to‘g‘ri inkor etadi, uni sub'ektiv kechinmalar, assotsiatsiyalar, fikrlar va g‘oyalarga to‘liq
bo‘lgan biqiq, o‘ziga mustaqil dunyodir deb biladi, uningcha bu g‘oyalar yo moddiy dunyo
bilan
birga yashaydi,
yoki tashqi dunyoning demiurgi, yaratuvchisidir.
Ob'ektiv idealizm vakillarining fikricha, go‘yo nomukammal, illyuzor moddiylikdan farqli
o‘laroq,
ideal narsa haqiqiy, abadiy, mukammal borliqdir. Ruh, aql, ideal narsa materiyadan
avval bo‘lgan yoki u bilan birga yashaydi. Aflotunning «g‘oyalar dunyosi», Xegelning
«absolyut g‘oya»si ana shunday. «G‘oyalar dunyosi», «absolyut ideya» faoldir; materiya,
tabiat - passiv, turg‘undir. Aristotelning fikricha, faol ruh inert, amorf, turg‘un, o‘z
mavjudligiga loqayd materiyani shakllantiradi, ruhlantiradi, unga tegishli tus beradi, ichki
shakl, demak mohiyat va ma'no ato etadi.
Boshqa bir falsafiy yo‘nalish –
sub'ektiv idealizm tarafdorlari ong muammosini birmuncha
boshqacha hal qiladilar. Ularning fikricha, sub'ektning irodasi, ongi va aqliga bog‘liq
bo‘lmagan holda ob'ektiv reallik mavjuddir degan tezis to‘g‘ri emas, aksincha, odam yashab
turgan dunyo fikrlovchi sub'ektning sezgilari, tasavvurlari, kechinmalari, kayfiyatlari,
ta'surotlari kompleksidir, yig‘indisidir. Sub'ektiv idealizmning eng yirik namoyondalari –
D.Berkli,
I.G.Fixte, D.Yum. Hozirgi vaqtda neopozitivizm, tanqidiy ratsionalizm,
eksistensializmning ayrim tarafdorlari mazkur oqimga yaqinroq pozitsiyada turadilar.
Sub'ektiv idealizmning eng uchiga chiqqan shakli
solipsizm nomini olgan falsafiy oqim
bo‘lib, u faqat odamning, uning sub'ektiv dunyosining, ongining mavjudligiga asoslanadi,
ob'ektiv dunyo, barcha predmetlar, odamlar, individni qurshab turgan hodisalar esa, uningcha,
faqat odamning ongida mavjuddir. XIX-XX asr chegaralarida solipsizmning sub'ektiv-
idealistik g‘oyalari immanent falsafa maktabining Germaniyadagi (E.Max, R.Avenarius),
Rossiyadagi (N.O.Losskiy) va yevropaning boshqa mamlakatlaridagi vakillari tomonidan
rivojlantirildi.
Eng yirik vakili
R.Dekart bo‘lgan
dualizm kabi falsafiy yo‘nalish ong masalasida o‘ziga
xos o‘rin tutadi. Dualistlar borliq asosida ikkita mustaqil, tenghuquqli boshlang‘ich nuqta –
modda va ruh mavjud deb da'vo qiladilar. Ong fenomenini
gilozoizm deb atalgan falsafiy
oqim o‘ziga xos tarzda talqin qiladi. U jonli tabiat bilan jonsiz tabiat o‘rtasidagi chegarani
inkor etadi, butun materiya biron-bir darajada jonlidir, jonlantirilgandir, unga sezgi, psixika,
ruh
ato etilgandir, deb biladi.
Panteizm falsafasining vakillari gilozoizmga yaqin pozitsiyada turadilar. Ular «Xudo»,
«tabiat», «ruh» tushunchalarini maksimal darajada bir-biriga yaqinlashtiradilar. Panteizm
g‘oyalari ilk sufizm oqimiga yaqin turadi. O‘rta asr Sharqining atoqli mutafakkiri
al-G‘azzoliy
shu oqimning yorqin vakili edi. Panteizm g‘oyalarini
Jordano Bruno va
Benedikt Spinoza
yangi zamonning yevropadagi falsafiy an'anasi asosida rivojlantirdilar. Hozirgi, postklassik
falsafaning ko‘pdan-ko‘p oqimlari ongni tahlil qilishga zo‘r e'tibor bermoqdalar. Masalan,
Z.Freyd, K.Yung, E.Fromm nomlari bilan bog‘liq bo‘lgan
psixoanaliz falsafasi ongsizni,
uning sub'ektning ma'naviy borlig‘idagi rolini, shaxsning ongi va xulq-atvoriga ta'sirini
o‘rganishga katta e'tibor beradi.
Neotomizm – hozirgi zamon katolitsizmi falsafasi – butun mavjudotning ilohiy yaratilishi
konsepsiyasiga asoslanadi. Neotomizm insonning yashashdan maqsadi ilohiy kashfiyotni
kuzatishdan iborat deb biladi. Neotomizm kishi ongini individ tanasiga yangi shakl beruvchi
shaxsning asosi deb biladi. Hozirgi zamon «yashash falsafasi» –
ekzistensializm - ongni qiziq
talqin qiladi. Masalan, nemis faylasuf-ekzistensialisti K.Yaspersning nazarida, ongning
muayyan ko‘rinishi, borliqning ma'nosini odamning fikri, aqli bilan izlashni aks ettiruvchi
inson fantaziyasi falsafa markazida yotadi. Fransuz ekzistensialisti
J.P.Sartrning fikricha, ong
psixik holatning «borliq mezoni» dir, shaxsning o‘z mavjudligini anglashidir, «o‘z
borlig‘ining guvohidir».
Do'stlaringiz bilan baham: