Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida


-bob. FALSAFANING JAMIYaTDAGI O‘RNI



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   290
Bog'liq
falsafa

 
3-bob. FALSAFANING JAMIYaTDAGI O‘RNI 
 
1-§. Falsafa madaniyat tizimida 
 
Falsafa va fan 
Falsafa va  aniq  fanlar  o‘zining  dastlabki  qadamlaridanoq bir-biriga chambarchas bog‘liq 
bo‘lib kelgan. Qadimgi jamiyatlarda diniy-mifologik (afsonaviy) tasavvurlar, falsafiy g‘oyalar 
va  empirik  ilmiy  bilimlar  bir  biridan  ajratilmagan,  sinkret  (qorishgan  holda)  yagona,  birini 
boshqasidan ajratib bo‘lmaydigan darajada edi. Keyinchalik rivojlanish mobaynida falsafa va 
fan hali talaygina umumiylikni saqlagan holda o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘la boshlaydi. 
Fan  o‘zining  yetuk  shakliga  sanoat  revolyusiyasi  davridan  erisha  boshlaydi,  ba'zi  ilmiy 
fanlar  esa  faqat  XIX-XX  asrlardangina  shakllana  boshladi.  Shu  sababli  ko‘pgina  zamonaviy 
ilmiy  g‘oyalar  o‘zining  dastlabki  shaklida  falsafiy  qarashlar  ta'sirida  ishlab  chiqilgan.  Bu, 
masalan, atom, Quyosh tizimining tabiiy kelib chiqishi, sinergetika va boshqalar to‘g‘risidagi 
g‘oyalarga tegishli. 
Falsafa  doirasida  ilmiy  bilishda  qo‘llaniladigan  mantiqiy-metodologik  vosita  ishlab 
chiqildi. Arastu, Forobiy, Ibn Sino, Bekon, Dekart, Leybnits, Xegel kabilar mantiq qonunlari, 
induktiv,  deduktiv,  dialektik  va  boshqa  metodlarni  bevosita  ishlab  chiqqan  faylasuflardir. 
Xususan,  dialektik  metod  eng  ilg‘or  zamonaviy  ilmiy  fanlardan  biri  -  sinergetikaning 
ko‘pgina qoidalarida o‘z aksini topdi. 
Falsafa  fanga  nisbatan  munosabatda  faqat  metodologik  funksiyani  bajarib  qolmaydi.  U 
dunyoqarash bo‘lgani holda u yoki bu ilmiy g‘oyaning shakllanishi (yoki to‘xtatish)ga ta'sir 
ko‘rsatgan.  Masalan,  yevropa  o‘rta  asr  davrida  falsafa  ilohiyotga  bo‘ysungani  holda,  har 
qanday fikrga arastu-xristian talqini nuqtai nazaridan qarab, ilmiy fikrning erkin rivojlanishini 
to‘sib qo‘ygan. 
O‘z navbatida falsafa ham aniq fanlarning kuchli ta'siriga uchragan va uchramoqda. Agar 
ilgari  atrof  muhit  to‘g‘risidagi  ko‘pgina  g‘oyalar,  odatda,  mushohada-spekulyativ  (quruq 
mulohazaga  asoslangan)  shaklda  naturfalsafa  asosida  vujudga  kelgan  bo‘lsa,  fanning 
rivojlanishi  davomida  empirik  ma'lumotlar  va  tabiiy  ilmiy  nazariy  xulosalarning  to‘planishi 
                                                 
8
 Бунге М. Интуиция и наука. М., 1967. С. 109. Пер. с англ. 


tufayli  fan  mushohidaviy  mulohazalar  va  quruq  mulohazalardan  qutulibgina  qolmay,  balki 
o‘zi  ham  falsafaga  ta'sir  o‘tkaza  boshladi.  Falsafa  fan  doirasida  olingan  dalillarni  inobatga 
olmasligi  mumkin  emas.  Bundan  tashqari  falsafaning  o‘zi  u  yoki  bu  davrda 
tabiatshunoslikning  u  yoki  bu  ideallarini  ko‘zda  tutadi.  Masalan,  XVII-XVIII  asrlarda 
mexanikaning  yetakchi  ilmiy  fan  sifatida  shakllanishi  mazkur  davrda  yevropa  falsafasining 
mexanistik shakliga sabab bo‘ldi. Deyarli barcha, hattoki inson va jamiyatda yuz berayotgan 
jarayonlar ham mexanika qonunlari asosida sharhlandi. Bugungi kunda falsafa o‘z g‘oyalarini 
tabiat va jamiyat to‘g‘risidagi fanlarda kechayotgan jarayonlarsiz rivojlantira olmaydi. 
Falsafa  va  fanning  o‘zaro  munosabatlaridagi  yana  bir  jihati  falsafa  ilmiy  bilishdagi  turli 
soha  yutuqlarini  muvofiqlashtiradi,  umumlashtiradi  va  ularni  imkon  qadar  umumlashtirgan 
falsafiy kategoriyalarda aks ettiradi.  

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish