11-rasm. Karbyuratorli avtomobillarning uchinchi avlod gaz-ballon jihozlarining ko’rinishi: 1-ballon; 2-
mulьtiklapan; 3-yuqori bosim gaz magistrali; 4-gazni to’ldirish moslamasi; 5-gaz klapani; 6-reduktor-
bug’latgich; 7-dozator; 8-gaz va havoni aralashtirgich; 9-benzin klapani; 10-yonilg’i turlarini ulagich.
Yoritish diodlarining holatiga qarab, dvigatel qanday yonilg’ida ishlashini aniqlash mumkin.
Injektorli avtomobillarda qo’llaniladigan 3-avlod gazballon jihozlarida benzin klapani o’rnida forsunka
emulyatorlari ishlatiladi. Gazga o’tganda bu emulyator benzin forsunkalari ishini o’zida namoyon qiladi,
bu o’z navbatida kompьyuterni avariya holatiga o’tishidan saqlaydi. SHuning uchun lyambda-zond
emulyatorlaridan foydalanish zarur. 4-avlod gazballon jihozlari (12-rasm) qo’llanilganda, gaz maxsus
forsunkalar orqali to’g’ridan-to’g’ri kiritish kollektorlariga yetkaziladi. Ular o’zining shaxsiy elektron
boshqarish blokiga ega bo’lib, o’z ish tartiblarini nazoratlagich orqali muqobillashtiradi va emulyator
rolini ham o’ynaydi.
Alohida sepish tizimlari universal va injektorli avtomobillar uchun mo’ljallangan. Bunday tizim
bilan jihozlangan avtomobil o’z quvvatini yo’qotmaydi. CHiqindi gazlarning zaharlilik darajasi benzinda
ishlagandagiga qaraganda ancha past. Hozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasida foydalanilayotgan gaz
ballonli avtomobillarning aksariyati 2000 yillargacha “Rossiya” ishlab chiqilgan gaz yonilg’i tizimi bilan
jihozlangan. SHuning uchun biz siqilgan va suyultirilgan gazda ishlovchi ZiL-138 avtomobilining
yonilg’i-gaz tizimiga TXK tarkibi bilan tanishib chiqamiz. Avvalambor ekspluatatsiya jarayonida tizimda
paydo bo’luvchi nosozliklar va ularning alomatlari bilan tanishamiz. Gaz ballonli uskunalarning
nosozliklarini aniqlash, unga texnik xizmat ko’rsatishni maxsus tayyorgarlikdan o’tgan va tegishli
guvohnomaga ega bo’lgan malakali avtochilangarlar o’tkazishi mumkin.
4-avlod gazballon jihozlari quyidagi afzalliklarga ega:1- yonilg’ini kam sarflash; 2- gaz
yonilg’isida dvigatel quvvatini kam yo’qotish (1-2%); 3- YeVRO-2, YeVRO-3, YeVRO-4 ekologik
me’yorlarini bajarish; 4- dvigatellardagi paqillashning yo’qligi; 5- avtomobilga o’rnatilgan o’z-o’zini
diagnostikalash qurilmasi bilan nuqsonsiz ishlash (qo’shimcha emulyatorlar talab qilinmaydi); 6-
o’rnatishda kam xatolikka yo’l qo’yilish va kam mehnat talab qilinish; 7- narxining eskirgan lyambda-
tekshiruvchi tizimlar bilan bir hilligi.