Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   290
Bog'liq
falsafa

Abelyar),  Sharqda  ham  (al-G‘azzoliy)  rivoj  topdi.  Masalan,  Al-G‘azzoliy  bunday  degan: 
«Oxirigacha  bilishga  ojizlik  ham  bilishdir;  kishilarga  Uni  bilish  yo‘lini  faqat  Uni  bilishga 
ojizlik orqali yaratib bergan Zotga sharaflar bo‘lsin»
318

Yangi zamon falsafasida skeptitsizm pozitsiyasini Yum izchilik bilan himoya qilib chiqdi. 
Yum  tashqi  dunyoning  realligini  shubha  ostiga  oldi.  Faqat  o‘z  sezgilarimizning  realligiga 
shubhalanish  mumkin  emas,  deydi  shotlandiyalik  bu  mutafakkir.  Sezgi  organlarining  bu 
taassurotlari  yo  ularga  tashqi  dunyo  ta'siri  tufaylik  yoki  inson  aqlining  alohida  energiyasi 
tufayli kelib chiqishi mumkin. Bu yerda tajriba sezgilarimizning haqiqiy manbaini aniqlashga 
ojizdir.  Yum  dunyoni  bilish  mumkinligini  inkor  etibgina  qolmasdan,  balki,  shu  bilan  birga, 
sub'ektning  xissiy  taassurotlari  doirasidan  tashqarida  biron-bir  real  narsaning  mavjudligi  
to‘g‘risidagi masalani ochiq qoldirdi. 
Nemis  klassik  falsafasining  asoschisi  I.Kant  D.Yum  g‘oyalarini  tanqidiy  jihatdan  qayta 
ishlab  chiqdi.  Kantning  transsendental  idealizmi  shundan  iboratki,  u,  bir  tomondan,  bizning 
ongimizdan  mustaqil  ravishda  «o‘zida  narsalar»  («vesh  v  sebe»)  mavjudligiga 
shubhalanmagan,  ikkinchi  tomondan    esa,  u  «o‘zida  narsalarni»  prinsip  jihatidan  bilib 
bo‘lmaydi,  deb  da'vo  qilgan.  Narsalarning  mohiyatini  hyech  nima  bilan  payqab,  ilg‘ab 
bo‘lmaydi.  Bilish  sub'ekti  bo‘lgan  odam  faqat  hodisalar    va  jarayonlar    sirtida  yotgan  bilan 
kifoyalanadi, faqat hodisa, «biz uchun narsa» («vesh dlya nas»)bilan ish ko‘radi. «Biz uchun 
narsa»  bizga  «o‘zida  narsalar»  haqida  hyech  nima  demaydi.  Dunyo    inson  uchun  «o‘zida 
narsalar»ning bilib bo‘lmas siri bo‘lib qoladi, shuning uchun  bu falsafa  agnostitsizm nomini 
oldi (yunoncha a – inkor, gnostos – bilib bo‘ladigan )  
Agnostitsizm  –  bu  shunday  ta'limotki,  unga  ko‘ra  dunyo  haqida  haqiqiy,  ishonchli 
bilimlarga erishib bo‘lmaydi. Agnostitsizm bilishni faqat biluvchi aqlning faoliyati deb biladi. 
Materialistlar Kantni u «o‘zida  narsalarni» e'tirof etgani holda ularni bilib bo‘lmaydi deb 
e'lon  qiladi,  deb  tanqid  qilsalar,  idealistlar  uni  u  sub'ektdan  tashqarida  va  unga  bog‘lik 
bo‘lmagan holda allaqanday sirli «o‘zida narsalarni» e'tirof etadi, deb tanqid qiladilar. Agar 
Kant nazdida «o‘zida narsa»ni mutlaqo bilib bo‘lmasa, hozirgi zamon materialistlari uni hali 
bilib  olinmagan  narsadir,  lekin  bu  uni  mutlaqo  bilib  bo‘lmaydi,  degan  ma'noni  bildirmaydi, 
deb biladilar. 
Agnostitsizm  g‘oyasi  XIX-XX  asr  falsafasida  ham  rivojlandi.  Masalan,  nemis  fizigi  va 
fiziologi  G.Gelmgolsning  (1821-1894)  «simvollar  nazariyasi»  yoki  «ierogliflar  nazariyasi» 
o‘z  mohiyatiga  ko‘ra  agnostik  xarakterda  edi.  Gelmgols  qarashlarining  mazmuniga  ko‘ra, 
sub'ektning  sezgilari    real  predmetning  obrazi  emas,  balki  simvollar,    shartli  belgilar, 
ierogliflardir.  U  xissiy  obrazning  uni  keltirib  chiqargan  timsol,  «original»,  real  narsa  bilan 
aloqasini, o‘xshashligini inkor etgan. 
XIX-XX asrlar chegarasida agnostitsizmning yana bir turi  – konvensionalizm shakllandi. 
Konvensionalizm  (lotincha  konvensio  –  shartnoma,  kelishuv,  bitim)  –  bu  falsafiy  ta'limot 
bo‘lib, unga ko‘ra ilmiy  nazariyalar va tushunchalar tashqi dunyoning, uning tomonlari va 
xossalarining  real  tafsifi  emas,  balki  olimlar  o‘rtasidagi  kelishuv  mahsulidir. 
Konvensionalizmning    eng  yirik  vakili  fransuz  matematigi  va  filosofi  Anri  Puankaredir 
(1854-1912). 
                                                 
1
1
 Антология мировой философии. М, 1969. Ч.II. 748-б. 


Ilmiy-texnikaviy  taraqqiyot  va  informatsion  sivilizatsiya  davrida    hozirgi  zamon 
gnoseologiyasida shuni hisobga olmoq muhimki, bilish sub'ekti bilan ob'ekt orasida ko‘pincha 
vositachi  pribor,  tadqiqot  qurilmasi  turadi.  Bu  o‘ziga  xos  gnoseologik  vaziyatni  vujudga 
keltiradi. Pribor ob'ektni adekvat, aynan aks ettirish jarayoniga muayyan uzluksiz va tasodifiy 
xatolar  kiritishi  sababli,  tadqiqotchi  ularga  zarur  korrelyasiya  qilmog‘i  lozim.  Biroq  bu 
agnostitsizmning  tantanasini  bildirmaydi,  balki  bizning  bilish  usullarimiz,  metodlarimiz, 
vosita  va  shakllarimiz  doimiy  takomillashtirilib  turishga  muhtoj  ekanligini  ko‘rsatadi.  Bizni 
qurshab turgan dunyoni bilish mumkin, bilish esa – sub'ektning haqiqatni anglash va uni o‘z 
amaliy,  yaratuvchilik,  o‘zgartiruvchilik  faoliyatida  qo‘llash  maqsadida  tashqi  dunyoni  ongli 
ravishda aks ettirishidir. 
 
2-bob. BILISh ShAKLLARI 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish