Axborot texnologiyalari, tarmoqlar va telekommunikatsiyalar



Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/222
Sana15.11.2022
Hajmi5,02 Mb.
#866857
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   222
2
 
1
TATU UF magistrant 
2
TATU UF dotsent 
 
Annotatsiya
: Tezisda IoT haqida tushuncha va IoT qurilmalarining tarkibi, ya’ni 
sensor, DAQ, mikrokontrollerlar haqida qisqacha ma’lumotlar, ularning o‘zaro 
aloqalari yoritib o‘tilgan. Bog‘lanish vositalari sifatida Lora, WiFi, LiFi, Zigbee, 
Bluetooth simsiz tarmoqlarining imkoniyatlari, ishlash chastotasi hamda ma’lumot 
uzatish diapozonilari haqida ma’lumotlar taqdim etilgan. 
Kalit so‘zlar
: Internet of things(IoT), identifikatsiya, kommunikatsiya, sensor, 
DAQ, mikrokontrollerlar, Lora, WiFi, LiFi, Zigbee, Bluetooth. 
Kirish 
Hozirgi kunda barcha qurilmalarni internetga ulash va uni boshqarish istagi 
ortib bormoqda. Bu nafaqat ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash uchun 
serverlarga yuborish, balki internet orqali fizik qurilmalarni to‘liq nazorat qilish 
uchun ham kerak. Insonlar o‘zlarining kundalik hayotda foydalanadigan deyarli 
barcha texnik qurilmalarini, masalan, kir yuvish mashinasi, chiroq, televizor, isitish 
pechlari kabilarni o‘z smartfonlari orqali boshqarishni istashadi. Bu qurilmalar 
IoTga asoslangan.[1] 


International scientific conference "INFORMATION TECHNOLOGIES, NETWORKS AND 
TELECOMMUNICATIONS" ITN&T-2022 Urgench, 2022y April 29-30 
406 
IoT (Internet of things) foydalanuvchilar hayotining sifatini yaxshilashda 
katta rol o‘ynaydi, ya’ni ish unumdorligini oshiradi, qurilmalarimizni boshqarishda 
kam vaqt va kam energiya sarflash imkonini beradi. IoT orqali biz oddiy 
qurilmalarimizni aqlli qurilmalarga aylantirishimiz mumkin. Qisqacha qilib 
aytganda IoT ko‘plab obyektlarni bog‘laydigan tarmoqdir. 
IoT qurilmalarining tarkibi 
Internet insoniyatning eng muhim ehtijoylaridan biri bo‘lib, IoTning 
kelajakdagi rivojlanishini ifodalaydi.[2] IoT qurilmalarini funksiyasiga ko‘ra 6ta 
tarkibiy 
qismga 
ajratish 
mumkin.[4] 
Bular: 
identifikatsiya, 
sezish, 
kommunikatsiya, hisoblash, serviz va semantika.
(1-rasm)
[3] 
1-rasm. IoT funksional tarkibiy qismi 
IoTlar tarmoq, sensor, mikrokontrollerlar va DAQ (Data Acquisition) 
tizimlarining orasidagi o‘zaro bog‘lanishdan tashkil topgan.[3] 
Sensor - tashqaridan ma’lumotlarni qabul qiluvchi datchik, ya’ni sezish 
vazifasini bajaradi. 
DAQ (Data Acquisition) - ma’lumotlarni tahlil qilish, hisoblash, saqlash va 
uzatish tizimidir. 
Mikrokontroller – elektron qurilmalarni boshqarishga mo‘ljallangan 
mikrosxema. Odatda mikrokontrollerlar o‘z ichiga protsessor, priferiya uskunalari, 
operativ xotira va doimiy xotiralarni olishi mumkin. Elektron qurilmalar orasidagi 
o‘zaro ta’sir mikrokontrollerga o‘rnatilgan maxsus tizim orqali amalga 
oshiriladi.[5] Masalan, mikrokontrollerga turli miqdorlarni o‘lchash, turli 
signallarni qayta ishlash va turli xil qurilmalarning keng doirasini boshqarish 
topshirilishi mumkin. Mikrokontrollerlarning keng qo‘llaniladigan turi sifatida 
Arduinoni aytishimiz mumkin. Arduinoning ko‘plab turlari mavjud bo‘lib bularga 
misol qilib: Arduino Yun, Arduino Uno, Arduino Duemilanove, Arduino 
Diecimila, Arduino Nano, Arduino Mega, Mega 2560, Mega ADK, Arduino 
Leonardo, Arduino Micro va h.k larni olishimiz mumkin. Arduino turlari bir 
biridan mikrokontrolleri, raqamli va analog chiqishlarning ko‘p yoki kamligi bilan 
farqlanadi. Arduinodan foydalanayotgan kishi unga har xil elektr komponentalar 
va modullarni ulash imkoniyatiga ega bo‘ladi, masalan: led chiroqlar, datchiklar, 
rele modullari, tarmoq (WiFi, LiFi, Lora, Zigbee, Bluetooth, Serial, 
Ethernet) modullari, sensorlar, motorlar, magnit eshik qulflari va elektr energiyasi 
bilan ishlaydigan barcha narsalar shular jumlasidandir. Qisqacha qilib aytganda 
Arduino texnik va dasturiy qismni birlashtirib beruvchi qurilma. 
IoT qurilmalarining o‘zaro aloqa vositalari 
IoT qurilmalarining o‘zaro aloqa vositalaridan Lora, WiFi, LiFi, Zigbee, 
Bluetoothlarning funksianalligi, ma’lumotlarni uzatish tezligi va ishlash diapazoni 
asosida ko‘rib chiqamiz. 


International scientific conference "INFORMATION TECHNOLOGIES, NETWORKS AND 
TELECOMMUNICATIONS" ITN&T-2022 Urgench, 2022y April 29-30 
407 
LoRa tarmog‘i 863-870 / 873 MHz, 915-928 MHz chastotalarda ishlaydi. 
Ushbu texnologiya katta diapazonlarni qamrab oladi, lekin katta quvvat sarfini 
talab qilmaydi, bu ularni mobil yoki IoT qurilmalari uchun ideal qiladi. Bundan 
tashqari, LoRaning avfzalliklaridan biri u qo‘llab-quvvatlanadigan qurilmalar 
geolokatsiya qobiliyatiga ega. 
Wi-Fi radio to‘lqinlari orqali simsiz tarmoq ulanishlari va yuqori tezlikdagi 
internet bilan ta’minlash texnologiyasidir. Wi-Fi 2,4-5GHz chastotalarda ishlashga 
qodir. Bino ichida taxminan 20 metr (66 fut) diapazonga ega va tashqarida kattaroq 
masofaga ega. O‘nlab metrlar oralig‘ida Wi-Fi bilan jihozlangan qurilmalar 
internetga simsiz ulanish imkoniyatiga ega. Raqamli kameralar, planshet 
kompyuterlar, aqlli telefonlar, raqamli audio pleyerlar, video-o‘yin pristavkalari
zamonaviy printerlar, shaxsiy kompyuterlar va smart televizorlar Wi-Fi 
texnologiyasidan foydalanishi mumkin bo‘lgan qurilmalar qatoriga kiradi.[6]
LiFi maxsus yorug‘lik diodlari orqali ixtiyoriy joydan Internet tarmog‘iga 
arzon va ishonchli ulanishni ta’minlovchi texnologiya. Axborotlarni ultraparallel 
nurlar orqali uzatadi. LiFi texnologiyasida uzatkich sifatida oddiy yorug‘lik diod 
lampalari ishlatiladi. Maxsus chiplar orqali yuborilayotgan ma’lumotlar yorug‘lik 
nuriga aylantiriladi. 
Li-Fi texnologiyasi quyidagi afzalliklarga ega: 

WiFi texnologiyasiga nisbatan yuqori tezlikka ega; 

radiochastota spektridan 10 marta kо’p; 

nisbatan xavfsiz, chunki ma’lumotlarni yorug‘lik t о’liq kо’rinarli bо’lmaguncha 
olib bо’lmaydi; 

qо’shni tarmoqdan bо’ladigan aralashuvni oldini olish; 

radio tо’siqlardan erkin о’ta oladi; 

ta’sirchan elektron qurilmalarda tо’siqlarni hosil qilmaydi. Bu esa LiFi 
texnologiyasidan kasalxona, samolyot muhitlarida ham foydalanish imkonini 
beradi.[7] 
ZigBee, IEEE802.15.4 standartiga asoslangan kam quvvatli LAN 
protokoli. ZigBee texnologiyasi - bu yaqin masofa, past murakkablik, kam quvvat 
iste’moli, past tezlik va arzon narxlardagi ikki tomonlama simsiz aloqa 
texnologiyasi. U asosan qisqa masofa, kam quvvat iste’moli va kam uzatish tezligi 
bilan har xil elektron qurilmalar va davriy ma’lumotlarga ega odatiy dasturlar
uzilishlarsiz ma’lumotlar va kam vaqtda ma’lumot uzatish uchun ishlatiladi. 
ZigBee texnologiyasi 2,4 GHz chastota diapazonida ishlaydigan simsiz ulanish 
bo‘lib, uzatish tezligi mos ravishda 250Kbit/s, 20Kbit/s va 40Kbit/s gacha, uzatish 
diapazoni 10-75 m gacha. 
Bluetooth bir-biriga yaqin joylashgan qurilmalar o‘rtasida o‘zaro simsiz 
bog‘lanishni va kam quvvatli aloqani ta’minlovchi texnologiya.[8] U 2,4 
gigagertsli spektrda ishlaydi va ishlash diapazoni 0,5–1 m dan 100 m gacha.[9] 
Texnologiya uchta turli xil ulanish diapazonini taklif qiluvchi qurilmalarning 
beshta sinfiga ega. Va sinflari asosan qurilma elekroenergiyani sarflash bilan farq 
qiladi.[8-9] 
Xulosa 


International scientific conference "INFORMATION TECHNOLOGIES, NETWORKS AND 
TELECOMMUNICATIONS" ITN&T-2022 Urgench, 2022y April 29-30 
408 
Sensor orqali qandaydir ma’lumotlarni qabul qilamiz va DAQ kompleksi 
yordamida qabul qilingan ma’lumotlarni tahlil qilish, hisoblash, solishtirish, 
amallarini bajarishimiz mumkin. 

Download 5,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish