Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   290
Bog'liq
falsafa

Falsafa va san'at 
Dunyoni  bilish  nafaqat  qonunlarni  aks  ettiruvchi  kategoriya  va  tushunchalar,  balki 
san'atda  yaratiladigan  obrazlar,  oliy  shakllar,  ya'ni  badiiy  obrazlar  orqali  ham  amalga 
oshiriladi.  Har  qanday  bilish  insonning  ikkita  bilish  qobiliyati:  ratsional  (aqliy),  mavhum-
mantiqiy (abstrakt-mantiqiy) va his etish, obrazli-ta'sirchanlik (obrazli-emotsional)dan iborat. 
Mantiq  va  psixologiyaning  ilmiy  ijod  sohasidagi  keyingi  tadqiqotlari  ko‘pgina  asosiy  ilmiy 
kashfiyotlar dastlab hissiy-obrazli shaklda mavjud bo‘lishini ko‘rsatdi. Faqat keyingina unga 
tafakkur ila ishlov  berilganidan so‘ng  qat'iy  mantiqiy  shaklni egallaydi.  A.Eynshteyn,  N.Bor 
va boshqa buyuk olimlar san'atning o‘z shaxsiy ilmiy ijodidagi ahamiyatini ta'kidlaganlar. 
San'at  falsafadan  oldin  ibtidoiy,  diniy-afsonaviy  dunyoqarash  negizida  paydo  bo‘lgan  va 
ibtidoiy amaliyotning bevosita ehtiyojlari bilan belgilangan. Qoyaga o‘yib yozilgan tasvirlar 
syujeti,  diniy  marosim  qo‘shiqlari  va  raqslari  amaliy  yo‘nalishga  ega  bo‘lgan.  Ular  ibtidoiy 
inson uchun hayotiy ahamiyatga ega vaziyatlarni shunchaki obrazli shaklda aks ettirmasdan, 
balki mana shu vaziyatlarga o‘z ta'sirini ko‘rsatish maqsadiga intilganlar. 
Falsafa vujudga kelishi bilan u san'atning rivojlanishiga ta'sir ko‘rsatuvchi kuchli omilga 
aylandi.    Masalan,  Yaponiyaning  rassomlik  san'ati  («sumie»  janri)ni  dzen-buddizm  falsafiy 
prinsiplarini  bilmasdan  turib  tushunish  mumkin  emas.  Hattoki  badiiy  materiallar  (yupqa 
qog‘oz  va  juda  ko‘p  miqdorda  siyohni  sig‘diradigan  mo‘yqalam)  va  chizish  texnikasi 
(chiziqlar  imkoni  boricha  tez  va  kam  miqdorda  chizilishi  kerak)  ham  mana  shu  prinsiplarga 
bo‘ysungan. Qog‘oz va mo‘yqalam, chizish texnikasini tanlanishi ilhomning nihoyatda qisqa 
vaqtda  aks  etishi  bilan  aniqlanadi.  Hyech  qanday  sustkashlik  va  qayta  ishlashga  yo‘l 
qo‘yilmaydi.  Manzara  o‘ylangan,  oqilona  mulohazali  rejani  asta-sekin  me'yoriga  yetkazish 
bilan  emas,  balki  deyarli  bir  lahzada  yaratilishi  kerak.  Mana  shuning  o‘zi  bilan  dzen-
buddizmning  eng  muhim  prinsipi-satori  (fikrning  oydinlashuvi)  amalga  oshadi,  unga  esa 
irratsionalizm, intuitivizm, bir lahzalilik xosdir. Shuningdek  dzen-buddizm prinsiplari yapon 
poeziyasida («xayku» janri)

 ham mujassamlashgan. 
Falsafaning  yevropa  san'atiga  ta'siri  to‘g‘risida  ham  gapirish  mumkin.  Masalan, 
Yunoniston  va  Rim  san'ati  o‘zida  koinotni  tushunishga  yo‘naltirilgan  antik  dunyoqarash 
xususiyatlarini aks ettirgan. Shuningdek antik haykaltaroshlik insonning tashqi, jismoniy, tana 
ko‘rinishini astoydil ifodalashga uringan, insonning ichki dunyosi (mikrokosm) esa ikkinchi 
darajali  hisoblangan.  O‘rta  asr  yevropa  san'atida  diniy  dunyoqarashning  izlari  yorqin 
ifodalangan. Ikonalar chizish, psaltirdagi diniy qo‘shiqlar, cherkov xor qo‘shiqlari san'atdagi 
yetakchi yo‘nalishlarga aylanadi. Metafizik (dialektik bo‘lmagan) tafakkur xos bo‘lgan Yangi 
davrda, shuningdek ushbu falsafiy paradigmaga xos xususiyatlar san'atga ta'sir ko‘rsatgan.  
Bugungi  kunda  rassomchilik,  adabiyot,  teatr,  musiqa,  kinematografiya,  xoreografiya, 
arxitekturadagi  barcha  bir  muncha  ahamiyatli  yo‘nalishlarda  u  yoki  bu  falsafiy 
                                                 
9
Қаранг: Судзуки Д. Дзэн-Буддизм. Бишкек. 1993. 402-409-б.  


dunyoqarashning  izlari  mavjud.  Masalan,  realizm  va  syurrealizmning  farqi  faqat  ijro 
texnikasida  emas.  Mazkur  yo‘nalishlarni  shakllangan  falsafiy-metodologik  yo‘l-yo‘riqlarni 
bilmasdan turib, ularni tushunish mumkin emas. O‘z navbatida san'at dunyoni badiiy tasavvur 
qilish sifatida falsafaga katta ta'sir ko‘rsatadi.  

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish