2. Diagnostik parametrlarning tasnifi
Diagostik parametrlar quyidagi alomatlari bo’yicha tasniflanadi [6]:
1. Tashkil bo’lish tamoyili bo’yicha:
a) ishchi jarayonlar parametrlari (quvvat, tormozlanish yo’li va h.k.);
b) birga sodir bo’ladigan (hamroh) jarayonlar parametrlari - diagnostik ob’ektning texnik holati bo’yicha chegaralangan axborot beradi (isish, tebranish, shovqin va h.k.);
v) geometrik parametrlar - mexanizm detallarining o’zaro tuzilmaviy bog’lanishini aniqlaydi (tirqishlar, erkin yurish va h.k.).
2. Axborot turi bo’yicha:
a) keng axborotli (kompleks);
b) tor axborotli (lokal).
3. Yurgan yo’li funktsiyasi bo’yicha:
a) uzluksiz.
b) uzlukli.
4. Tuzilmaviy parametrning funktsiyasi bo’yicha:
a) to’g’ri chiziqli: ;
b) darajali: ;
v) hosilali: .
5. Axborotning xarakteri, hajmi va o’zaro bog’liqligi bo’yicha:
a) ayrim diagnostik parametrlar boshqalariga bog’liq bo’lmagan holda ob’ektning nosozligini aniq ko’rsatadi (masalan: ob’ektning podshipnigidagi lokallashgan shovqin yoki tebranishlar yeyilishning ko’payganidan va tirqishning kattalashganidan darak beradi).
b) umumiy diagnostik parametrlar – diagnostik ob’ektning texnik holatini bir butun tarzda baholaydi (masalan: berilgan yuklamadagi dvigatelning quvvati, transmissiya agregatlarining umumiy aylanma lyuftlari yig’indisi va h. k.). Bunday parametrlar nosozlikni aniq ko’rsatmaydi.
v) o’zaro bog’liq diagnostik parametrlar ob’ekt nosozligini bir vaqtning o’zida aniqlangan va o’lchangan ko’pgina parametrlar majmui orqali ifodalaydi. (Masalan: dvigatel kiritish klapanining zich yopilmasligi natijasida karbyuratordan tovush chiqishi va dvigatelning katta aylanishlar sonida bir maromda ishlamasligi).
3. Diagnostik parametrlarning xususiyatlari
Har qanday chiqish parametri ham diagnostik parametr bo’lib xizmat qilolmaydi, chunki chiqish parametri quyidagi sezuvchanlik, bir ma’nolilik, barqarorlik va serma’nolik xususiyatlari talablariga javob berishi kerak:
a) sezuvchanlik xususiyati Ks - diagnostik parametr orttirmasi dSning tuzilmaviy parametr orttirmasi dY ga nisbati bilan baholanadi (32-rasm):
, (112)
Diagnostik parametr orttirmasi (S)ning son qiymati uning boshlang’ich va chegaraviy qiymatlari oralig’idagi nisbiy o’zgarishlar bilan aniqlanadi:
, (113)
bu yerda: Sch va Sb - diagnostik parametrning chegaraviy va boshlang’ich qiymatlari.
S 2
1
Y
32-rasm. Diagnostik parametrlarning yuqori sezuvchan (1) va past sezuvchan (2) xususiyatlari.
b) bir ma’nolilik xususiyati tuzilmaviy parametrning har bir mikdoriga chiqish jarayonining bitta, aniq miqdorli parametri to’g’ri kelishini, ya’ni parametrning chegaraviy qiymatigacha bir maromda oshib yoki kamayib borishini bildiradi (33-rasm);
3 3-rasm. Diagnostik parametrning bir ma’nolilik (1 va 2 chiziqlar) va bir ma’noli bo’lmagan (3 chiziq -A nuqtasida ekstremumli) xususiyatlari tasviri
v ) barqarorlik xususiyati diagnostik parametr miqdorlarining variatsiyasi bilan aniqlanadi va o’rtacha kvadratik og’ish () bilan baholanadi (34-rasm);
34-rasm. Diagnostik parametr (S)ning tuzilmaviy parametr (Yi) dagi o’lchangan qiymatlari taqsimlanish zichligi.
Diagnostik parametrning beqarorligi uning ob’ekt texnik holatini baxolash aniqligini pasaytiradi.
g) serma’nolik xususiyati diagnostik parametrning asosiy xusu-siyatlaridan biri bo’lib, parametr miqdorini o’lchash natijalari asosida olinayotgan diagnozning ishonchliligini ifodalaydi.
, (114)
bu yerda: Ji – serma’nolik xususiyati;
Hx – tizimning to’liq entropiyasi (ya’ni ob’ekt texnik holatining aniqlanmaganligi);
HI- tizimning texnik diagnostikadan keyingi entropiyasi.
Tizimning to’liq entropiyasi quyidagicha topiladi:
, (115)
bu yerda: Pj – transport vositasida diagnostikalash yordamida aniqlanadigan j – turdagi nosozlikning vujudga kelish ehtimolligi.
Tizimning texnik holati bo’yicha diagnostik parametr yetarli axborotga ega bo’lsa, u holda tizimning diagnostikadan keyingi entropiyasi Hj past bo’lib, natijada diagnostik parametrning serma’noligi ortadi. Agar j turdagi diagnostik parametr qo’llanilsa, u holda nazoratning to’liqligi quyidagicha aniqlanadi.
, (116)
Misol tariqasida diagnostik tashqi belgilar va ularga mos keluvchi diagnostik parametrlar 7-jadvalda keltirilgan
7-jadval
Diagnostik tashqi belgilar va diagnostik parametrlar
Diagnostik tashqi belgilar
|
Diagnostik parametrlar
|
1. Samaradorlikning o’zgarishi
|
quvvat, tormozlanish yo’li, unumdorlik, tortish kuchi va tezlik
|
2. Ishchi hajmlar zichlik darajasining o’zgarishi
|
Kompressiya, qisilgan gazning uchib ketishi, gazlarning karterga o’tishi, shinalardagi havo bosimi va h.k.
|
3. Karter moyi tarkibiing o’zgarishi
|
qovushoqlik, kislotalilik, ishqorlilik, suvning bo’lishi, yeyilish mahsulotlarining to’planishi
|
4. Ishlatilgan gazlar tarkibining o’zgarishi
|
SO, SO2 va qurumning miqdori
|
Do'stlaringiz bilan baham: |