4.2. Nazoratga yaroqlilikni baholash ko’rsatkichlari
Transport vositasining nazoratga yaroqliligi deb uning diagnostikalash ishlariga moslashganligi tushuniladi. Diagnostikalash ishlariga moslashganlik muayyan sharoitlarda eng kam mehnat, vaqt va mablag’ sarflarida tegishli aniqlikni ta’minlaydi. Nazoratga yaroqlilik transport vositalari texnik ekspluatatsiyasi qulayligining bir qismidir. Transport vositasining nazoratga yaroqliligini oshirish uchun uni baholash ko’rsatkichlarini bilish kerak. Ulardan asosiylari:
5-rasm. Diagnostika ob’ektining tuzilmaviy modeli. (Tormoz mexanizmi- misolida)
I pog’ona - tez ishdan chiqadigan, nozik mexanizm va qismlar; II pog’ona - ular o’rtasidagi o’zaro bog’lanishlar yoki tuzilmaviy parametrlar; III pog’ona - tuzilmaviy parametrlarning chegaraviy qiymatlaridan chiqib ketadigan miqdorlari, ya’ni harakterli nosozliklar; IV pog’ona - tuzilmaviy parametrlarga mos keladigan diagnostik belgilar; V pog’ona - diagnostik parametrlar; VI pog’ona - diagnostik vositalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |