1 0 ‘zbekiston Respublikasining Qonuni. Axborot-kutubxona faoliyati
to‘g ‘risida / - Xalq so‘zi. - 2011. 14-aprel.
2 Abdulwahab O. Fundamentals o f Library and information science, chapter
nine, categories of library collections. — Issa Ilorin publisher, 2009. — p.64.
124
Tanlab to‘ldirish fonddan foydalanish darajasini oshiradi.
Masalan, respublika kutubxonalari yerli xalq tilidagi kitoblar
ni, viloyat kutubxonalari o‘lkashunoslik adabiyotlarini, tibbiyot
kutubxonalari tibbiyotga doir kitoblarni to‘liq olishga harakat
qiladi. Adabiyotlarni tanlashda har bir tip va turdagi kutubxona
lar turli tashkiliy-uslubiy usullarni qo‘llaydilar. Yirik kutubxona
lar, AKM, oliy oquv yurtlari ARM larida bu ish bilan alohida
bo‘lim va bo‘lim chalar stiug‘ullansa, kichikroq ARM da bu ishni
bir odam, ya’ni mudir bajaradi. Adabiyotlarni takroriy tanlashda
ham o£ziga xos xususiyatlar mavjud. Ilmiy kutubxonalar takroriy
tanlashni amalga oshira borib kitoblarni uzoqroq saqlashni hi-
sobga olsa, AK M lar takroriy saralash orqali fondini tezroq yan-
gilashga harakat qiladi. Ilmiy kutubxona o'qilmaydigan kitoblarni
depozitar kutubxonaga topshirsa, A K M va A RM lar uni tezroq
hisobdan chiqarishga harakat qiladi. Fondni to‘ldirish manbalari
jihatidan ham ancha farq seziladi. Yirik ilmiy kutubxonalar
uchun majburiy nusxa (pullik yoki bepul) asosiy manba bo‘lib
hisoblansa, boshqa kutubxonalar kollektor yoki kitob do‘konidan
oladilar.
Respublikamizda eng ko‘p tarqalgan kutubxonalar bu Univer
sal axborot-kutubxona muassasalaridir. Kitobning o‘rtacha aylani-
shi umuman 1,5 marta, qishloqda esa 1,7 ni tashkil etadi. Ushbu
kutubxonalarga asosan yosh boladan tortib keksalargacha a’zo
bo‘lib, aholining barcha qatlamlarini o‘z ichiga oladi. Bu kutub-
xonalarning maqsadi va vazifasi ushbu toifa kitobxonlarining xil-
ma-xil talablariga javob berishdir. Shuning uchun ham uning fon-
dida xilma-xil sohalarga oid kitoblar bo‘lishi lozim. 0 ‘zbekiston
Universal axborot kutubxona muassasalari aholini kitobga bo‘lgan
xilma-xil talablarini bajarishdan tashqari asosiy axborot markazi
vazifasini ham bajaradi. Demak, ushbu omillarni hisobga olgan
holda ishbilarmonlarni, xilma-xil sohalarda faoliyat ko'rsatayotgan
kishilarni, matbuotga bo‘lgan talab va qiziqishni qondirishni ham
o‘ylab kitoblar tanlash lozim. Bundan tashqari ilm va fanning turli
sohalari, ishlab
chiqarishning
ilg‘or texnologiyasiga oid kitoblar
ham fondda bo‘lishi lozim, chunki ilm va fanni rivojlantirmay
biron-bir natijaga erishish mumkin emas. Shuning uchun ilg‘or
125
tajribalar, texnologiyalar yoritilgan xorijiy mamlakatlarning tar-
jim a kitoblariga e’tibor berish lozim. Xalqimizning milliy, ruhiy
an‘analarini yorituvchi, ularga o‘zligini tanituvchi tarixiy, badiiy
asarlar fondda bo'lishi tabiiy.
Do'stlaringiz bilan baham: |