Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida


-bob. GLOBAL MUAMMOLAR XX ASR MAHSULI SIFATIDA



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet253/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   290
Bog'liq
falsafa

 
1-bob. GLOBAL MUAMMOLAR XX ASR MAHSULI SIFATIDA 
 
Global muammolarning paydo bo‘lishi 
Bugungi  kunda  zamonamizning  global  muammolari  deb  ataluvchi  muammolar  haqida 
eshitmagan  odamni  uchratish  qiyin.  Bu  muammolarga  demografik,  energetik,  xom  ashyo 
muammolari,  urush  va  tinchlik  muammosi,  ekologiya  va  boshqalar  kiradi.  Albatta,  ushbu 
muammolar  ilgari  ham  mavjud  edi,  lekin  faqat  XX  asrdagina  ular  global  muammolarga 
aylandi.  Insoniyat  tarixida  mavjud  bo‘lgan  oldingi  shunga  o‘xshash  muammolardan  ular 
shunisi  bilan  farq  qiladiki,  mazkur  muammolar  planetar  xarakterga  ega.  XX  arsning    40-
yillardayoq K.Yaspers shunday deb yozgan: «Barcha mavjud muammolar dunyo muammolari 
bo‘lib  qoldi,  vaziyat  -  umum  insoniyatning  vaziyatiga  aylandi»
447
.  Bugungi  kunda  dunyoda 
bo‘layotgan  har  bir  hodisa,  u  ekologik  tanglik  bo‘ladimi,  urushmi,  ochlikmi,  energetik  va 
boshqa resurslarning kamayib ketishimi, madaniyatdagi tanglikmi yoki demografik tanglikmi 
bundan  qat'iy  nazar  ular  endi  lokal,  mahalliy,  milliy  muammolar  bo‘lib  qolmay  planeta 
miqyosidagi global xususiyat kasb etmoqda. 
Global  muammolar  -  bu  shunday  muammolarki,  ular  butun  insoniyatning  manfaatlariga 
daxl qiladi, uning kelajagiga xavf soladi hamda ular butun xalqaro hamjamiyatning ishtiroki 
bilangina hal etilishi mumkin
XX  asrgacha  mavjud  bo‘lgan  muammolar  hyech  qachon  butun  planeta  hamjamiyatining 
mavjudligiga  xavf  solmagan.  Global  muammolar  XX  asr  mahsulidir  va  ularning  paydo 
bo‘lishi inson faoliyati bilan bog‘liq. Global muammolarning paydo bo‘lishining sababi inson 
faoliyati bilan bugungi tabiatdagi va jamiyatdagi ahvol o‘rtasidagi qarama-qarshilikning o‘sib 
borishidir. 
Ushbu sabab, o‘z navbatida bir qator ichki sabablarga bo‘linadi: 
1.  «jamiyat-tabiat» tizimidagi qarama-qarshiliklar bilan  bog‘liq sabablar. 
2.  Jamiyatning  o‘zining  ichidagi  ijtimoiy  tuzilmalar  (individlar,  ijtimoiy  guruhlar, 
davlatlar va xalqaro tuzilmalar) o‘rtasidagi qarama-qarshilik bilan bog‘liq sabablar. 
Ushbu sabablarning mohiyati nimadan iborat? 
1.  XX  asrgacha  tabiiy  boyliklarni  o‘zlashtirish  va  tabiatga  ta'sir  ko‘rsatish  lokal 
xususiyatga  ega  edi.  XX  asrda  insonning  xo‘jalik  faoliyati  planetar  miqyoslarga  ko‘tarildi. 
Tabiatga  tushuvchi  antropogen  yuklar  shu  qadar  ko‘paydiki,  ular  yangi  geologik  kuchga 
aylandi.  (V.I.Vernadskiy).  Bu  kuch  planetaning  butun  qiyofasini  o‘zgartirishga,  biosferada 
ortiga  qaytmas  sifat  o‘zgarishlariga  olib  kelishga  qodir.  Bu  o‘rinda  ozon  qatlamining 
buzilganligi  yoki  tropik  o‘rmonlarning  yo‘q  qilinganligini  eslashning  o‘zi  kifoya.  Vaziyat 
shundayki, insonning o‘zining yashab qolishi haqidagi masala kun tartibiga qo‘yilgan. 
2.  Ijtimoiy  rivojlanishidagi  notekislik,  mustamlakachilik,  shuningdek,  dunyo  boyliklarini 
iste'mol  qilishi  va  taqsimlashdagi  adolatsizlik  shunga  olib  keldiki,  boy  va  kambag‘al 
mamlakatlar  paydo  bo‘ldi.  Bu  hol  sobiq  mustamlaka  va  rivojlanayotgan  mamlakatlarning 
qoloqligi  va  shu  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  ochlik,  savodsizlik  kabi  global  muammolarni 
tug‘dirdiki, bu o‘z navbatida insoniyat oldiga ana shu uzilishni yo‘qotishga qaratilgan yangi 
tartibni yaratishdan iborat global muammoni qo‘yadi. 
Ijtimoiy  rivojlanishdagi  ana  shu  notekislik  urushlarga  ham  sabab  bo‘ldi.  Biroq  XX 
asrgacha davlatlar o‘rtasidagi nizolar va ularning oqibatlari lokal-mintaqaviy xususiyatga ega 
edi.  XX  asr  jahon  urushlarini  yuzaga  keltirdi.  Hozirgi  qurol-yarog‘larning  xususiyatini 
hisobga oladigan bo‘lsak, uchinchi jahon urushi yuz bergudek bo‘lsa, bo‘lsa, butun insoniyat 
                                                 
447
 Ясперс К. Смысл и назначение истории. М., 1994. 141-б. 


yo‘q  qilinishi  masalasi  paydo  bo‘ladi.  Shu  sababli  xalqlar  va  davlatlarning  tinch-totuv 
yashashlari insoniyatning global muammosiga aylanib qolmoqda. 
Ilgari  ma'lum  bo‘lgan  global  muammolar  (demografik,  ekologik,  oziq-ovqat  va  hokazo) 
bilan  bir  qatorda  XX  asr  oxirida  va  XXI  asr  boshida  global  muammolar  xususiyatiga  ega 
bo‘lgan    yangi  xavflari  yuzaga  keldi:  xalqaro  terrorizm,  xalqaro  uyushgan  jinoyatchilik  va 
boshqalar. 
Ana  shunday  o‘ziga  xosliklar  tufayli  global  muammolarni  xalqaro  hamjamiyatning 
ishtirokisiz hal qilish mumkin emas.  Ularni hal etishning zarur sharti insoniyatning yakdilligi 
bo‘lib,  bu  o‘z  navbatida  integratsiyaning  o‘sishi  va  jahon  hamjamiyatida  bir-birini 
tushunishning ortib borishini taqozo qiladi.  

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish