oshirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Neotomistlarning fikricha, inson real ijtimoiy
munosabatlar, Xudo bilan yaqinlashish jarayonida o‘z mohiyatini namoyon qiladi.
Neotomizm jamiyatning rivojlanishini, an'anaviy diniy qarashlarni zamonaviy muammolar
bilan birlashtirishga harakat qiladi.
Jamiyat rivojlanishini idealizm nuqtai nazaridan tushuntirib berish antik davrga –
Fukidid
va
Geradot yashagan davr (mil. avv. V asr) ga to‘g‘ri keladi.
Aflotun («Davlat», «Qonunlar»
va boshqa asarlarida) jamiyat to‘g‘risidagi idealistik ta'limotni keng rivojlantirgan.
Etatik
an'ana undan boshlanib, unga asosan jamiyat bilan davlatni aynan bir deb tushuntirishga
harakat qilingan. Aflotun o‘zining uch ijtimoiy sinfdan iborat ideal davlatning modelini ishlab
chiqqan:
«faylasuflar»
(«donishmandlar»)
davlatni
boshqaradilar;
«lashkarlar»
(«qo‘riqchilar») qo‘riqlaydilar, ozod mehnatkashlar (dehqonlar, hunarmandlar), shuning-dek
qullar (ular jamiyat va uning tizimdan tashqaridalar) mehnat qiladilar. Aflotun ijtimoiy
taraqqiyotning antik idealistik talqiniga asos soldi. Uning fikricha, ijtimoiy taraqqiyot jamiyat
«g‘oyasini»ning kengayuvi bo‘lib, jamiyat to‘g‘risidagi fikrlar u paydo bo‘lmasdan avvalroq
mavjud bo‘lgan. Aflotun «izdoshlari» ham davlat va jamiyat tushunchalarini bir-biridan farq
qilmaydilar. Aflotunning fikricha, davlatning tuzilishi alohida olingan individ ruhining
tuzilishi bilan bir xildir.
364
Е.В. Абдуллаев. Очерки культуры доисламской Центральной Азии: религия,
философия, право. Т.,
1998. 107-108-б.
365
Ф.М.Денни. Ислам и мусульманская община//Религиозные традиции мира. 144-б.
Jamiyat rivojlanishining idealistik talqini keyinchalik Arastu asarlarida o‘z aksini topdi
(«Siyosat», «Etika» va b.). U ijtimoiy tuzumning uch bosqichini ko‘rsatib berdi: a) oila; b)
jamoa; v) davlat. Ularning hammasi bir-biri bilan ierarxik munosabatdadir. Jamoa – oilalar
majmuasi; davlat esa jamoalar yig‘indisidan iboratdir. Shaxs jamiyat qonunlariga (oila, jamoa,
davlatga) buysunishi, o‘z-o‘zini tarbiyalashi va yaxshilik qilishi jamiyatning qaror topib
rivojlanishiga xizmat qilishi kerak. Davlatga (umuman jamiyatga ham) antik idealistik
yondashuvning mohiyati shundaki, u alohida individga nisbatan birlamchi qaraladi.
Jamiyatning bunday an'anaviy talqiniga Sharq mutafakkirlari ham o‘z hissalarini
qo‘shganlar. Bunga
Forobiyning «Fozil odamlar shahri»,
Beruniyning «O‘tmish xalqlardan
qolgan yodgorliklar»,
Yusuf Xos Xojibning «Qutadg‘u bilig»,
Navoiyning «Payg‘ambarlar va
donishmandlar tarixi», Amir Temurning «Tuzuklari»,
A.Jomiyning «Iskandarning
donishmandlik kitobi» va boshqa asarlarni misol qilib keltirishning o‘zi kifoya qiladi. Bundan
sharq mutafakkirlarining antik davr falsafasi vorislari ekanliklari ko‘rinib turibdi. Masalan,
Ibn Sinoning fikricha, jamiyat uch sinfga bo‘linishi kerak: boshqaruvchilar, lashkar (harbiy),
ishlab chiqaruvchilar. Bu esa, Aflotunning qarashlarini tasdiqlaydi. O‘z navbatida
Forobiyning jamiyatga oid qarashlari, g‘oyalari Arastuning fikri bilan bog‘lanib, Sharqdagi
o‘sha davrning ijtimoiy-siyosiy sharoitiga moslashtirilgani, rivojlantirilgani ko‘rinib turibdi.
Sharq mutafakkirlaridan
Al-Buxoriy («Shoh uchun foydali xabarlar to‘g‘risida kitob»),
Bedil
(«Bilish»),
Mashrab («Devoni Mashrab»),
Ahmad Donish («Kamyob hodisalar») ham o‘z
asarlarida jamiyat, davlat, ularni boshqarish va shaxsning o‘rni to‘g‘risida o‘z fikrlarini yozib
qoldirganlar
366
.
Jamiyat haqidagi idealistik talqin rivojiga
T.Gobbs va
J.Lokk (ijtimoiy kelishuv
shartnomasi nazariyasi),
J.Viko («millat harakati to‘g‘risida»gi ta'limot),
Volter (hamma
insonlarning boshdanoq siyosiy tengligi to‘g‘risidagi g‘oya),
I.Kant («abadiy dunyo»
to‘g‘risidagi ta'limot) o‘z hissalarini qo‘shdilar. Jamiyatning tugallangan idealistik talqinini
Xegel falsafasida o‘zining to‘liq aksini topdi. Uning «Huquq falsafasi», «Tarix falsafasidan
ma'ruzalar», «Estetikadan ma'ruzalar», «Falsafa tarixidan ma'ruzalar» asarlari deyarli
to‘laliigicha ijtimoiy muammolarga bag‘ishlangan. Xegel ularda «jamiyat» tushunchasining
«davlat» tushunchasidan kengligini aniq va tushunarli shaklda bayon etib berdi.
Fuqarolik
Do'stlaringiz bilan baham: