Axborot kutubxona katalogi va fondi


  Axborot-kutubxona  fondini  tashkil  qilish  texnologiyasi



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/194
Sana15.01.2022
Hajmi5,22 Mb.
#367171
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   194
Bog'liq
fayl 1380 20210624 (1)

7.3.  Axborot-kutubxona  fondini  tashkil  qilish  texnologiyasi
Наг xil turdagi  kutubxonalar fondini  to‘ldirishda  umumiy xu- 
susiyatlar  mavjud.  To‘ldirishning  prinsiplari,  ilmiy  asoslangan 
shart-sharoitlari,  turi  va  usullari  hamma  kutubxonalar  uchun 
umumiy  sanaladi.  Lekin  har  bir  turdagi  kutubxona  fondini 
to‘ldirishda  o‘ziga  xos  xususiyatlarga  amal  qilinadi.  Kutubxona 
fondini  to ‘ldirish  va  uni  tashkil  qilish  nazariyasi  va  amaliyotida 
kitobxonlar  tarkibini  belgilaydigan  kutubxona  tipologiyasi(turi) 
dan  kelib  chiqiladi.  Kutubxonaning  turi  fondning  miqdori  va 
tarkibini,  ular  oladigan  nashr  turi  va  tipini  belgilab  beradi.  Ma- 
salan: universal kutubxonalarda ilmiy-ommabop, badiiy adabiyot, 
darsliklar,  texnika adabiyotlari bo‘lsa,  ilmiy kutubxonalar fondida 
monografiyalar,  maxsus  nashrlar,  xorijiy  tildagi  kitoblar  mav­
jud  bo‘ladi.  Har  xil  tip  va  turdagi  kutubxonalar  o‘z  fondi  uchun 
kitoblar tanlashda ham farq  qiladi.  Tanlab  to‘ldirish  fonddan  foy- 
dalanish  darajasini  oshiradi.  Masalan,  respublika  kutubxonalari 
yerli  xalq  tilidagi  kitoblarni,  viloyat  kutubxonalari  o‘lkashunoslik 
adabiyotlarini,  tibbiyot  kutubxonalari  tibbiyotga  doir  kitoblarni 
to'liq olishga harakat qiladi. Adabiyotlarni tanlashda har bir tip va 
turdagi  kutubxonalar turli  tashkiliy-uslubiy usullarni  qo‘llaydilar. 
Adabiyotlarni takroriy tanlashda ham o‘ziga xos xususiyatlar mav­
jud.  Ilmiy  kutubxonalar  takroriy  tanlashni  amalga  oshira  borib 
kitoblarni uzoqroq saqlashni hisobga olsa, universal kutubxonalar 
takroriy saralash orqali fondini tezroq yangilashga harakat  qiladi. 
Ilmiy kutubxona  o‘qilmaydigan  kitoblarni  depozitar kutubxonaga 
topshirsa,  universal  kutubxona  uni  tezroq  hisobdan  chiqarishga 
harakat qiladi.  Fondni  toidirish  manbalari jihatidan  ham  ancha 
farq  seziladi.  Yirik  ilmiy  kutubxonalar  uchun  majburiy  nusxa
134


(pullik  yoki  bepul)  asosiy  manba  bo‘lib  hisoblansa,  boshqa  ku- 
tubxonalar kollektor yoki  kitob  do‘konidan oladilar.
Yuqoridagilardan  m a’lumki,  badiiy  kitoblar  fondning  yarmi- 
dan  ko‘pini  tashkil  qiladi,  ularni  ham  tanlab,  saralab  kitobxon 
qiziqishiga  mos  keladiganini  olish  m a’qul.  Kasaba  kengashining 
kutubxonalari,  bolalar  kutubxonalarini  to‘ldirishda  shu  kutub- 
xonalarning o'ziga xos xususiyatlarini  hisobga olish lozim.  Kasa­
ba  kengashi  kutubxonasi,  odatda  biron-bir  korxona,  tashkilotga, 
alohida  soha  kishilariga  xizmat  qiladi.  Ushbu  kutubxonada  ham 
nashrlarni  ko‘p  qismi  badiiy  adabiyot  bo‘lib  qolishi  bilan  birga, 
ushbu  korxonaning  profiliga oid  kitoblar bo‘lishi  mumkin.  Kitob 
olishda  ular  boshqa  kutubxonalar  bilan  muvofiqlashib,  kelishib 
olishlari  lozim.
Ilmiy  kutubxonalar  o‘z  fondini  butlashning  xilma-xil 
yo‘llaridan  foydalanadi.  Yirik  ilmiy kutubxonalar majburiy  nusxa 
olish bilan birga qo‘shimcha ravishda o‘zi  ham  kitob xarid qiladi. 
Sohasiga qarab xorijiy kitoblarni oladi. Ayniqsa vaqtli,  davom eta- 
digan  va ko‘p  tomli  nashrlarni  to‘liq to‘plashi lozim.
Universal ilmiy kutubxonalar o‘zlarining murakkab tuzilishiga 
qarab kitob, jurnal,  gazeta,  xilma-xil atlaslar,  kartalar,  chizmalar 
va  hokazolarni  oladi.  Strukturali  bo‘lim lar  kitob  taqsimlashning 
aniq  rejasiga  rioya  qiladi.  Bu  kutubxonalar  faqatgina  yangi  ada- 
biyotlar  olmasdan  kitobxon  talabiga  ko‘ra  ilgari  nashr  qilingan 
kitoblarga  ham  ko‘proq ahamiyat beradi.
Maxsus  ilmiy  kutubxonalar  tipiga  ko‘p  sohali  akademiyalar, 
oliy o‘quv yurtlari,  ilmiy-texnika kutubxonalari kiradi.  Ular fan- 
texnika,  qishloq  xo‘jaligi  va  boshqa  sohalar  bo‘yicha  ilmiy  ax- 
borot  berish  markazlari  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Ko‘p  sohali  ilmiy 
kutubxonalar  fondini  butlashning  xususiyatlaridan  biri—  har  bir 
mavzu  bo'yicha  kerakli  kitoblarni  olishdir.  Chunki  mazkur  ku­
tubxonalar  mana  shu  sohadagi  kitobxonlarga  axborot  markazi 
sifatida  xizmat  qiladi.  Masalan:  Respublika  ilmiy-texnika  ku­
tubxonasi  yoki  Kibernetika  instituti  kutubxonasi  va  hokazo. 
Bunday  kutubxonalar  nafaqat  axborot  beradi,  balki  faktografik 
ma’lumotlar  ham  berishga  qodir.  Natijada  bu  kutubxonalar  mu- 
taxassislar  uchun  katta  axborot  tizimiga  ega  bo‘lgan  oz  tirajli
135


buyurtmali va bepul  nashrlarga  ham alohida ahamiyat beradilar. 
Shunga  muvofiq  kitob  va  jurnal  fondidan  tashqari  ko‘p  sohali 
kutubxonalar  maxsus  sanoat  kataloglarini,  xorijiy  ilmiy  va  il- 
miy-texnika  adabiyotlar  tarjimalarining,  idoraviy  adabiyotlar- 
ning,  algoritmlar  ham da  dasturiy  mahsulotlarning,  ba’zan  e’lon 
qilinmaydigan materiallarning kam nusxali fondlarini ham  tash­
kil  etadilar.  Oz  nusxali  majburiy  nusxalar  (pullik va  bepul)  ko‘p 
sohali  kutubxonalarni  butlashning  asosi  bo‘lib  xizmat  qiladi. 
Ko‘p  sohali  kutubxonalar  xorijiy  adabiyotlardan  birinchi  nav- 
batda  chet  eldagi  fan  yutuqlari  to‘g‘risida  yakuniy  materiallarni 
olishga  harakat  qiladilar.  Bunda,  albatta,  monografiyalar,  ilmiy 
tadqiqot  muassasalari,  konferensiya,  simpozium  materiallarini 
sotib  olishga qiziqadilar.
0 ‘zbekiston  Fanlar  akademiyasi  tizimidagi  kutubxonalarni 
butlash  xususiyatlari  shu  bilan  belgilanadiki,  bu  tarmoq  bir  ne- 
cha  o‘n  yilliklar  davomida  markazlashgan  sharoitda  ishlamoqda. 
Akademiya  muassasalari  barcha  fan  va  bilim  sohalarini  qamrab 
oladi  va  bu  unga  kiradigan  kutubxonalardan  olinadigan  kitoblar 
mavzusini puxta chegaralab  olishni talab  qiladi.  Fanlar akademi­
yasi institutlari har bir kutubxonasining o‘z butlash sohasi bo'lib, u 
olimlarning  faol  ishtirokida  ishlab  chiqiladi.  Butlashning  bunday 
takomiliga  boshqa  kutubxonalar  erishgan  emas.  Fanlar  akademi- 
yasining  asosiy  kutubxonasi  fondida  umumiy  xarakterdagi  ilmiy 
adabiyotlar,  ayniqsa  asl  manbalar,  ilmiy  konferensiya,  kengashlar 
materiallari,  m a’lumot va noyob nashrlar,  qo‘lyozmalar jamlanadi. 
Alohida institutlarning kutubxonalari esa markaziy kutubxonadan 
farq  qilib,  o‘z  sohasiga  oid  va  ma’lumot  xarakteridagi  adabiyot- 
larni  oladi.Akademiya  kutubxonalari  tizimi  xorijiy  nashrlar bilan 
butlashda  qator o‘ziga  xoslikka  ega.  Bu  ancha  murakkab jarayon, 
chunki  juda  katta  miqdordagi  jahon  bosma  adabiyotlari  bilan 
ish  olib  borishga  to‘g‘ri  keladi.  Ayniqsa,  vaqtli  bosma  nashrlarni 
sotib  olish  butlashda  katta  qiyinchiliklar  tug'diradi.  Xorijda  har 
yili  hamma  sohalarga  oid  150—200  yangi  nomda jurnallar  paydo 
bo‘ladi,  ularning  ichidan keragini tanlab  olish  ancha  mushkul.
Oliy  o‘quv  yurti  kutubxonalarining  fondlarini  butlashda  maz­
kur kutubxonalarning  o‘ziga xos vazifalari o‘quv-tarbiya jarayoni,
136


talaba  va  o‘qituvchilarni  zarur  kitoblar  bilan  ta’minlash  zarurati 
bilan belgilanadi.  Bundan tashqari mazkur kutubxonalar talabani 
komil  inson  va  yaxshi  mutaxassis  bo‘lib  yetishishi  uchun  ham 
qayg‘uradi.  M azkur  kutubxona  fondida  shu  o‘quv  yurtining  so- 
hasi  bo‘yicha  o‘quv  adabiyotlari,  ko‘rgazmali  manbalar  ham 
to‘planadi.  Bundan  tashqari  mazkur  kutubxona  maxsus,  ilmiy, 
texnika,  badiiy  hamda  m a’lumot  nashrlarini  ham  oladi.  Keyingi 
yillarda  bu  kutubxona  fondlari  sezilarli  ravishda  o‘zgarmoqda, 
ya’ni  mazkur  sohaga  oid  ilmiy  nashrlar  bilan  birgalikda  axborot 
vositalari  ham   olinmoqda.  Ayniqsa,  o‘quv  adabiyotlariga  katta 
ahamiyat  berilmoqda.  Odatda,  har  bir  talabaga  o‘quv  predmeti 
bo‘yicha bittadan (1:1)  kitob,  qo‘shimcha adabiyotlar (1:2) bo‘lishi 
lozim.  Mazkur  kutubxona  o‘z  fondini  butlashda  kafedralar, 
o‘qituvchilar,  talabalar bilan  hamkorlikda  ish  olib  borishi  lozim. 
Bundan  tashqari  o‘quv  jarayonining  o‘zgarishi,  yangi  predmet- 
larning  joriy  qilinishi,  darsliklarning  yetishmasligi  yoki  yaratil- 
maganligi kabi  muammolarni  hal  qilishga tayyor turishi lozim.
Ilmiy-texnika axborot-kutubxona muassasalari fondlari asosan 
xodimlar  malakasini  oshirish  hamda  mehnatning  ilg‘or  usulla- 
rini  o‘zlashtirishda  ishlab  chiqarishga  yordam  berish,  texnika- 
ning  umumiy  masalalari  bo‘yicha  adabiyotlarni  targ‘ib  qilishga 
moslashgan.  Bu  kutubxonalar,  odatda  ilmiy-texnika  axboroti 
tizimining  tarkibiy qismi  sifatida  shakllangan  adabiyot  tanlashda 
o‘ziga xos turlar:  standartlar, sanoat kataloglari,  ixtirolar tavsifi va 
hokazolarga ahamiyat beradi.  Odatda texnika adabiyotlari  tez es- 
kirib  yangilanib  turadi,  natijada  mazkur kutubxona fondlari  ham 
shunga  monand bo‘ladi.
Hozirgi  davrda  texnika  axborot-kutubxona  muassasalarining 
tor ixtisoslashgan  fondlari  tematikani  kengaytirish tendensiyasiga 
ega  va  bu  qonuniydir,  chunki  ayrim  masalalarni  ishlab  chiqish 
fan va  texnikaning yondosh tarmoqlariga doir axborotlardan  foy- 
dalanishni talab  qilmoqda.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish