Axborot kutubxona katalogi va fondi


Kutubxonachining ta ’siri



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/194
Sana15.01.2022
Hajmi5,22 Mb.
#367171
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   194
Bog'liq
fayl 1380 20210624 (1)

Kutubxonachining ta ’siri.
  Kitobxon va hujjat o ‘rtasidagi asosiy 
vositachi  kutubxonachi  bo‘lib  hisoblanadi.  Kutubxonachi  kitob­
xonning yoshiga,  sohasiga,  qiziqishiga qarab hujjatlarni  to‘playdi, 
tartibga  soladi,  targ‘ibot  qiladi.  Kitobxonga  axborot  beradi,  om- 
maviy tadbirlar o‘tkazadi,  o‘qish madaniyatini tarbiyalaydi va ho- 
kazo.
v. 
Kutubxona  moddiy-texnika  bazasi  (MTB)  ta ’siri.
  Kutubxona 
fondiga kutubxonaning binosi,  xonalar joylashuvi,  undagi texnika 
vositalari  katta  ta’sir  ko‘rsatadi.  Kitoblarni  olish,  joylashtirish, 
saqlash,  kitobxonga  yetkazish,  ularga  ishlov  berish  va  boshqa- 
lar  MTBning  ahvoliga  bogliq.  Misol  keltiradigan  bo‘lsak,  oddiy 
kutubxona  bilan  avtomatlashgan  kutubxona  o‘rtasida  katta  farq 
mavjud.  Agar  kutubxona  ishlari  avtomatlashtirilsa  kutubxona­
chining jismoniy  harakati  kamayadi,  kitobxon  talabi  o‘z  vaqtida 
bajariladi.
Nusxa  olish,  telekanal  orqali  buyurtma  berish,  kompyuterga 
yozib  olish,  xotirasiga joylash  va  hokazolar o‘z vaqtida bajariladi. 
Demak,  MTB  kutubxona  fondining  samarali yoki  samarasiz  ish- 
lashining garovi ekan.
Kutubxona  fondi  kutubxonada  ichki  va  tashqi  vazifani  ham 
bajaradi.  Insoniyat barpo  etgan  ijtimoiy tizimda  kutubxona fondi 
ham  jamiyatga  nihoyatda  kerakli  bo‘lib,  insonlarning  o‘qishga 
bo‘lgan  talabini  qondirish  vazifasini  bajaradi.  Yozuvning  paydo 
bo‘lishi va kitob vujudga kelishi insoniyatning katta yutug‘i, chunki 
kitoblarsiz  biz  o‘z  tariximiz,  madaniyatimiz,  ma’naviyatimizdan 
bexabar bo'lib  qolar edik.
Jamiyat  tomonidan  chiqarilayotgan  hujjatlarni  bir  joyga 
to‘plash  (kumulyatsiya),  tartibga  solish  va  saqlash  lozim.  Bu  ish- 
ning  bir  qismini  kutubxona  fondi  bajaradi.  Shuning  uchun  ham 
kutubxonani  jamiyatning  ilmiy,  ishlab  chiqarish,  madaniy  boy- 
liklarini  saqlovchi  nurxonasi  deb  ataydilar.  Faqatgina  hujjatlarni
119


saqlash  kutubxonaning  asosiy  vazifasi  emas,  balki  uni  jamiyat 
a’zolariga  yetkazib  berish  o‘qitish,  bilimini  oshirish,  tarbiyalash 
kabi  vazifalari  ham  mavjud.  Demak,  kutubxona  fondi  zukko  in- 
sonlar tomonidan  vujudga  keltirilgan xotira  (memorial)  hamdir.
Hujjatlarni  to'plash  va  saqlash  jamiyat  talab  qiladigan  vazifa 
bo‘lib, bu kutubxona fondining tashqi tuzilma sifatidagi vazifasiga 
kiradi.  Bunday vazifalarni yirik milliy kutubxonalar,  depozitariy- 
lar,  kitob  palatalari,  arxiv va  hokazolar bajaradi.
Kutubxona fondi kutubxonaning kichik tizimi hisoblanib faqat 
o‘ziga  xos  vazifani  bajaradi,  bu  vazifa  butun  tuzilmaning  vazi­
fasi,  chunki  kutubxona  fondisiz  kutubxonaning  o‘zini  tasavvur 
qilish  mumkin  emas.  Kutubxona  fondining  vazifasi  kutubxona 
faoliyatining  asosini  tashkil  etadi.  Bu  vazifa  so‘zning  etimologi- 
yasida  mujassamlangan.  Fond  so‘zi  nemischa  «der  fond»  «fon», 
ya’ni  nim anidir  asosi  m a’nosini  bildiradi.  Bu  so‘z  nemischaga 
fransuzchadan,  unga  lotinchadan  kirib  kelib  tag,  yer,  asos  degan 
ma’noni  anglatadi.  Fond  bilan  ishlovchi  kutubxonachi  kitobxon­
larning  axborotga  bo‘lgan  talabini  bilgan  holda  ularni  muayyan 
hujjat bilan ta’minlashi  lozim.
Kutubxona  fondi  axborot berish vazifasini  bajaradi.  U  kutub­
xonaning  madaniy-ma’rifiy,  pragmatik,  dam  olish  va  boshqa 
vazifalarni bajarishida  faol  ishtirok etadi.
Jahon  sivilizatsiyasining  rivojlanishiga  kutubxona  va  uning 
fondi  katta  ta’sir  ko‘rsatgan.  Insoniyat  tomonidan  yaratilgan  bi- 
lim larni  keyingi  avlodga  yetkazish  niyatida  yozma  manba  paydo 
bo‘Iadiki,  biz  uni  hozir  hujjat  (dokument)  deb  ataymiz  («docy- 
ment» — lotincha o‘qiyman, xabar beraman ma’nolarini anglatadi). 
Maxsus moddiy narsaga yozilgan axborot beruvchi material hujjat 
deb ataladi.  Hujjat qog‘ozda, tasmada, plastinkada va hokazolarda 
bolish i  mumkin.  Hujjat  kutubxona  fondini  tizim  (sistema)  sifa­
tida vujudga  kelishi  uchun asos bo‘lib  hisoblanadi.  Hujjat termini 
1990-yillardan boshlab qo‘llanila boshlandi,  chunki kutubxonada 
faqat  kitob  emas,  boshqa  matnlar  ham  saqlanadi.  Masalan,  jur- 
nal,  gazeta,  audiovizual  materiallar  va  hokazo.  Hozirgi  davrda 
matbuot  asarlari  kutubxona  fondining  asosini  tashkil  qiladi.  U 
qulay va  har kim  o‘zining  imkoniyatiga qarab  o‘qiydi,  tushunadi.
120


Kitobxon  kitobdan  xilma-xil  ma’lumotlar  oladi,  hayajonlanadi, 
sevinadi,  kuyunadi va o‘z ehtiyojini qondiradi.  Lekin audiovizual 
materiallar,  kinofoto hujjatlar kabi hozirgi davr mahsulotlari ham 
borki,  ular  tezlikda  ko'rgazmali  axborot  beradi,  bu  ham   hozirgi 
kitobxon uchun  qulay va  foydali.
Kitobxon  o‘ziga  kerakli  materiallarni  bir  necha  nusxa  tarzi- 
da  olish  imkoniyatiga  ega.  Hujjatni  kompyuter  xotirasida  ham 
saqlashi,  xohlagan  vaqtda  undan  axborot  olishi  mumkin.  Hujjat 
kutubxona  fondini  shakllantirishda  katta  ahamiyatga  ega  bo‘lib, 
uning  o‘ziga  xos  alohida  xususiyatlari  mavjud.  Hujjatlardan  foy- 
dalanish  jarayonida  undagi  axborot  hech  qachon  kamayib  qol- 
maydi.
Hujjat  insoniyat  tomonidan  to‘plangan  barcha  bilimlarni 
o‘zida  aks  ettiradi  va  uni  insonlarga  yetkazib  berishdek  vazifani 
kutubxona  bajaradi.  Shuning  uchun  ham  shunday  hujjatlar  fon- 
diga  muhtoj  muassasa  yoki  tashkilotlarning  yashashi  va  ishlashi 
uchun  kutubxonalar garov  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Kutubxona  fondi 
qanchalik  to‘g‘ri  tashkil  qilinsa,  faqat  birgina  kutubxona  faoli- 
yati  emas,  balki  bir  xil  tipdagi  kutubxonalar  faoliyatini  takomil- 
lashtirish,  sifatli  ishlashiga  erishish  mumkin.  Kutubxona  fondi- 
ning tuzilishini bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan belgilar tashkil 
etadi.
Kutubxona  fondini  tashkil  etishda  kutubxona  uchun  zarur 
bo‘lgan  belgilar  aniqlab  olinib,  keyin  ular  ahamiyati  bo‘yicha 
taqsimlanadi,  ya’ni joy-joyiga qo‘yiladi.  Ba’zi kutubxonalar uchun 
ahamiyatli bo‘lgan belgi  hujjatning  mazmuni,  ikkinchilari  uchun 
shakl,  uchinchilari  uchun  vazifa,  to‘rtinchilari  uchun  —  mavzu- 
larning qiymati,  bebaholigi bo lish i mumkin.  Keyin pastroq aha­
miyatli  belgilar aniqlanib  olinadi.  So‘nggida  hujjatning javondagi 
o‘rni belgilanadi.
Hujjatlarning  o‘zaro  aloqalariga  qarab  kutubxona  fondi  tu- 
ziladi.  Kutubxona  fondining  asosini  hujjatlar  tashkil  etar  ekan, 
fondni  tuzishda ular o‘rtasidagi aloqani  saqlab qolishi zarur.  Huj­
jatlar mazmuni,  shakli,  maqsadi bo‘yicha har xildir.  Lekin kitob- 
xonni  birinchi  navbatda  uning  mazmuni  qiziqtiradi.  Shuning 
uchun  ham  kutubxonashunoslikda  fond  klassifikatsiya  (tasnif)-
121


lanadi,  shunga  asosan  kutubxonalar  ham  kitobxonning  har  to- 
monlama  rivojlanishini  nazarda  tutib,  kutubxona  fondini  maz­
muni  bo‘yicha  universal,  ilmiy  xarakterdagi,  sohalarga  ajratilgan 
maxsus  fondlarga  bo‘ladilar.  Kutubxona  fondi  tuzilishida  kitob­
ning  mazmuni bilan  birga shakli  ham ahamiyatli,  chunki u  faqat 
fondni  emas  balki  kutubxona  tipini  ham  belgilab  beradi.  Masa­
lan,  Jahon  tillari  universiteti  kutubxonasi  belgi  qilib  tilni  olgan.
Hozirgi davrda nashr etilmagan manbalar ham kutubxonalar­
da  ko‘payib  bormoqda.  Masalan,  ilmiy-texnika  kutubxonalarida 
60 foizga yaqin nomda xilma-xil hisobotlar,  chet el taassurotlari, 
standartlar,  chizmalar,  tarjimalar,  deponent  qilingan  manbalar 
saqlanadi.  Ushbu manbalar referatlanadi,  mikrofilmga olinadi va 
axborot  beriladi.  Hozir  yirik  kutubxonalarda  deponentlar  fondi 
tashkil  etilgan.  Hozir  hujjatlarning  hajmini qisqartirib,  uni  foto, 
diazo,  elektro  va  boshqa  usullar  bilan  nusxa  ko‘chirib  saqlash 
keng  qo‘llanmoqda.  Texnika  jihatdan  rivojlangan  mamlakatlar 
kutubxonalarida  bosma  va  nusxasi  ko'chirilgan  materiallar  ik­
kinchi  o‘ringa  chiqib,  ularning  o‘rniga  elektromagnitli  mashi­
na  qabul  qiladigan  manbalar  (printer-mashinka  qabul  qiladi- 
gan  m atnni  bosma  matnga  aylantiruvchi  forma,  telefaks  m atnni 
kompyuterga solib beradigan forma)  kelmoqdaki,  ular orqali huj- 
jatdagi  axborotni  kitobxonga  u  xohlagan  tarzda  yetkazib  beradi. 
Bu  formada  juda  ko‘p  apparatlar  ishlatiladi  va  undan  olingan 
materiallarni saqlab kitobxonga yetkazish mumkin.  Hozir undan 
ham  mukammal  texnikadan  foydalanib  axborot  manbalari  yara- 
tilmoqda.  Bular  raqamli  optik  disklar,  kompakt  disklar  bo‘lib, 
ulardan  foydalanish  ancha  arzon  va  qulaydir.  Jahondagi  kutub­
xonalarning  ko‘pchiligida  Lui  Brayl  (Fransiya  1825)  yozuvidagi 
kitoblarni,  globuslarni,  modellarni,  tangalarni,  ordenlarni,  go- 
lografik tasvirga ega bo'lgan axborot vositalarini ko'rish mumkin.
Hujjatlarni  nashrdan  chiqqan  vaqti,  belgisiga  qarab  vaqt- 
siz,  vaqtli  va  davom  etuvchi  nashrlarga  bo‘lamiz. 

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish