3-§. Ongning kelib chiqishi
Ongning kelib chiqishi muammosi bo‘yicha quyidagi falsafiy-nazariy yondashuvlar
tarixan tarkib topdi.
Diniy yondashuv. Diniy nuqtai nazardan ong (jon) Xudo tomonidan yaratilgandir, ya'ni u
ilohiy xilqatdir.
iudaizmda ham, nasroniylikda ham, islomda ham birday e'tirof etilgan Tavrotda jonning
ilohiy xilqatligi qo‘yidagicha tasvirlangan: «Xudoyi taolo odamni yer gardidan yaratdi va
uning yuziga hayot nafasini purkadi va odam tirik jonga aylandi»
307
. O‘z navbatida bu
syujetning ildizlari qadim-qadimgi zamonlarga borib taqaladi. Xudoning nafasi orqali odam
jonining kelib chiqishi haqidagi bunday tasavvurlar ibtidoiy jamiyat va uning parchalanishi
bosqichlarida turgan ko‘pgina xalqlarning mifologiyasida keng yoyilgan. Xususan, ular Yangi
Zelandiyadagi maorilar qabilasida, Avstraliya aborigenlarida, Taiti orollari aholisida, qadimgi
hind mifologiyasida, Shimoliy Amerika hindulari va boshqa xalqlarda mavjud bo‘lganligi
aniqlandi
308
.
Idealistik yondashuv. Idealizm ideal narsaning, ruhiy mohiyatning moddiy voqyelikdan
tashqarida va ungacha mavjud bo‘lganligini e'tirof etadi. Turli idealistik tizimlarda ongning
kelib chiqishi turlicha talqin qilinadi. Bir xil tizimlarda u – xuddi dindagi kabi – ilohiy
xilqatdir. Boshqa tizimlarda – dualizmda, gilozoistik ta'limotlarda – ong abadiy yashaydi,
buning boisi bu ta'limotlarga binoan ruhiy substansiyaning mustaqil yashashi yoki tabiatning
umumiy jonlanishidir. Masalan, Teyyar de Sharden falsafasida hamma narsalar o‘zining
go‘yo «ichki» tomoniga ega. yerning «ichki» tomoni haqida gapirar ekan, Teyyar de Sharden
bunday deb yozadi: «Bu ibora bilan ... men kosmik to‘qimaning avval boshdanoq yosh
yerning kichkinagina o‘lchamlari bilan cheklangan qismining «psixik» tomonini ifodalayman.
Yulduzlar moddasining bu ajralib chiqqan parchasida – universumning hamma yeridagi
singari – narsalarning tashqi tomoni muqarrar ravishda tegishli ichki dunyo bilan birga
bo‘ladi»
309
. Teyyarning fikricha, «aslida har qanday energiya psixik tabiatga ega»
310
.
Uchinchi xil tizimlarda (Xegel falsafasidagi singari) odamning ongi allaqanday azaliy ruhiy
mohiyat (Absolyut Ideya, Olam Ruhi) rivojining muayyan bosqichida paydo bo‘ladi.
Materialistik yondashuv. Materializm doirasida ham ongning kelib chiqishiga turlicha
yondashuvlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Ba'zan vulgar materializm deb ataladigan
fizikalizm va radikal reduksionizm idealni tamomila moddiydan, fizik reallikdan iborat qilib
qo‘yib, ongni materiyaning muayyan turi deb talqin qiladi. Ongni fizikalistik talqin qilish
antik falsafadayoq paydo bo‘lgan. Masalan, Demokrit jon alohida atomlardan iborat, deb
hisoblagan. XIX asrda Byuxner, Fogt, Moleshott va boshqalar fikr miya ajratib chiqaradigan
alohida moddadir, deb hisoblaganlar. XX asrda fizikalizm «ilmiy materializm»da o‘z aksini
topdi, unga ko‘ra «Tabiiyotning, xususan fizikaning metodlari inson mohiyatining mukammal
1
1
Бытие, 2,7.
2
2
Д.Д.Фрэзер. Фольклор в Ветхом Завете. М., 1989. 13-29-б.
3
3
П.Тейяр де Шарден. Феномен человека. М., 1987. 66-б.
4
4
Ѝша жойда. 61-б.
ta'rifini bera oladi»
311
. Moddiylik bilan ideallikni qorishtirib yuboruvchi fizikalizmda
moddiydan mutlaqo farq qiladigan idealning kelib chiqish muammosi amalda olib tashlanadi.
Biologiyalashtirilgan yondashuv inson ongi bilan hayvon psixikasini sifat jihatdan
farqlantirmasdan, ongning kelib chiqishini faqat biologik evolyusiya omili bilan bog‘laydi.
Ongning kelib chiqishi muammosi eng murakkab muammolardan biridir. Uni hal
qilishning qiyinligi ikki omil bilan bog‘liq. Birinchidan, so‘z bizning zamonamizdan ancha
ilgari, bundan yuz ming yillab avval bo‘lib o‘tgan jarayonlar va voqyealar to‘g‘risida
boradi. Ikkinchidan, so‘z ideal hodisa kabi fenomen to‘g‘risida, ya'ni o‘zida moddiylikdan
asar ham bo‘lmagan hodisa to‘g‘risida borayotganligi sababli, tadqiqot ob'ekti – ongning
arxaik shakl va faktlari – bizga bevosita berilgan emas. Ongning kelib chiqishini tarixan qayta
tiklash fanlararo ilmiy muammo bo‘lib, uni faqat kompleks yondashuv asosidagina hal qilish
mumkin.
Inson ongining kelib chiqishini tushunib olish kaliti, bu – uning biologik tuzilishi (eng
avvalo, miyaning g‘oyat murakkab tuzilishi va funksiyasi) hamda shakllanayotgan odamning
tabiatni va o‘zini o‘zgartirib borgan faoliyatidir. Insonning amaliy faoliyati mohiyatini
tushunmay turib ongning kelib chiqishini tushunish mumkin emas. Hayvondagi in'ikos
shakllari bilan odamdagi in'ikos shakllari o‘rtasidagi tub farqning sababi ular faoliyatining
xarakteridadir. Hayvonlarning instinktiv-biologik, adaptatsion-moslashuvchanlik faoliyati
odamning mehnatidan qanchalik farq qilsa hayvonlarning psixik faoliyati ham odamning
ongidan shunchalik farq qiladi.
Hayvonlarning psixikasi ularning biologik faoliyati negizida tug‘iladi va ishlaydi.
Ma'lumki, maxsus tajribalarda antropoidlar (odamsimon maymunlar) turli predmetlardan
foydalanishga, ularni qayta ishlash va tayyorlashga qobil ekanliklarini ko‘rsatdilar.
Antropoidlar o‘zining tabiiy hayotida ham ana shunday qobiliyatga ega ekanligini ko‘rsatadi:
yong‘oqni tosh bilan chaqadi; termit va asal chiqarib olish uchun ingichka navdalardan
foydalanadi; termitlarning uyasidagi teshiklarni kengaytirish uchun tayoqlardan foydalanadi
va hokazo
312
. Biroq «qurolli faoliyat» ko‘rsatish hollari antropoidlarda g‘oyat kam va ahyon-
ahyonda uchraydi, bunday faoliyatning o‘zi esa biron-bir tarzda biologik ehtiyojni qondirish
bilan bog‘liq bo‘lgan instinktiv-biologik, adaptatsion-moslashuvchanlik faoliyatidir. Ko‘p
hollarda «qurolli faoliyat», odatda, eksperimental vaziyatda ko‘rinadi
313
. Bunda hayvon
foydalanadigan predmet faqat shu vaziyatda va ayni shu paytda qurollik ahamiyatiga molik
bo‘ladi. Ulardan tashqari vaziyatlarda hayvon uchun u qurol bo‘lmaydi.
Antropoidlarda reflektiv (beixtiyor) faoliyat va psixika asosida tafakkur kurtaklari paydo
bo‘ladi. Bular maymunlarning murakkab bo‘lmagan vazifalarni hal qila olishida, eng oddiy
xulosalar chiqarish, abstraktlashtirish, turkumlash, analiz va sintez qilish qobiliyati va
hokazolarda
ko‘rinadi.
Hayvonlarning
elementar
(ibtidoiy)
tafakkuri
biologik
mexanizmlarning rivojlanishi natijasi bo‘lib, o‘zgarib turuvchi vaziyatga moslashish
funksiyasini, plastik harakat funksiyasini bajaradi. Hayvonlarning fikr qilishi – qurolli
harakati singari – tasodifiy bo‘lib, eng avvalo, mushkul vaziyatlarda (odatda, yangilik
unsurlarini o‘z ichiga olgan vaziyatlarda) biron-bir hayotiy muhim maqsadga erishish
(ehtiyojni qondirish) uchun paydo bo‘ladi va amalga oshadi. Hayvonlarda analiz, sintez,
abstraktlashtirish va xulosa chiqarish mavhum-ideal shaklda bo‘lmaydi. Ular hamisha
vaziyatga bog‘liq va faqat hayvonning harakatlarida ko‘rinadi. Hayvonlar tafakkuri
harakatdagi tafakkurdir
314
.
5
5
Цитата Дж.Марголиснинг «Личность и сознание» асаридан олинди. М., 1986. 38-б.
312
Жейн ван Лавик-Гудолл. В тени человека. М., 1974. 38-б.
313
Ладыгина-Котс Н.Н. Конструктивная и орудийная деятельность высших обезьян (шимпанзе). М.,
1959. 144-б.
314
Фабри К.Э. Проблемы интеллекта животных. Предисловие к книге: Фишель В. Думают ли животные?
М., 1973. 11-б.
Hayvonlarda analiz va sintezning faol (amaliy) turlari sezish, idrok va tasavvur qilish
asosida amalga oshadi. Hayvonlarning tasavvurlari zaif, o‘zgaruvchan obrazlardir. Ular
o‘rtasida g‘oyat zaif assotsiativ aloqa paydo bo‘lishi mumkin. Bu aloqaning biroz
murakkablashuvi, unga qo‘shimcha oraliq bo‘g‘inlarning kirib qolishi uni osongina buzib
yuborishi mumkin.
Oliy primatlarning keyinchalik inson ongining paydo bo‘lishida hal qiluvchi rol o‘ynagan
muhim kognitiv potensiali – unga xos murakkab kommunikatsiyalar usuli va uning
rivojlanish imkoniyatidir. R. va B. Gardnerlar va R.Futsning shimpanze va orangutanglarni
amslenga (kar-soqovlar tiliga) o‘rgatish bo‘yicha, D.Premak va D.Rumboning shimpanzeni
jeton-simvollardan jumla tuzishga o‘rgatish bo‘yicha, F.Pattersonning gorillani kompyuter
orqali tilga o‘rgatish bo‘yicha o‘tkazgan tajribalari oliy antropoidlarning inson tilini o‘rganish
darajasi turli baholarga ko‘ra 1,5-5 yoshli bolalarning til bilish darajasiga yetishi
mumkinligini ko‘rsatdi. Ehtimol, eksperimental o‘rgatish vaziyatida hozirgi hayvonlarda
amalga oshiriladigan bu imkoniyat ilk gominidlarda evolyusion taraqqiyot sari qo‘yilgan
qadam sifatida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgandir.
Bundan 1,5-5 mln. yil oldin yashagan qazilmalari topilgan tik yuruvchi primatlar –
Do'stlaringiz bilan baham: |