Axborot kutubxona katalogi va fondi


  So'nggi,  yettinchi,  eng  mukammal  variant tugallanmay  qolgan



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/194
Sana15.01.2022
Hajmi5,22 Mb.
#367171
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   194
Bog'liq
fayl 1380 20210624 (1)

1  So'nggi,  yettinchi,  eng  mukammal  variant tugallanmay  qolgan.
2  Ch.  Ketter kutubxona klassifikatsiyasining  dastlabki sxemalari  1879-yildan,
 
ya’ni  o ‘nli  klassifikatsiyaning  ikkinchi  variantidan  ancha  oldin  e ’lon  qilina
 
boshlagan  edi.
58


sxemalarni  tuzuvchilarning  hammasi  bu  samarali  g‘oyani  ri- 
vojlantiradilar,  bo‘lim larni mazmun va shaklning ayni bir xildagi 
belgilariga  ko‘ra detallashtirishga  imkon beruvchi  aniqlagichlarni 
yaxshilab  ishlab  chiqish  usullarini  qidiradilar.
AQSH  Kongressi  kutubxonasining  klassifikatsiyasi
XIX 
va XX asrlar bo‘sag‘asida AQSHda Kongress kutubxonasi 
uchun  klassifikatsiyasi  sxemasi  ishlab  chiqilgan  bo‘lib,  u  hozir 
Amerika  qo‘shma  Shtatlarining  ilmiy  kutubxonalarida  keng  tar- 
qalgan.  Bu  vaqtga  kelib,  1800-yilda  asos  solingan  Kongress  ku­
tubxonasida kitob fondi  ancha ko'paydi va shu sababli uni batafsil 
klassifikatsiya  qilish  zarurati  paydo  bo‘ldi.
Klassifikatsiya  sxemasini  kutubxonaning  Ch.  Martel  rah- 
barligidagi  bir  guruh  xodimlari  tuzgan.  Ish  boshlangan  chog‘da 
asosiy  bo‘lim larning  sxemasi  belgilab  olingan  edi.  Keyincha­
lik  har  bir  bo‘lim ni  bilimning  muayyan  sohasidagi  mutaxas- 
sislar  guruhi  mustaqil  ravishda  detallashtirgan.  Bu  guruhlar 
bir-biridan  alohida-alohida  ishlab,  ayni  bir  masalani  ko‘pincha 
har  xil  hal  qildi.  Masalan,  m am lakatlar  bo‘yicha  bo‘lish  har  xil 
bo‘limlarda har xil izchillikdagi xilm a-xil texnik usullar bilan hal
59


s
Tarix fanlari
D
Tarix  va  o'lkashunoslik  (umuman  Amerika  mamlakatlaridan 
boshqa hamma mamlakatlarning ham tarixi va olkashunosligi)
Y
Amerika (AQSHdan tashqari)
F
AQSH
Mantiqiy tuzilishdan voz kechish hamda Amerika bilan AQSH- 
ni alohida-alohida bo‘limlar qilib ajratish  Kongress kutubxonasida 
Amerika to‘g‘risidagi kitoblar boshqa mamlakatlar haqidagi kitob- 
lardan,  AQSH  haqidagi  kitoblar Amerikaning  boshqa  mamlakat- 
lari haqidagi kitoblardan ko‘proq ekanligiga asoslangan.
Hamma bo‘limlardagi bo‘linm alar bo‘lim  indeksiga lotin alfa- 
vitining  ikkinchi  bosh  harfini  qo'shish  yo‘li  bilan  hosil  qilingan, 
masalan:
T
Texnika
TY
Yo‘l ishi
TN
Qurilish
Bundan  keyingi  detallashtirish  indeksning  dastlabki  ikki  bel- 
gisiga  raqamli  birikmalar  qo‘shish  bilan  hosil  qilinadi;  raqamli 
birikmalar  har  qaysi  bo'linm aning  tartib  o‘rnini  ko‘rsatadi.  M a­
salan, TN-123  indeksi bo‘linm aning qurilish b o lim i bo‘linmalari 
qatorida  bir  yuz  yigirma  uchinchi  o‘rinni  egallashini  ko‘rsatadi. 
Kongress  kutubxonasi  sxemasining  indekslari  belgilarning  (harf- 
lar  va  raqamlarning)  birga  qo‘shilishi  jihatidan  ham,  tuzilish 
usuli  (dastlabki  belgilarning  bosqichli,  keyingilarining  raqamli 
bo‘lishi) jihatidan  ham  aralash  sxemadir.
Kongress  kutubxonasi  nashr  etadigan  bosma  kartochkalarda 
AQSHda juda  keng  tarqalgan  ikkita  klassifikatsiya  sxemasining
— o‘nli  klassifikatsiyaning va  Kongress  kutubxonasi  klassifikatsi­
yasining  indekslari  ko'rsatiladi.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish