Kutubxona fondining xususiyatlari.
Har qanday moddiy boy-
lik singari kutubxona fondi ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Kutubxona fondining ko‘pgina xususiyatlari bor - ular fondning
rivojiga asos bo'ladi.
Xususiyatlari:
agar o‘ziga xos axborot va bilim manbasiga ega
bo‘lsa-yu, lekin ular orasida ichki bog‘liqlik mavjud bo‘lmasa,
ya’ni fond tarmog‘iga to‘g‘ri kelmasa, bunday fondni kutubxona
fondi deya olmaymiz.
Agar kitoblar mazmuni jihatidan bir-biri bilan bog‘liq bo‘lsa,
to'ldirilsa, kitobxon talabiga javob beradigan to‘la jamlangan
bo‘lsa — kutubxona fondi deb ataymiz.
Kutubxona fondidagi hujjatlar bir-biri bilan bog‘liq bo‘lib,
kamchiligi doimo to‘ldirib borilsa bunday fondni to‘liqlik deb
ataymiz. To‘liqlik, ya’ni fondning o‘zaro kelishuvi, bog‘liqligi va
o‘zaro harakat birligi bilan ifodalanadi. Kutubxona fondi — bu
tarkibiy bo‘laklar (kichik fondlar)dan tashkil topgan butunlikdir.
Kutubxona fondining butunligi uning bo‘laklarga (bo‘limlarga)
bo‘linishi (differensiatsiya) va birlashishi asosida tashkil topadi. Bu
yerda qarama-qarshiliklarning birligi va ularning kurashish qo-
nuniga asoslaniladi. Butunlikni saqlab qolish kutubxonalar oldiga
qo'yilgan maqsadga ham bog‘liq. Shu maqsadga qarab kutubxona
o‘z fondini xilma-xil kitoblar bilan to‘ldiradi. 0 ‘zining ichki va
127
tashqi aloqalari bilan kutubxona fondi kichik tizim hisoblanadi.
Kutubxonachilar kitobxonga kerakli kitoblarni aniqlash va shun-
ga o‘xshaganlarini olishga harakat qiladilar. Fondning ochiqligi
kitobxonga kerakli bo‘lgan axborotni beruvchi kitoblarni (ilmiy,
badiiy, estetik va hokazo) olish imkoniyatini beradi.
Kutubxona fondini ko‘pincha tashqaridan hech nima ta’sir
qilmaydigan va tashqariga hech qanday ta’sir ko'rsatmaydigan
yopiq tizim deyishga harakat qilishadi. Bu noto‘gri. Dunyoda
bo'layotgan voqea va hodisalarning matbuotda yoritilishi fond
ga ta ’sir etsa, fond o‘z manbalari, kitobxonlari orqali tashqariga
kuchli ta’sir ko'rsatadi. Natijada fondning ichida kam miqdoriy
va mazmuniy o‘zgarishlar yuz beradi. Ular fondga tushadigan
yangi kitoblar va undan chiqarilayotgan eski kitoblar bilan ham
bog‘liq, ya’ni dinam ik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.
Lekin shu bilan axborot-kutubxona fondi bir qator xususiyatga
ega bo‘lib, unga tushadigan hujjatlarni o‘ziga qabul qilib olavera-
di (statik). Bu yerda dinam ik o‘zgarib turishi va uning barqaror
turg‘unligi o‘rtasida qarama-qarshilik mavjudki, bu fond bilan
doimiy ish olib borishni talab qiladi ham da uning rivojlanishiga
yordam beradi.
Fond qanchalik katta bo‘lsa, undagi kitoblarning aylanishi
shuncha kam bo‘ladi. Masalan, yirik kutubxonalarda fondning
15 foizi aylanishi mumkin. Bu jarayon qonuniy, uni to‘xtatib
bo'lmaydi, lekin fondning aylanishini ko‘paytirish uchun passiv
fond odatda depozitariyga o‘tkaziladi. Bundan tashqari, ochiq
fonddagi ba’zi o'qilmagan kitoblar yopiq fondga o‘tkaziladi yoki
aksincha yopiq fonddagi ba’zi kitoblarni ochiq fondga o‘tkazib,
fondning tezkor harakat qilish xususiyati ta’minlanadi.
Kutubxona fondining yana bir xususiyati uning tarqoqligi
va bir joyga to‘planganIigidir. Kutubxona fondi kutubxonalar
o‘rtasidagi almashuv, kitobxonga kitob berilishi natijasida tarqa-
lib turadi. Lekin shu bilan birga bir joyga to'plangan holda turadi.
Juda ko‘p miqdordagi xilma-xil kitoblarning bir joyda to‘planib
turishining ham ijobiy, ham salbiy tomonlari bor. Yirik kutub
xonalarda minglab kitob bo'lib, ular uzoqdagi kitobxonlarga yetib
bormaydi.
128
Uni tezroq tarqatish, kitobxonga yetkazish uchun kitob be-
rishni, axborot berishni avtomatlashtirish lozim. Bugungi kunda
axborot-kutubxona muassasalarida elektron kutubxonalarning
tashkil etilishi, korporativ tarmoqning mavjudligi, turli virtual
xizmatlarning joriy etilishi — AKM larida mavjud resurslarni
aholining keng qatlamiga yetkazishga xizmat qilmoqda. Ku
tubxona fondining yana bir xususiyati — ehtimolligidir. Fondni
hech qachon kitobxonning talabiga yuz foiz mos keladigan holda
to‘ldirish mumkin emas. Hujjatlarni tanlash, fondni tashkil etish
va undan foydalanish o‘zining mohiyatiga ko‘ra ehtimollik xarak-
teriga ega.
Chunki, kitob tanlovchi (kutubxonachi) hali muayyan mav-
zudagi, sohadagi kitob qanchalik o‘qiladi, qanchalik kerakligini
aniq bilmaydi, shu sababli u nashriyotlarning mavzuviy rejasidagi
kitoblarni ehtimollik bilan tanlab oladi. Kutubxona fondining
yana bir xususiyati boshqarilishdir. Fondning ham m a xususi
yatlari boshqarish natijasida namoyon bo‘ladi. Kutubxona fon
dini ichki va tashqi muhitning ta’siri asosida, kutubxona oldidagi
maqsadiga qarab boshqarib borish lozim. Fondni boshqarishda
har bir ish jarayoni puxta o‘ylab, takomillashtirilib boriladi. Nati-
jada fond o'zining butunligini, barqarorligini, saqlab qoladi. Bu
jarayonlarni fondni boshqarish nazariyasi o‘rgatadi. Yuqoridagi
xususiyatlar kutubxona fondining ishonchliligi xususiyatida aks
etadi. Bu xususiyat fondning to‘liqligini, xizmat qilishga tay-
yorligini, yaxshi ishlashini, doimiyligini ifodalaydi* Fondning
ishonchli bo‘lishiga juda ko‘p omillar ta ’sir etadi.
Kutubxona fondi ilmiy tushuncha sifatida o‘zining belgi va xu-
susyatiga ega. Ushbu holati uni kitob do‘koni, kutubxona kollek-
tori, arxivdan ajratib turadi. Kutubxona fondi — kitobxonlarga
atalgan hujjatlar saqlash va foydalanish, tartibga solish, kutubxo-
naning turiga, tarmog‘iga moslangan kitoblar yig‘indisidir. 0 ‘zini
sifat xususiyatlariga ko‘ra kutubxona fondi butun, ochiq ehtimoliy,
boshqariladigan, ishonchli tizimdir. Avtomatlashtirilgan tizimlar-
da «hujjat» tushunchasi ma’lumot m a’nosida yuritiladi. Chunki
mashinalar tomonidan ma’lumotlar hujjatlardan olib beriladi.
Kutubxona fondi kitoblar ko‘p bo‘lganligi uchun uning modeli
129
tuziladi, ya’ni tavsif qilinadi va ushbu kartochkalar katalog va
kartotekalarda joylashtiriladi. Informatikada bu holat ikkilamchi
hujjat deyiladi. Katalog va kartochkalar kutubxona fondi tarkibi-
ga kirmaydi. Kutubxona fondi o‘zining mustaqil obyektiga ega
bo‘lib, kutubxona fondi haqidagi bilimdir. Kutubxona fondshu-
nosligining predmeti — kutubxona fondini nazariy jihatdan tizim
sifatida har tomonla o‘rganishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |