Axborot kutubxona katalogi va fondi


  Axborot-kutubxona  fondini  modellashtirish



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/194
Sana15.01.2022
Hajmi5,22 Mb.
#367171
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   194
Bog'liq
fayl 1380 20210624 (1)

7.4.  Axborot-kutubxona  fondini  modellashtirish
Mustaqillikka  erishgandan  so‘ng  barcha  sohalarda  bolgani 
kabi  kutubxonachilikda,  jum ladan,  kutubxona  fondini  tashkil
137


etish sohasida ham  katta o‘zgarishlar yuz bera boshladi.  Axborot- 
kutubxona  fondini  modellashtirish  yuqoridagi  va  boshqa  bir  ne- 
cha  masalalarni  aniqlashda,  yoritib  berishda  kutubxonachiga 
katta  yordam beradi.  Modellashtirishning  ahamiyati  shundaki,  u 
fondning izchil va samarali  ishlashini  ta’minlaydi.
Kutubxona  fondini  yaxshi  tashkil qilishning  ilmiy asoslaridan 
biri  uni  modellashtirishdir.  Model  o‘zining  oddiyligi  va  aniqligi 
bilan  olingan  obyektni o‘rganishni yengillashtirib beradi.
Kutubxonachi  modelni  ishlab  chiqar  ekan,  o‘ziga  xos 
o‘zgarishlar  kiritilishiga  moslangan  konstruksiya  yasaydi  va  hali 
bunyodga  kelmagan  tizimni  o‘rgana  boshlaydi.  0 ‘zi  yasamoqchi 
bo‘Igan  modelning  xarakteristikasini  tuzadi,  sharoitni  aniqlaydi, 
xizmat qilish jarayonlarini  ishlab chiqadi.  So‘ngra o‘z kutubxona- 
siga  mos keladigan samarador modelni vujudga  keltiradi.
Kutubxonada  mavjud  bo'lgan  fondga  real  modelni,  hali  mav­
jud  bo‘lmagan  kutubxonaga  esa  ideal  modelni  ishlash  mumkin. 
Bundan  tashqari  modellarni  xilma-xil  oraliq  fondni  xususiyati, 
xarakteri  o‘rganilib,  undan  qanday  natija  chiqishi  aniqlanadi. 
Ushbu  natija  yaxshi  chiqishi  uchun  shu  xususiyat  yoki  xarakter 
o‘zgartiriladi.
Shuning uchun ideal modelni tuzishdan oldin kutubxona fondi 
immitatsiyali  modellashtiriladi,  so‘ngra  kelgusida  ishlatiladigan 
haqiqiy model  yasaladi.
Model  va  modellashtiriladigan  obyekt  o‘rtasida  ichki 
bog‘lanish  bo‘lmasa  ham  modelni  asosiy belgilaridan  biri  origi- 
nalga  o‘xshashligidir.  0 ‘xshashlikni  100%  ga  yetkazish  ancha 
mushkul.  Model  kutubxona  fondining  ham m a  tom onlarini  hi­
sobga  olgan  bo‘lishi  m um kin,  lekin  uni  amalga  oshirish  an­
cha qiyin bo'ladi.  Model  oddiy va  ko‘rgazmali bo'lishi  m um kin, 
lekin  u  fondning  ham m a  tom onlarini  hisobga  olmasligi  ham 
mumkin.
Shuning  uchun  birinchi  navbatda  model  tuzayotganda 
uning  imkoniyat  darajasini  aniqlash  lozim.  Modellashtirishda 
ma’lumotlar  yozma  tavsif sifatida,  grafik  (grafik  model),  formu- 
lalar  sifatida berilishi  mumkin.  Kutubxonachi  o‘z  oldiga  qo‘ygan 
vazifasiga  qarab  modellarning xohlagan xilini tanlab  oladi.
138


Agar  biror  bo‘lim  yoki  umuman  kutubxona  fondi  qanday  op­
timal bo'lishi,  qaysi  holatda,  qancha  nusxa kitob  olishi  mumkin- 
ligi,  qancha  kitobni  hisobga  olish  va  qancha  chiqarib  tashlash 
kerakligini  bilmoqchi  bo‘lsak,  unda  matematik  modeldan  foy- 
dalangan  ma’qul.
Natijada,  shu  birgina  fond  bir  necha  modellarda  kompleks 
ifoda etiladi.  Model  kutubxona fondining mohiyatini,  mazmuni- 
ni  qanchalik  chuqur  ifodalasa,  u  shuncha  ko'proq  yashaydi,  le­
kin  vaqti-vaqti  bilan  ularni  isloh  qilib,  yangilab  borishga  to‘g‘ri 
keladi.
Kutubxona  fondi  modelini  tuzish  bir  necha  bosqichdan  ibo­
rat.  Boshlang‘ich  davrda  fondning  miqdori  va  tarkibi,  undan 
foydalanish,  talabga javob  berish  kabi  ma’lumotlar  yig‘ilib  tahlil 
qilinadi.  Bunda  fond  pasporti  ishlatiladi.  Ikkinchi  bosqichda 
olingan  ma’lumotlarga  tayanib  fondning  rivojlanish  tendensiya- 
si  aniqlanadi.  Bu  holat  ma’lum  vaqt  ichida  qancha  kitob  olish 
mumkinligini  belgilab  beradi.  Fondning  umumiy  va  xususiy 
parametrlari,  ya’ni  umumiy  fond,  bo‘limlaridagi  kitoblar,  kitob 
bilan  ta’minlash,  aylanishi  va  hokazo  m a’lumotlar  matematik 
modelda aks etadi.  Uchinchi bosqichda fondning struktura mode- 
li  tuziladi,  ya’ni  tematik-tipologik  butlash  rejasi  vujudga  keladi. 
Tuzilgan  modelning  loyihasi  kutubxona  kengashi  va  rahbari  to- 
monidan tasdiqlanib, to'rtinchi bosqichda u haqiqiy hujjatga ayla- 
nadi.  Beshinchi  bosqichda  alohida  modellar  asosida  bir  sohaga 
oid  fond yoki  regional  fondning yagona yig‘ma modelini vujudga 
keltirish mumkin,  ya’ni kutubxonalar fondini butlashning yagona 
muassasalararo rejasini tuzish mumkin.  Masalan: Xorazm, Jizzax 
viloyati va  hokazo.  Kerak bo‘lsa  kelgusida  fonddan  foydalanishga 
qarab  bu  modellarga joriy  o'zgartirishlar kiritish  mumkin.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish