Axborot kutubxona katalogi va fondi


  0 ‘zbekiston  Respublikasining  kutubxona-bibliografik  klassifikatsiyasi



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/194
Sana15.01.2022
Hajmi5,22 Mb.
#367171
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   194
Bog'liq
fayl 1380 20210624 (1)

1  0 ‘zbekiston  Respublikasining  kutubxona-bibliografik  klassifikatsiyasi.
Ommaviy  kutubxonalar uchun jadval.  —  Т.:  Istiqlol,  2004.  —  8—16-b.
71


M azkur jadvalni  tayyorlashda  tuzuvchilar  rus  tilida  1997-yil- 
da  Moskvada  chop  etilgan  «Библиотечно-библиографическая 
классификация:  рабочие  таблицы  для  массовых  библиотек» 
jadvaliga  asoslanib,  undagi  ayrim  xususiyatlarni  saqlab  qolish- 
ga  harakat  qilganlar.  Masalan,  asosiy  yirik  bo‘limlarning  qa- 
torlari,  ularning  to‘ldirilishi,  bo‘limlarning  nomlari,  ularning 
ketma-ketligi  saqlangan  holda  asosiy  bo‘linishlarning  mazmuni 
nafaqat  o‘zgargan,  balki  ko‘p  bolim lar,  jum ladan  ijtimoiy-siyo- 
siy  bo'lim lar  butunlay  yangidan  tuzilgan.  Yangi  nashrda  nam u­
naviy  bo‘linishlar  jadvallari,  kengaytirilgan  hududiy,  namunaviy 
bo‘linishlar  jadvallari,  kutubxonachilar  uchun  tuzilgan  uslu- 
biy  ko‘rsatmalar  esa  yangidan  ishlanib,  tarix,  siyosat,  iqtisod  va 
boshqa ayrim  bo‘limlar butunlay o‘zgartirilgan.
Eng  avvalo  jadvalda  respublikamizning  milliy  xususiyatlari, 
milliy  mafkura o‘z aksini  topgan.
« 0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
kutubxona-bibliografik 
klassifikatsiyasbning  falsafiy-metodologik  prinsiplari  obyektivlik 
va  taraqqiyot,  ilm-fan  va  voqelik  hodisalariga  asoslangan.  Bu 
prinsiplar  materiya  turlari  va  uning  harakat  shakllari  klassi­
fikatsiyasiga  muvofiq  ilm-fanning  subordinatsiyasida  quyidan 
yuqoriga,  oddiydan  murakkabga  o‘tishda  o‘z  ifodasini  topgan. 
KBK  oraliq  ko‘chuvchi  fanlarni,  obyektiv  muayyan  struktura- 
li  darajada  o‘rganadigan,  fanlarni  ilm-fan  differensatsiyasi  va 
integratsiyasining  tobora  kuchayib  borayotgan  jarayonlarini  o‘z 
ichiga oladi.  Hozirgi davr uchun xos bo‘lgan  ijtimoiy muammolar 
va  qonuniyatlar:  jahonda  turli  sotsial  tuzumga  mansub  davlat- 
larning  tinch-totuv  yashashi,  tabiat  va  inson  muammosi,  jahon 
raketa-yadro urushining oldini olish uchun kurash va boshqa ma- 
salalar  KBKda  o‘z  ifodasini  topdi.
Unda  fondlar  tizimigina  emas,  balki  fanlar  o‘rganayotgan 
obyektlar tizimi,  ilmiy tushunchalar,  muammolar,  fanlarga emas, 
balki  ijtimoiy  tuzum  dalillari,  voqealari  va  muammolari,  amaliy 
faoliyat sohalari,  san’at turlari  mavjud.  Jadvalda matbuot asarlari- 
ning  vazifasi,  ularning  turi  va  nashr shakllari  aks  ettirilgan.
Ko‘pgina  belgilar:  o'rganish  obyekti,  tadqiqot  usuli,  bilish 
maqsadi,  obyektning  xossalari,  jarayonlari,  munosabatlari,
72


hududi,  tarixiy  davri  va  va  hokazolar  jadvallarning  bo‘limlarga 
va  kichik  bo'Iimchalarga  bo'Iinishi  uchun  asos  qilib  olingan. 
Bo‘linishning  yanada  chuqurroq  bosqichlarida  ba’zan  nomlar- 
ning  alfaviti  va  shu  kabilar  bo‘yicha  tushunchalarning joylashuvi 
qoMlaniladi.  Shu  bilan  birga  KBKda  o‘sha  bir  tushunchalarning 
joylashuvini  belgilar  asosida  ta’riflash  imkoniyati  ko‘zda  tutilgan 
bo‘lib, bu esa matbuot asarlarining mazmunini yanada chuqurroq 
aks  ettirish imkoniyatini  beradi.
Ushbu jadval  ommaviy kutubxonalarning  fondlarini,  sistemali 
katalog  va  kartotekalarini  tashkil  qilish,  shuningdek,  nashriyot- 
larda foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, uning asosiy vazifasi
—  hujjatlarning  mazm unini  ochib  berishdan  va  ularni  bilimning 
qaysi  sohasiga  oidligini  aniqlash  va  shu  tariqa  kitobxonning  ku­
tubxona  fondlaridan  foydalanishini  m um kin  qadar  yengillashti- 
rishdan  iborat.  Bugungi  kunda  jadvalning  asosiy  qatorlari  fan 
tarmoqlari  bo‘yicha  birlashishi,  bo‘limlarning  mantiqiy  tuzilishi 
har bir bo‘limning boshqa bo‘limlar bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi. 
Barcha kutubxonachilik jadvallari kabi  0 ‘zbR KBKsi ham asosiy 
jadvallar va yordamchi jadvallar apparatidan  iborat.
Asosiy  jadvallarda  barcha  bilimlar  tartibli  tarzda,  o‘zaro 
bog‘liq  ravishda  tuziladi.  Asosiy jadvalning  har  bir bo‘limi bilim 
sohasini  yoki  shu  sohaga  tegishli  masalalardan  birini  aks  etti- 
radi  va  u  ma’lum  shartli  belgilar  —  indekslar  bilan  ifodalanadi. 
Bo‘limning  nomi  (so‘zli  ifodasi)  va  uning  shartli  belgisi. klassifi- 
katsiyali b o linm a deb  ataladi.
Demak,  klassifikatsiya bo‘linm asini  quyidagi  sxemada  aks  et­
tirish  mumkin:
73


KBK jadvalining  indekslari  raqamli  yoki  raqamlar  va  harflar 
birikmasidan  iborat shartli  belgilardir.  Masalan:
63.3 (50‘zb) L 6
Tarixiy muzeylar. Tarixiy yodgorliklar, ularni himoya 
qilish
63.3
Tarix  (Bu bo‘Iim  butun  dunyo  yoki bir necha mam­
lakatning  tarixiga  oid  adabiyotlarni  to‘plash  uchun 
moljallangan).
(50‘zb)
0 ‘zbekiston hududiy bo'linishi
L 6
Tabiat,  tarix  va  madaniy  yodgorliklarni  muhofaza 
qilish  masalalari.  Muzeylar.  Ko‘rgazmalar.  Arxivlar 
(umumiy namunaviy bo‘linish).
Bu  misolda asosiy bo‘lim 63.3  bilan birgalikda  (5  0 ‘zb)  raqam 
va  harfli  namunaviy  bo‘linish  ishlatilgan.  Demak,  63.3  (5  0 ‘zb) 
L  6  indeks  bilan  bo‘lim ning  so‘zli  ifodasi  (tarix)  birgalikda  klas- 
sifikatsiyali  bo‘linmani  tashkil  qiladi.
Sistemali  katalogda  muvofiq  tarzda  bo‘limlar,  bo‘linm alar  va 
bo‘limchalar hosil  qilinadi.  Bo‘linmalarning  mazmunini  tushun- 
tirib  beradigan  matn  keltiriladi.  Yuqorida  ko‘rsatilgan  63.3  Ta­
rix  bo‘limining  tushuntirishida  «bu  bo‘lim  butun  dunyo  yoki  bir 
necha  mamlakatning  tarixiga  oid  adabiyotlarni  to‘plash  uchun 
mo‘ljallangan»  degan  matn  berilgan.  Jadvalning  asosiy  qatorlari 
fan tarmoqlarining o‘zaro birlashishi hamda bo‘limlarning boshqa 
bo'lim lar bilan bog‘liqligi  ahamiyatli  ekanligini  ko‘rsatadi.
KBK jadvali
I
Q ‘zbR KBKni  tuzilish tartibi,  uslubiy ko‘rsatmalar
Asosiy jadval bo‘limlari
Yordamchi jadvallar
1 2 3 4 5 6 7 8 9
Namunaviy
bolinishlar
Alfavit predmet 
ko‘rsatkich
Tlova
Umumiy
namunaviy
bo‘linish
Hududiy
namunaviy
bo‘linish
Maxsus
namunaviy
bo‘linish
Sotsial  tizim- 
lar namunaviy 
bo‘linishi
74


KBK jadvallarining  asosiy  qatori  arab  raqamlari  bilan  belgi­
langan va quyidagicha joylashgan1:
1
Umumilmiy va sohalararo bilimlar
2
Tabiiy fanlar
3
Texnika.  Texnika  fanlari
4
Qishloq xo'jaligi va o'rmon xo'jaligi
5
SogMiqni saqlash.  Tibbiyot fanlari
6/8 Ijtimoiy va gumanitar fanlar
9
Universal  mazmunli  adabiyotlar
Kutubxonashunoslik  va  bibliografiyashunoslik  nazariyasida 
va  ish  tajribasida  hujjatlarning  klassifikatsiyasi  tushunchasi  deb 
aynan  sistemali  (fan  sohalari  bo‘yicha)  klassifikatsiyasiga  ayti- 
ladi.
Sistemali  klassifikatsiyaning  asosiy  xususiyatlari  shundan 
iboratki,  bunda  barcha  bilimlar  majmuasi  fan  sohalarining 
bo'linishiga  qarab,  alohida  bo‘lim larni  hosil  qiladi.  Bo‘lim  ichi- 
da  yana  kichik  bo‘linmalar  va  bo‘limchalar  tashkil  qilinadi,  bu 
bo‘limlarning  har  birida  muayyan  sohaga  tegishli  masalalardan 
biriga  doir  kitoblar jamlanadi.  Bo‘linm alar  ichida  yanada  kichik 
bo‘limchalar hosil qilinadi.
Klassifikatsiyali bo‘linmalarga yo'naltirgichlar berilgan,  ayrim 
holatlarda  «qaralsin»  yoki  «shuningdek  qaralsin»  degan  qisqacha 
yozuv shaklida ham yo‘naltirgichlar uchraydi, undan keyin indeks 
va  bir-biriga  yaqin mavzu  bo‘limming  nomi  ko‘rsatiladi.
«Qaralsin»  yo‘naltirgichi  kerakli  tushunchani  bu  bo‘linmada 
emas,  balki  boshqa  yo‘naltirilgan  bo‘linm adan  qaralishi  kerak- 
ligini  ko'rsatadi.  Masalan:
65.9  (5  0 ‘zb)  26  Moliya.  Pul  muomalasi.  Kredit
□ 

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish