Axborot texnologiyalari, tarmoqlar va telekommunikatsiyalar



Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/222
Sana15.11.2022
Hajmi5,02 Mb.
#866857
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   222
Annotatsiya
: Ushbu tezisda shlyuz tushunchasi va IoT shlyuzi haqida qisqacha 
ma’lumot berildi va IoT shlyuzi maqsadi va vazifalari o‘rganib chiqildi va aqlli uy 
tizimlarida IoT shlyuzining o‘rni haqida ma’lumotlar taqdim etilgan . 
Kalit so‘zlar: Shlyuz, Internet of things(IoT), USB, WiFi, Zigbee, Bluetooth, 
Serial. 
Kirish 


International scientific conference "INFORMATION TECHNOLOGIES, NETWORKS AND 
TELECOMMUNICATIONS" ITN&T-2022 Urgench, 2022y April 29-30 
409 
Insoniyat bor ekanki o‘z ehtiyojlarini o‘zlariga yanada qulay tarzda 
qondirish yo‘llarini kashf etishda davom etishadi. Hozirgi zamonaviy 
texnologiyalarga bo‘lgan talab tabora ortib bormoqda. Jumladan, smart 
texnologiyalar: smart televizor, muzlatkich, kir yuvish mashinalari, aqlli eshiklar 
va shunga o‘xshash internetga ulangan holda boshqarish imkoniyatiga ega jihozlar 
hozirgi bozor talabidir. 
Hozirgi vaqtda Internetga kirishning bir qancha usullari 
mavjud. Texnologiya rivojlanayotgani sayin, Internetga kirish usullari ham 
ko‘paymoqda. Bugungi kunda internet hayotimizning ajralmas qismiga aylandi, u 
har bir foydalanuvchining vaqti va joyidan qat ʼiy nazar, ehtiyojlarini qondiradi, 
shu bilan birga koʻplab ilovalar va xizmatlarni taqdim etadi. Internet - bu bizning 
hayotimizni sezilarli darajada yaxshilagan texnologiya. Yillar davomida 
Internetdan foydalanishga bo‘lgan talab sezilarli darajada oshdi va u u yoki bu 
tarzda foydalanuvchilarning barcha qurilmalarida o‘z aksini topdi. Hozirgi kunda 
har soniyada internetga ulanishni ta’minlovchi aqlli qurilmalar hayotimizning 
ajralmas qismi sifatida qaralmoqda. Shunday qilib, har yili internetga ulangan 
qurilmalar soni tez o‘sib bormoqda. Shunday ekan, texnik jihozlar aloqasini 
ta’minlovchi yagona qurilma yaratish maqsadga muofiqdir. Bugungi kunda 
kundalik hayotda foydalanadigan texnik jihozlarimizning o‘zaro bog‘lanishini 
taminlash uchun IoT (
Internet of things
) istiqbolli yechimlardan biridir.
IoT turli qurilmalar, transport vositalari, binolar va elektronika, dasturiy 
ta’minot, sensorlar va tarmoq ulanishi bilan o‘rnatilgan boshqa narsalar va ularning 
ob’ektlarga ma’lumotlarni to‘plash va almashish imkonini beruvchi fizik 
qurilmalar tarmog‘idir. IoT mavjud tarmoq infratuzilmasi orqali ob’ektlarni 
masofadan turib sezish yoki boshqarish imkonini berish orqali jismoniy dunyoni 
kompyuterga asoslangan tizimlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri integratsiyalash va natijada 
inson aralashuvini kamaytirish bilan birga aniqlik, samaradorlik va iqtisodiy 
foydani oshirish imkoniyatlarini yaratadi.[1]
Endilikda ko‘plab IoT qurilmalari o‘rtasida o‘zaro aloqa o‘rnatish istagi 
tug‘ilmoqda. Amma barcha IoT qurilmalari bir xil tarmoqdan foydalanmasligi, 
ya’ni har bir qurilma o‘z imkoniyat va vazifalaridan kelib chiqqan holda turli aloqa 
tarmoqlari asosida ishlashini inobatga olsak bu ancha muammodir. Shu sababdan 
bir nechta tadqiqotchilar ko‘plab IoT qurilmalari o‘rtasida o‘zaro aloqa o‘rnatuvchi 
IoT shlyuzi yaratish bo‘yicha ish olib borishgan.[2-6]
Qian, Ruicong, Yan va Weijun [3] - ushbu maqolada muallif Zigbee, 
Bluetooth va boshqalar kabi turli xil protokollarni o‘zaro bog‘lovchi shlyuz ustida 
tadqiqot olib borgan, ammo ular turli ilovalar uchun moslashtirilganligi sababli u 
qadar moslashuvchan emas.[1]
Emara, K. A., Abdeen, M., &Hashem [4] – lar ham o‘z maqolalarida 
ZigBee, Bluetooth, GPRS va Ethernet kabi turli protokollar bilan tarmoqlarni 
shaffof tarzda bog‘lovchi IoT shlyuzini yaratishgan. Ammo bu shlyuzlar 
moslashuvchan emas, chunki ularni turli ilovalar uchun moslashtirib bo‘lmaydi. 
Yuqoridagi tadqiqotlar o‘rganilib chiqildi va kamchilik va yutuqlardan kelib chiqib 
barcha ilovalarga moslashuvchan IoT shlyuzi yaratish ustida ish olib borilyabdi.


International scientific conference "INFORMATION TECHNOLOGIES, NETWORKS AND 
TELECOMMUNICATIONS" ITN&T-2022 Urgench, 2022y April 29-30 
410 
IoT shlyuzi turli xil tarmoqlar o‘rtasida trafik uzatishni tashkil etuvchi 
qurilmadir, ya’ni ma’lumotlar turli xil usul bilan qabul qilinib, bir xil usulda 
uzatiladi. Masalan, USB, Bluetooth, Zigbee, Serial tarmoqlari yoki boshqa 
tarmoqlar orqali ma’lumot qabul qilib, qandaydir yagona tarmoq (WiFi yoki kabel 
yoki boshqa tarmoq) orqali uzatiladi. Quyida IoT shlyuzi ishlash strukturasi misol 
tariqasida keltirilgan.(1-rasm)
1-rasm
 
Aloqa tarmoqlari albatta foydalanuvchilar talablariga asoslangan va 
qurilmalar imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda tanlanadi. Bu kabi IoT shlyuzlari 
aqlli uy tizimlari takomillashuviga katta hissasini qo‘shadi.
Xulosa 
IoT shlyuzlari uchun odatiy talablarni ta’minlash va bir nechta aloqa 
protokollaridan foydalanish, ularni foydalanuvchi talablariga moslashtirish uchun 
umumiy talablarga asoslangan va har bir sensor va aloqa protokolidan 
foydalanishga qodir bo‘lishi lozim.

Download 5,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish