ko-evolyusiya
(hamkorlikda,
paralel,
o‘zarobog‘liqlikda
rivojlanish)
nazariyasining shakllanganini eslab o‘tish mumkin. Bu ikki yirik tizimning bir-biriga qarshi
turishi va kurashi emas, balki ularning uzviy birligi insoniyatning keyingi taraqqiyotini
ta'minlashi mumkin.
2 bob. JAMIYaT FALSAFIY TAHLIL OB'eKTI SIFATIDA
1-§. Ijtimoiy bilishning o‘ziga xosligi
Sotsium murakkab, ko‘ptomonli, serqirra ob'ekt bo‘lgani uchun uni faqat birgina fanning
predmeti sifatida ta'riflab bo‘lmaydi. Uning turli tomonlari turli fanlar yordamida o‘rganiladi.
Shuning uchun ham ijtimoiy bilish to‘g‘risida so‘z yuritganimizda, uning jamiyat to‘g‘risidagi
fanlarning majmui ekanligini hisobga olamiz. Bu majmuada ijtimoiy qonuniyatlar va
institutlarni, ijtimoiy tuzilma va stratifikatsiyani, turli darajadagi ijtimoiy tizimlarning ijtimoiy
aloqalari va o‘zaro munosabatlarini o‘rganuvchi sotsiologiya muhim o‘rin egallaydi. Eng
zamonaviy ta'rif quyidagicha ifodalanadi: «sotsiologiya – jamiyatning vujudga kelish,
faoliyat ko‘rsatish va rivojlanishining umumiy va o‘ziga xos ijtimoiy xususiyatlari hamda
qonuniyatlari, ularning rivojlanishi, odamlarning hatti-harakatlarida, o‘zaro munosabatlarida,
354
Исторический процесс. С. 418 бетдан истибох.
355
Ќаранг: П. Тейер де Шарден. Фенонен человека. М., 1965. 43-б.
356
В.И.Вернадский. Живое существо. М., 1978. 46-б.
357
Унинг ѝзи. Химическое строение земли и ее окружение. М., 1965. 328-б.
odamlar jamoalarida va umuman jamiyatda amalga oshirilish yo‘llari, shakllari va usullari
to‘g‘risidagi fandir»
358
.
Ijtimoiy bilish majmuasidagi muhim fanlardan yana biri psixologiya bo‘lib, u insonning
ichki dunyosini, ruhiyatning shakllanish va faoliyat ko‘rsatish qonuniyatlarini o‘rganadi.
Sotsiologiya va psixologiya fanlarining to‘qnashish nuqtasida yangi ilmiy fan – ijtimoiy
psixologiya vujudga kelib, uning predmeti ijtimoiy-psixologik hodisalar, ijtimoiy kayfiyat,
sezgilar, odatlar, an'analar, xatti-harakat normalari va boshqalarning paydo bo‘lishi,
rivojlanishi hamda transformatsiyasining umumiy va o‘ziga xos qonuniyatlaridan iboratdir.
Ijtimoiy bilishda tarix fani yana bir muhim o‘rinni egallab, u umumiy ijtimoiy
qonuniyatlarni alohida olingan faktlar tahlili orqali o‘rganadi. Tarix fani «ijtimoiy
rivojlanishning qonuniyatlarini aniqlab, tarixdagi qaytarilish lahzalarini o‘rganish bilan birga
har bir tarixiy voqyeaning, har bir tarixiy shaxsning o‘ziga xosligi va noyobligini ko‘rsatib
beradi»
359
. Tarix fani ijtimoiy bilishning qismi bo‘lish bilan birga, uning o‘zi majmuiy fan
hisoblanib, uning tarkibiga arxeologiya, manbashunoslik, san'at tarixi va boshqalar kiradi. Bu
majmuada etnologiya (etnografiya) alohida o‘rinni egallab, bu fan turli bosqichdagi etnik
guruhlarning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va ahamiyatini o‘rganadi. Etnologik bilish
ko‘pmillatli, polietnik sotsiumlarda yuz beradigan jarayonlarni tahlil qilishda muhim rol
o‘ynaydi.
Ijtimoiy bilish yuqorida ko‘rsatilgan fanlardan tashqari siyosatshunoslik (siyosiy institutlar
va jarayonlar), etika (jamiyatning ahloqiy rivojlanishi to‘g‘risidagi fan), iqtisodiy nazariya,
kulturologiya(madaniyatshunoslik),
pedogogika,
huquqshunoslik,
san'atshunoslik,
dinshunoslik va boshqa shu kabi fanlarni ham o‘z ichiga oladi.
Ijtimoiy bilish (jamiyat to‘g‘risidagi fan majmui)da ijtimoiy falsafa yoki jamiyat falsafasi
alohida o‘rin egallaydi. Ijtimoiy falsafa jamiyatni birbutun tizim sifatida, ya'ni uni tashkil
qiluvchi elementlarning oddiy mexanik yig‘indisiga bog‘lab bo‘lmaydigan, integral tuzilma
(hosila) sifatida tadqiq etadi..
Jamiyat to‘g‘risidagi fanlarning ichida ijtimoiy falsafa jamiyatni umumiy tarzda olamning
alohida bir qismi sifatida o‘rganadi. Shuning uchun ham jamiyat eng yuqori darajada
umumiylashtirilgan tushunchalar – falsafiy kategoriyalar yordamida talqin etiladi. Ijtimoiy
falsafa umumfalsafiy qonunlarni, ya'ni (tabiat, jamiyat va tafakkur qonunlarini) ijtimoiy
hodisalar va jarayonlar tahliliga tatbiq etishdan iboratdir. Ijtimoiy falsafa jamiyat to‘g‘risidagi
eng umumiy nazariy bilimlar tizimidan iborat. U, jamiyat nima, u qanday faoliyat ko‘rsatadi
va rivojlanadi; bu rivojlanishda insonning roli qanday, degan masalalarni ko‘rib chiqadi.
Ijtimoiy falsafaning jamiyat haqidagi fanlar majmuidagi roli va ahamiyati shundan
iboratki, u ijtimoiy bilishni to‘laligicha rivojlantirish uchun nazariy va metodologik asos
bo‘lib xizmat qiladi. Ma'lumki, har qanday ilmiy qonun va kategoriyalarni o‘rganish uchun
dastlab eng umumiy qonun va kategoriyalarni bilish kerak bo‘ladi. Ijtimoiy falsafa esa, aynan,
shunday bilimlarni beradi, chunki uning qonun va kategoriyalari kerakli darajadagi
umumiylik xususiyatiga egadirlar. Jamiyat to‘g‘risidagi aniq, maxsus fanlar (sotsiologiya,
siyosatshunoslik, madaniyatshunoslik va b.) ijtimoiy hayotning turli tomonlari va qirralarini
tahlil qilish bilan birga, ijtimoiy falsafaning tushunchalari va predmeti mazmunini boyitishga
yordam beradi. Shu tariqa, agar ijtimoiy falsafa jamiyat to‘g‘risidagi boshqa fanlarga nazariy-
metodologik asos bo‘lsa, ular esa, o‘z navbatida ijtimoiy-falsafiy umumlashmalar uchun
empirik asos bo‘ladi.
Sotsiologiya, ayniqsa, umumnazariy sotsiologiya nazariy-metodologik asoslariga ko‘ra
ijtimoiy falsafaga ko‘proq yaqindir. Ularning yaqinligi shu darajada aniqki, faylasuflar ham,
sotsiologlar ham bir-biri bilan bunday yaqin, o‘zaro mustahkam bog‘liq bo‘lgan fanlarning
alohida-alohida, mustaqil ravishda mavjud bo‘lishi maqsadga muvofiqligiga shubha
358
Э.В.Тадевосян. Социология. М., 1999. 9-б.
359
Б.Г.Могильницкий. Введение в методологию истории. М., 1999. 28-б.
bildiradilar. Lekin, shuni ta'kidlash kerakki, sotsiologiya (hatto nazariy bo‘lsa ham) har doim
ijtimoiy falsafaga qaraganda umumiylik darajasi kamroq bo‘lgan qonun va kategoriyalar bilan
ish ko‘radi. Zero, shu narsa aniqki, ijtimoiy borliq va ijtimoiy ong munosabatlari, ijtimoiy
rivojlanish manbalari, ijtimoiy bilishning xususiyati, sivilizatsiyaning global muammolari
kabi falsafaning asosiy fundamental muammolari sotsiologik tahlildan chetda qoladi. Shuning
uchun ham sotsiologiyani ijtimoiy falsafaga qo‘shib yuborish maqsadga muvofiq
bo‘lmaganidek, ijtimoiy falsafani ham nazariy sotsiologiyaga tenglashtirish mumkin emas.
Ijtimoiy falsafa bilan yaqindan bog‘liq va o‘zaro ta'sir qilib turuvchi fanlarning yana biri
tarixdir. Ularning talaygina umumiy tomonlari bor. Birinchidan, ijtimoiy falsafa ham, tarix
ham sotsiumni faqat birtomonlama o‘rganish bilan cheklanmasdan, uni birbutunicha, yaxlit
holda kompleks o‘rganadilar. Ikkinchidan, unisi ham, bunisi ham ijtimoiy hayotning barcha
shakllari va sohalarini o‘rganadilar. Uchinchidan, ikkala fan ham o‘z diqqat-e'tiborini avvalo
tarixiy jarayonning sub'ektiv, ya'ni faoliyat tomoniga qaratadilar. To‘rtinchidan, tarix va
falsafa bir-biriga singib ketadi. Chunki falsafaning muhim elementi sifatida falsafiy g‘oya va
ta'limotlarning tarixi yotadi. Ayni paytda, falsafa tarixi tarix fanining muhim tarkibiy qismi
hisoblanadi.
Ijtimoiy falsafa bilan tarix o‘rtasidagi tafovut quyidagilardan iborat. Birinchisi, tipik,
umumiy, muhim tomonlarni o‘rganadi. Faylasufni sotsium rivojlanishining eng umumiy
qonunlari, bu rivojlanishning manbalari va harakatlantiruvchi kuchlari, tarixiy jarayonning
umumiy mazmuni va asosiy bosqichlari qiziqtiradi. Boshqa ijtimoiy fanlarga
(siyosatshunoslik, psixologiya, iqtisodiy nazariya, huquqshunoslik va b.) kelsak, ularning
predmeti bilan ijtimoiy falsafa predmetining farqi aniq: ularning hammasi ham falsafiy
umumiylik va universallikni da'vo qilmaydi, jamiyat hayotining faqatgina konkret, alohida
jihatlarini, sohasini o‘rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |