International scientific conference "INFORMATION TECHNOLOGIES, NETWORKS AND
TELECOMMUNICATIONS" ITN&T-2022 Urgench, 2022y April 29-30
487
AXBOROT TIZIMLARIDA RAQAMLI KRIMINALISTIKANI O‘RNI VA
AHAMIYATI
Mo‘minov B.B.
1
, Bekmirzayev O.N.
2
1
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU. Professor
2
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU. Doktorant,
bekmirzayevobidjon1989@gmail.com
Annotatsiya
: O‘zbekistonda va jahonda AKT ni jadal rivojlanishi bugungi
kundagi ananaviy jinoyatchilikdan kompyuter jinoyatchiligi rivojlanmoqda.
Hujumlarni
oldini olish, bartaraf etish kabi saha xodimlari tamonidan ishlar olib
borilmoqda, amma bo‘lib o‘tgan hujumlarni aniqlash va chora ko‘rish uchun
hujum izini qidirib, aniqlab kerakli mutaxassislarga taqdim etadigan yondashuv
esqirmoqda. Hujum izini qidirish va aniqlash
borasida kerakli bir qancha
yechimlar bor. Ushbu yechimlarni raqamli kriminalistika shug‘illanadi.
Kalit so‘z
: Axborot tizimi, kompyuter jinoyatchiligi, kriminalistika, hujum,
axborot xavfsizligi, forenzika.
O‘zbekiston Respublikasida yaqin davrgacha kompyuter jinoyatchiligi faqat
xorijiy rivojlangan mamlakatlarga xos hodisa deb hisoblanib kelgan va
jamiyatimiz qisman kompyuterlashgani bois, bunday jinoyatlarni oldini olishga
ehtiyoj yo‘q edi. Korxona, tashkilot va davlat faoliyatining deyarli barcha
sohalariga
daxldor
bo‘lgan
jamiyatning
kompyuterlashuvi
ijtimoiy
munosabatlarning yangi sohasini yuzaga keltirdi. Bu soha, afsuski, ko‘p hollarda
g‘ayriqonuniy qilmishlar ob’ektiga aylanmoqda. Xo‘jalikning turli tarmoqlaridagi
holat, shuningdek mamlakat mudofaa qobiliyatining ob’ektiv aksi bo‘lgan
kompyuter axborot tizimi ushbu tizimga ulkan moliyaviy-moddiy zarar yetkazishi
mumkin bo‘lgan jinoyatchi unsurlarning ruxsatsiz (g‘ayriqonuniy)
kirishidan
huquqiy va texnik xavfsizlikni ta’minlash vositalariga juda muhtoj [1]. Bu kabi
holatlarni inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish
va ma’lumotlar uzatish sohasidagi qonunga xilof harakatlar sodir etganlik uchun
javobgarlik kuchaytirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining
ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishi to‘g‘risida»gi bir
qancha qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Shu jumladan
Prezident tomonidan 15.04.2022 yildagi «Kiberxavfsizlik to‘g‘risida»gi O‘RQ-
764-son Qonun imzolandi. Kiberxavfsizlikni kuchaytirish masalasiga ham e’tibor
qaratildi. Barcha vazirlik va idoralarning axborot tizimlarini shu jihatdan tanqidiy
o‘rganib, zarur choralar ko‘rish vazifasi qo‘yildi [2].
Davlat
organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi
tashkilotlarda axborot xavfsizligini jaxon standartlariga mos holda qo‘llash orqali
tashqi va ichki hujumlardan himoyalanish va axborot xavfsizligi siyosatini to‘g‘ri
joriy qilish orqali tizim xavfsizligini ta’minlash va oldini olishga qaratilgan.
O‘zbekistonda va jahonda AKT ni jadal rivojlanishi bugungi kundagi
ananaviy jinoyatchilikdan kompyuter jinoyatchiligi rivojlanmoqda.
International scientific conference "INFORMATION TECHNOLOGIES, NETWORKS AND
TELECOMMUNICATIONS" ITN&T-2022 Urgench, 2022y April 29-30
488
[3].
Kompyuter jinoyati masshtabi va dinamikasi quyidagilarni yaqqol ko‘rsatadi
1.
Oxirgi o‘n yillikda ularning soni 22,3 marta o‘sgan va yiliga 3,5
barobarga o‘sishda davom etmoqda;
2.
Jinoyatlardan ko‘riladigan moddiy zararlarning yillik hajmi 8,5 mln
dollarni tashkil etadi;
3.
Jinoyatni ma’lum bir ulushi muvaffaqiyatli bo‘lib, faqatgina 49% tergov
qilingan, jinoyat ishlarini umumiy sonining 25,5% ga jazo tayinlangan;
4.
Jarayon to‘xtatilgan jinoiy ishlar sonini o‘rtacha ko‘rsatkichi 43,5%
tashkil etadi va bu jinoyat ishlarni ochish, tergov qilish va ogohlantirish bo‘yicha
faoliyat yuritadigan huquq-tartibot organlari xodimlarini malaka darajasini
pastligini yaqqol ko‘rsatadi.
Bundan tashqari “Positive Technologies” tashkilotining 2021 yil hisobotiga
ko‘ra 2021 yilda hujumlar soni 2020 yilga nisbatan 6,5% o‘sgan. Rossiya ichki
ishlar vazirligi hujumlar sonining sekinlashishi haqida xabar bergan.
Vazirlikni
takidlashicha, bu koronavirus pandemiyasi davrida dunyoning yangi ish
sharoitlariga moslashgani va yirik tashkilot va korxonalarga qilingan hujumlar top-
menejerlarni xavfsizlik bilan bog‘liq masalalarga ko‘proq e’tibor qaratishga
undaganligi bilan bog‘liq. 2020 yilga nisbatan maqsadli hujumlarning ulushi 4%
ga o‘sdi va jami 74% ni tashkil etdi [4].
Kompyuter jinoyatchiligiga qarshi kurashish va raqamli jinoyat izlarini
aniqlash hamda asoslab berish jarayonlarini amalga oshirishda raqamli
kriminalistikani ahamiyati katta.
Shunday qilib, «Raqamli kriminalistika» yoki «Forenzika»
kompyuter
axboroti bilan bog‘liq jinoyatlarni tadqiq qilish va fosh etish haqidagi, kompyuter
axboroti shakliga ega dalillarni tadqiq qilish va olish usullari hamda bu uchun
qo‘llaniladigan texnik vositalar haqidagi amaliy yondoshuv hisoblanadi.
Kompyuter kriminalistikasi axborotlarni qayta tiklash uchun maxsus
usullardan foydalanishni, kompyuter jinoyatlari bilan bog‘liq elektron ma’lumotlar
tahlili va haqiqiylikni tekshirishni talab etadi. Unda me’yoriy huquqiy hujjatlar
bilan kompyuter tadqiqotlari, axborot texnologiyalari
va boshqa texnik masalalar
birlashtiriladi.
N.Fedotovning ilmiy ishlarida raqamli kriminalistikani uch turga ajratish
mumkinligi ko‘rsatilgan (1-rasm) [5].
International scientific conference "INFORMATION TECHNOLOGIES, NETWORKS AND
TELECOMMUNICATIONS" ITN&T-2022 Urgench, 2022y April 29-30
489
Рақамли
криминалистика
Компьютер
криминалистикаси
Мобил
криминалистикаси
Тармоқ
криминалистикаси
Шахсий компьютерлар,
ноутбуклар, серверлар,
маълумотлани сақлаш
тизимлари, маълумот
ташувчилар (Flash,
ODD, HDD)
Мобил қурилмалар,
(смартфонлар,
телефонлар) рақамли
техника (диктофонлар,
плейерлар) оргтехника
(факс ва б.)
Корпоратив тармоқлар,
интернет, симсиз
тармоқ, тармоқ
қурилмалари
(Роутерлар,
файрволлар, прокси
серверлар)
1-rasm. Raqamli kriminalistikani turlari
Axborot tizimlarida kompyuter jinoyatchiligi hujumlarni aniqlash, tahlillash
va tekshirishda raqamli kriminalistikaning birinchi turidan foydalangan holda
asoslab berish mumkin.
Tashkilot va korxonalarda axborot tizimiga bo‘ladigan hujumlarni oldini
olish va bartaraf etish bilan cheklanish, bu axborot
xavfsizligi doirasidagi
mutaxassis fikri bo‘lib qolmoqda. Shu doirada hujumlarni oldini olish, bartaraf
etish kabi saha xodimlari tamonidan ishlar olib borilmoqda, amma bo‘lib o‘tgan
hujumlarni aniqlash va chora ko‘rish uchun hujum izini qidirib,
aniqlab kerakli
mutaxassislarga taqdim etadigan yondashuv esqirmoqda. Hujum izini qidirish va
aniqlash borasida kerakli bir qancha yechimlar bor. Ushbu yechimlarni raqamli
kriminalistika yo‘nalishi asosida aniqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: