Axborot kutubxona katalogi va fondi


  Axborot-kutubxona  fondini  shakllantirish



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/194
Sana15.01.2022
Hajmi5,22 Mb.
#367171
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   194
Bog'liq
fayl 1380 20210624 (1)

7.2.  Axborot-kutubxona  fondini  shakllantirish
Kutubxona  fondini  shakillantirish  mazmuni  va  maqsadi. 
Ku­
tubxona  fondini  shakllantirishdan  maqsad  uni  kutubxonaning 
vazifalariga moslashtirish,  kutubxonalarning talab va ehtiyojlarini 
to‘liq  qondirishdan  iborat.  Chunki  har  xil  davrda  kutubxonalar 
oldiga  alohida  vazifalar  qo‘yiladi.  Masalan,  1920—1930-yillarda 
targ‘ibot va  tashviqot,  savodsizlikni  tugatish,  40-yillarda  urushga 
qarshi  kurash  va  hokazo.  Kutubxona  oldiga  qo‘yilgan  vazifa  bi­
lan  kitobxon  talabi  o‘rtasida  qarama-qarshilik  boMmasligi  lozim. 
Kutubxona  turli  tabaqa kitobxonlari  qiziqishi  va  talabi,  ehtiyojini 
hisobga  olgan  holda o‘z  fondini  shakllantiradi.
Kitobxonning  qiziqishi,  talabi  ijtimoy-demografik  (yoshi, 
jinsi,  m a’lumoti  kabi)  va  shaxsiy  o‘ziga  xos  xususiyatidan  kelib 
chiqadi.  Shuning  uchun  kitobxonning  qiziqishi  uning  kitobga 
bo‘lgan  talabida  aks  etadi.  Kutubxonaning  fondi  mazkur  kitob­
xonlar  qiziqishi  va  talablariga  iloji boricha javob  bermog‘i  kerak. 
Fondni butlashda kitobxon talabiga befarq qarash — bu kutubxona 
ta’sir  doirasining  pasayishiga  va,  aksincha,  faqat  kitobxonlar  ta ­
labi  asosida  butlash  fondning  sifati  va  mazmuniga  salbiy  ta’sir 
etishi,  madaniy rivojlanishiga to‘siq bo‘lishi mumkin.
Kutubxona  fondini  kutubxona  vazifasiga,  kitobxonlarning 
talabiga  moslab  shakllantirish  faqatgina  hozirni  (qisqa  davrni) 
mo‘ljalga  olmay,  talablarni  o‘rganish  bilan  birga,  xilma-xil  usul- 
lar bilan ularni o‘stirishga,  takomillashuviga harakat qilinadi.  Ta­
lab va butlash  qonunining buzilishi  kutubxonachining  ma’lumoti 
pastligidan,  fond bilan ishlay olmasligidan darak beradi.  Kitobxon 
qiziqishining umumiy,  xususiy va  alohidalikka bo'linishi konsep- 
siyasi  kutubxona  fondini  shakllantirishning  nazariy  asoslaridan
130


biri  bo'lib  hisoblanadi.  Bunday  xilma-xillik  o‘rtasida  chegara 
vaqtinchalik xarakterga  ega1
Shunga  qaramasdan  har bir  kutubxona  o‘z  fondini  shakllanti- 
rayotganda  umumiy va xususiylikka  etibor beriladi.
Boshqacha  aytganda,  universal  kutubxona  ko‘pchilik  talabi- 
ni  hisobga  oladi,  alohida  talabni  boshqa  kutubxonalar  hisobiga 
bajarishga  harakat  qiladi.  Umumiylik,  xususiylik,  alohidalik  tu- 
shunchasi  qiziqish borasida  nisbiydir,  bir kutubxona  uchun  umu­
miy  va  xususiy  bo‘lgan  narsa  boshqa  kutubxona  uchun  alohida 
bo'lishi  mumkin va,  aksincha.
Shunday qilib,  fondni shakllantirishni moslashtirish qonuni ku- 
tubxonachidan malakali bo'lish va kutubxonaga xizmat ko‘rsatadigan 
vazifalarni,  muammolarni,  kitobxonlar tabaqalari talab  va ehtiyoj- 
larini,  qobiliyat  va  imkoniyatlarini,  kitobni  bilishini  talab  qiladi. 
Fondni shakllantirishda faqat intuitsiya bilan emas, balki matema- 
tik  hisob-kitob  birgalikda  olib  borilishi  lozim.  Kutubxona  fondini 
shakllantirish  uchun  kitobxonlarning  axborotga  bo‘lgan  ehtiyojini 
o‘rganish  lozim,  biroq  bu  soha  bizda  hali  rivojlanmagan.  Shuning 
uchun  kutubxonachilar  kitobxonning  axborotga  bo‘lgan  ehtiyojini 
qiziqish va talabga tenglashtiradi.  Bu  esa  noto‘g‘ri.
Kutubxona  fondini  shakllantirishda  bir-biriga  qarama-qarshi 
bo‘]gan  ta ’sir etuvchi  kuchlar bo‘lib,  ular quyidagilardan iborat:
a)  Kutubxona  fondi va tashqi  muhit.
b)  Kutubxona  fondi  va kutubxonaning  boshqa tuzilmalari.
d)  Kutubxona  fondi va uning  ichki  qarama-qarshiligi.
Ularning  ichidagi  eng  xavflisi  kutubxona  fondi  va  tashqi
m uhitning  tez-tez  o‘zgarib  turishi  kutubxona  oldiga  yangi-yangi 
vazifalarni  qo‘yadi.  Kutubxona  fondi  mamlakatda  chiqayotgan 
barcha  hujjatlarni  ololmaydi,  chunki  bu  mablag4  bilan  bog‘liq. 
Bundan  tashqari  kutubxonaning  tarm og‘i,  binosining  imkoni- 
yati,  saqlash  kabi  faktlar  to'siqlik  qiladi.  Kutubxona jismoniy  va 
ma’naviy eskirgan kitoblarni passiv fondga o‘tkazish yoki chiqarib 
tashlash  haqida  ham  o‘ylashi  kerak  bo‘ladi.  Yuqoridagi  qarama-

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish