Avtomatlashtirish sistemalarining diagnostikasini amalga oshirishdagi jihozlar
REJA:
Tuzilmaviy parametr, tashki belgi va diagnostik parametr tushunchalari Diagnostik parametrlarning xususiyatlari Ob’ekt texnik holatini aniqlash masalalari
1. Tuzilmaviy parametr, tashki belgi va diagnostik parametr tushunchalari
Transport vositasi (agregat, mexanizm) elementlarning tartibga keltirilgan tuzilmasidir. Uning ishi ko’rsatilgan elementlarning bir-biri bilan o’zaro bog’liqligi orqali amalga oshiriladi. Bu bog’liqlik fizik miqdorlar orqali ifodalanib, tuzilmaviy parametrlar yoki texnik holat parametrlari deb ataladi (tortish kuchi, bosim, tebranish amplitudasi, tovush kuchi, tok kuchi, harorat va h. k).
Ekspluatatsiya jarayonida tuzilmaviy parametrlar nominal miqdorlardan chegaraviy miqdorlargacha uzlukli yoki uzluksiz o’zgarishi mumkin va, demak, ob’ektning texnik holati uning sozligini belgilaydigan tuzilmaviy parametr miqdorlarining chetga og’ishlari majmui bilan aniqlanadi.
Diagnostika ob’ektlarining tuzilmaviy parametrlarini agregat va mexanizmlarni ajratmasdan turib bevosita aniqlash imkoniyati juda cheklangan. SHuning uchun transport vositasi mexanizmlari texnik holatini aniqlayotganda diagnostik parametrlardan foydalaniladi.
Diagnostik parametr – bu transport vositasi, uning agregat va uzellari texnik holatining miqdoriy qiymatini bilvosita belgi (simptom) lar bo’yicha bo’laklarga ajratmasdan turib aniqlanadigan sifatli o’lchovidir. Diagnostik parametrlar tuzilmaviy parametrlar bilan bog’langan bo’lib ob’ektning texnik holati to’g’risida kerakli ma’lumot beradi. Har qanday ob’ektning chiqish jarayonlari ikkiga bo’linadi:
1) ishchi jarayonlar - ob’ektning ish funktsiyalarini belgilaydigan jarayonlar (masalan, dvigatelda yonilg’i va boshqa ekspluatatsion materiallarni sarflash, energiya ishlab chiqarish, ishlatilgan gazlarni chiqarib tashlash) va h.k;
2) birga sodir bo’ladigan (hamroh) jarayonlar – ishchi jarayonlar bilan bir yo’lakay paydo bo’ladigan jarayonlar (tebranishlar, urilishlar, issiqlik chiqarish va h.k.). Bunday jarayonlar xarakteristikalari va parametrlarini kuzatish va tashqaridan o’lchash mumkin. Ishchi va hamroh jarayonlar va ularning hosilalari parametrlari diagnostik parametrlar bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Transport vositasi texnik diagnostikasi nazariyasi va amaliyoti chiqish xarakteristikalari parametrlari miqdorlarining ob’ekt tuzilmaviy parametrlariga bog’liqligiga asoslangan.
Ishchi yoki birga sodir bo’ladigan (hamroh) chiqish jarayonlarini ob’ektning nosoz texnik holatidan darak beruvchi bilvosita tashqi belgi (simptom) deb qarash mumkin.
Endi masalaga boshqacha tarzda qaralsa, ya’ni tuzilmaviy parametrlar miqdorlarini chiqish jarayonlari parametrlari miqdorlari orqali topilsa, texnik diagnostikaning mohiyati kelib chiqadi.
O’lchangan diagnostik parametrlar bo’yicha mexanizmning texnik holatini baholashda tuzilmaviy va diagnostik parametrlar orasidagi to’g’ri va teskari bog’lanishlarni bilish zarur [6]. Bunday bog’lanishlar sodda (a), ko’p miqdorli (b), noaniq (v) va qurama (g) bo’lishi mumkin (31-rasm).
Tuzilmaviy va diagnostik parametrlarning o’zaro bog’lanishlari xarakteri ularning axborot beruvchanlik xususiyatlarini ifodalaydi va diagnoz qo’yishda axborotga ishlov berish usullarini belgilab beradi.
a) b) v) g)
31-rasm. Tuzilmaviy (X) va diagnostik (S) parametrlarning o’zaro bog’lanishlari shakli
Do'stlaringiz bilan baham: |