Tabiatdagi in'ikos turli moddiy tizimlarning, ob'ektlarning o‘zaro ta'siri bilan uzviy
bog‘liqdir. U borliq tarkibining barcha tuzilmaviy darajalarida moddiy o‘zaro ta'sirlar bilan
belgilanadi.
In'ikos o‘zaro ta'sir etuvchi ob'ektlar tuzilmasida o‘zaro ta'sir natijalarining
takrorlanishidir. In'ikos aks etuvchi bilan, aks ettiruvchining faol o‘zaro ta'sir jarayoni va
natijasidir. In'ikos etishda o‘zaro ta'sir qiluvchi moddiy tizimlar o‘z izini, bir-birlari
to‘g‘risidagi xotirani qoldiradi va keyinchalik faqat «o‘zi o‘zida» emas, balki «boshqada»
ham yashaydi.
Jonsiz tabiatda in'ikos ko‘p tomonlama xarakterga ega: materiya tarkibining har bir
tuzilmaviy darajasiga o‘zaro ta'sirlarning o‘zi uchun xarakterli turlari va tiplari xosdir, demak
unga in'ikos shakllari – mexanik, fizik, ximik shakllar ham xosdir. yerda hayot paydo bo‘lishi
bilan o‘zaro ta'sirning sifat jihatdan o‘ziga xos yangi turi – jonli organizmning atrof muhit
sharoitiga moslashishi – yuzaga keladi. Jonli organizmlarning moslanuvchanlik,
adaptatsion
xossalari asosida in'ikosning o‘zi ham takomillashib boradi. Jonli tabiatdagi in'ikos, bu –
ancha murakkab darajadagi in'ikosdir, chunki u organizm xatti-harakatini, uning tashqi
muhitdagi faolligini tartibga soluvchilik rolini o‘ynaydi. Bu yerda in'ikos passiv emas, balki
faoldir, maqsadga muvofiqdir, organizmning muntazam funksiyasini ta'minlaydi. Biologik
darajadagi in'ikos jonli organizmning maqsadlari bilan belgilanadi hamda tanlash
qobiliyati va
informatsion boyligi bilan farqlanadi.
Informatsiya voqyelikning turli-tuman hodisalarining maqsadga muvofiq tarzda tartibga
solingan in'ikosidir, bunday in'ikos aks ettiruvchi tizimning maqsadlari bilan belgilanadi, bu
in'ikos ayni vaqtda shu maqsadlarga erishish uchun ham zarurdir. Shuning uchun hozirgi
zamon fanida materiya tuzilishining biologik darajasidan boshlab
informatsion in'ikos
mavjudligi to‘g‘risida gapirish rasm bo‘lgan. Informatsion in'ikos jonli organizmning
kibernetik qaytarma aloqa prinsipiga muvofiq adaptatsion, moslashuv harakatini ta'minlaydi.
Bu aloqani
N.Viner tizimning o‘z kelajagini o‘tmishdagi harakati bilan tartibga solishga
imkon beruvchi xossasi deb tavsiflaydi.
Biologik darajadagi in'ikosning birinchi shakli –
ta'sirchanlik – organizm tashqi muhitning
biologik jihatdan foydali yoki zararli omillari bilan bevosita aloqaga kirishganida ularning
ta'siriga javoban eng oddiy ta'sirlanish qobiliyati. Ta'sirchanlik barcha jonlilarga:
o‘simliklarga ham, hayvonlarga ham xosdir. Ta'sirchanlik asosida
sezuvchanlik, ya'ni jonli
organizmning muhitning bevosita biologik ahamiyati bo‘lmagan o‘zgarishlariga javoban
ta'sirlanish qobiliyati shakllanadi. Sezuvchanlik eng oddiy amyobalardan tortib to asab tizimi
yuksak darajada rivojlangan hayvonlargacha keng ko‘lamdagi jonli biologik tizimlar uchun
xosdir. So‘ngra, bosh miya, markaziy asab tizimi va sezgi a'zolari asosida
in'ikosning psixik
shakli vujudga keladi.
Yuqori darajada rivojlangan hayvonlarning markaziy asab tizimi (MAT) maxsus in'ikos
etuvchi apparat bo‘lib, hayvonlarda uzoq davom etgan evolyusiya jarayonida vujudga kelgan
va retseptorlar va miya markazini o‘z ichiga oladi. Miya markazi faoliyati jarayonida tashqi
dunyo haqidagi signallarni, axborotlarni qabul qiladi va qayta ishlaydi, shuningdek ularni
organizmning keyingi faoliyati uchun saqlab qolish –
xotira, vazifasini bajaradi. Psixik
jarayonlarning paydo bo‘lishi hayvonlarning predmetli faoliyati bilan bog‘liq,
bu faoliyat jonli
organizmning tashqi dunyodagi hayotiy muhim, biogen omillari bilan munosabatiga vositalik
qiladi va psixikaning tuzilishi va ob'ektiv mazmunini belgilaydi.
Predmetli faoliyat ikki darajada rivojlanadi: hayvonlarning yashash uchun zarur
vositalarni topishga qaratilgan bevosita harakati va kishilarning qurol vositasida insoniyatning
xilma-xil ehtiyojlarini qondirish maqsadida tabiatni o‘zgartirishga qaratilgan amaliyoti.
Ong – insonning ruhiy faolligining oliy darajasi va reallikni hissiy va fikriy obrazlar
shaklida aks ettirishning oliy shaklidir, bu esa odamning barcha hatti-harakatlariga, amaliyoti
va qilgan ishlariga ma'noli,
muay-
yan maqsadga qaratilgan xarakter beradi.
Ong, tafakkur, psixika – bu materiyaning eng asosida, negizida yotgan aks ettirish
layoqatining muqarrar oqibatdir. Insonning ijtimoiy-tarixiy faoliyati sifatida amaliyotning
paydo bo‘lishi bilan in'ikosning faqat odamzotga xos bo‘lgan oliy, psixik shakli – ong ham
paydo bo‘ladi. U ijtimoiy-tarixiy sub'ektning predmetli qurolli hatti-harakatini tushunchalar
vositasida ideal, tafakkuriy shaklda takrorlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: